3 mundarija


-mavzu.      Tanovorlarga  ishlov  berish  operatsiyalarini  tashkil  etishda


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/84
Sana08.01.2022
Hajmi1.58 Mb.
#238760
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84
Bog'liq
mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining mazmuni va vazifalari.

5-mavzu.      Tanovorlarga  ishlov  berish  operatsiyalarini  tashkil  etishda 
echiluvchi asosiy masalalar. 
 
1.  Ishlab chiqarish tehnologik jarayonlari. 
2.  Tehnologik o‟eratsiya, o‟rnatish, o‟rin holat, o‟tish. 
 
Ishlab  chiqarish  jarayoni  deb,  tabiat  buyumlarini  to‟g‟ridan-to‟g‟ri  ionson 
uchun  foydali  buyumga  aylantirish  bilan  bog‟liq  bo‟lgan  alohida-alohida, 
jarayonlarning barchasini yig‟indisiga aytiladi.  
Mashinasozlik  zavodlarida  amalga  oshiriladigan  ishlab  chiqarish  jarayoni, 
tabiat 
buyumlarini 
mashinaga 
aylantiruvchi 
hamma 
ishlab 
chiqarish 
jarayonlarining bir qismi hisoblanadi. 
Tayyor  mashinaga  aylantirilgunga  qadar  yarimfabrikatlarni  bosib  o‟tgan 
barcha  bosqichlarning  yig‟indisi  mashinasozlikdagi  ishlab  chiqarish  jarayoni  deb 
ataladi. 
U quyidagilarni o‟z ichiga oladi: 
- ishlab chiqarish vositalarini tayyorlash va xizmat ko‟rsatish, ish joyini tashkil 
qilish; 
- material va yarimfabrikatlarni qabul qilish va saqlash; 
- mashina detallarining tayyorlashning barcha bosqichlari
- buyum va uzellarni yig‟ish; 
- tayyor buyum va detallarni tashish
- texnik nazorat; 
- yig‟ilgan buyumni bo‟laklarga ajratish
- tayyor mahsulotni qadoqlash va boshqalar. 
 
Ishlab chiqarish obhektini (material, tayyorlanma, detal, mashinalar) ko‟rinish 
sifatini o‟zgarishi sodir bo‟ladigan vaqtdagi ishlab chiqarish jarayonining qismiga 
texnologik jarayon deb ataladi. 
Yahni  material,  tayyorlanma  yoki  detalga,  mexanik  ishlov  berishning  barcha 
turida asosan shakl o‟zgarishi bilan bog‟liq bo‟lsa, termik ishlov berish esa detalni 
fizik  xossasini  o‟zgarishi  bilan  bog‟liq  bo‟ladi.  Yig‟ish  detallarining  bir-biriga 
nisbatan  joylashuvi  va  shaklini  o‟zgarishi  bilan  bog‟liq.  Mashinalarni  pardozlash 
va bo‟yash tashqi ko‟rinishining o‟zgarishi bilan bog‟liq.  
Texnologik jarayonni bajarish uchun ish joyini tashkil qilish va jixozlash zarur 
bo‟ladi. 
Bir yoki ishchilar brigadasi ish bajarishi uchun belgilangan, detal va asoboblar 
saqlash stellaji, moslamalar, texonologik dastgoh joylashgan tsex maydonining bir 
qismi ish joyi deb ataladi.  


26 
 
Texnologik  jarayon  operatsiyalarga  bo‟linadi.  Bir  ishchi  yoki  ishchilar 
brigadasi  bir  ish  joyida  bajaradigan  texnologik  jarayonni  tugallagan  qismiga 
texnologik operatsiya deb ataladi.  
Dastgohda  detalga  yoki  bir  qancha  detallarga  bir  vaqtda  ishlov  berish, 
korpusga qopqonni o‟rnatish va qatirish (yig‟ishda) bunga misol bo‟lishi mumkin. 
Operatsiya  texnologik  jarayonni  asosiy  qismi  hisoblanadi  va  texnologik 
jarayonni  kolg‟kulatsiyalash  va  rejalashtirish  uchun  foydalaniladi.  Odatda  asosiy 
texnologik xujjat ishlab chiqiladi. 
Operatsiya bir yoki bir necha o‟rnatishda bijarilishi mumkin. 
O‟rnatish  deb,  tayyorlanma  yoki  yig‟ilayotgan  uzelni  maxkamlashni 
o‟zgartirmasdan bajariladigan, operatsiyaning qismiga aytiladi. 
Masalan:  «detalg‟  aylanma  sirtiga  ishlov  berish»  operatsiyasi  ikki  marta 
o‟rnatishga ega bo‟lishi mumkin. 
 
  
1-o‟rnatish – patronda bir tomondan ishlov berish
2-o‟rnatish – patronda boshqa tomondan ishlov berish.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ishlov  beriladigan  detalg‟,  moslamada  turib  buruvchi  qurilma  yordamida, 
dastgoxning  ishchi  elementiga  (masalan  kesuvchi  asbob)  nisbatan  o‟z  holatini 
o‟zgartirishi va har hil o‟rin holatini egallashi mumkin. 
Maxkamlangan detalni qo‟zg‟atmasdan o‟zgartirish jixozga nisbatan egallagan 
holatlarining har biri o‟rin holat deb ataladi. 
Masalan: 3-shpindelli vertikal parmalash dastgoxini teshikga ishlov berish.  
 
 
 
 
 
 
 
1.1.  Расм       Детални патронга ўрнатиш 
II 
III 
I


1.2. Расм.  Уч шпинделли вертикал пармалаш 


27 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
I-o‟rin holat – tayyor detalni olib, tayyorlanmani maxkamlash; 
II-o‟rin holat – parmalash; 
III-o‟rin holat – zenkerlash; 
IV-o‟rin holat – razvertkalash. 
O‟rnatish  va  o‟rin  holat  orasidagi  farq  shundan  iboratki,  o‟rnatishda  detalni 
moslamaga  nisbatan  holati o‟zgarar  ekan,  o‟rin  holat  almashtirilganda  esa  detalg‟ 
moslamaga nisbatan o‟z holatini o‟zgartirmas ekan. 
Operatsiya bir yoki bir necha o‟tishda bajarilishi mumkin. 
Bir  yuzaga  bir  yoki  bir  vaqtda  tahsir  qiluvchi  bir  nechta  asboblarda  ishlov 
berishni o‟z ichiga olgan operatsiyaning bir qismiga texnologik o‟tish deb ataladi. 
O‟tish bir yoki bir necha ishchi yurishda amalga oshirilishi mumkin. 
Tayyorlanmaga  nisbatan  asbobni  bir  karra  siljishda  tashkil  topgan, 
tayyorlanma  xossasi  yoki  yuza  sifatini,  shaklini,  o‟lchami  o‟zgarishi  bilan 
kechadigan  texnologik  o‟tishni  tugallagan  qismiga  ishchi  yurish  deb  ataladi. 
Masalan:  Valikni  tsilindrik  yuzasini  yo‟nish  operatsiyasi.  Bu  holda  qaralama  va 
tozalama  yo‟nish,  har  hil  kesishtartibiga  ega  bo‟lganligi  uchun  operatsiyaning 
alohida o‟tishlari bo‟ladi. 
Agar qaralama yo‟nishda qo‟yimni hammasini birdaniga olib bo‟lmasa va bir 
necha martada olishga to‟g‟ri kelsa, o‟zgarmas kesish tartibida, har qatlamni olish 
bilan bog‟liq qismi ishchi yurib o‟tish deb ataladi. 
Jilvirlashda  juda  ko‟p  yurib  o‟tishlar  amalga  oshiriladi.    O‟tish  uslublarga 
bo‟linadi.  
Ishchini  ish  bajarish  jarayonida  va  unga  tayyorgarlik  ko‟rish  jarayonida 
bajariladigan alohida harakatlarni yig‟indisi uslub deyiladi.  
Masalan:  Valikni  qaralama  yo‟nishdagi  o‟tish  quyidagi  uslublardan  tashkil 
topadi:  detalni  patronga  o‟rnatish,  detalni  maxkamlash,  orqa  babka  markazini 
keltirish, dastgox harakatini qo‟yish, kesuvchi asbobni keltirish, yo‟nib bo‟lgandan 
keyin dastgox harakatini tzxtatish va xokazolar. 
Ishchi uslub va uslub elementlariga  sarf bo‟ladigan vaqtni o‟rganish asosida, 
yangi  texnologik  jarayonlarni  ishlab  chiqishda  qo‟lda  bajariladigan  uslublarni 
me‟yorlash uchun foydalaniladigan turli me‟yoriy jadvallar ishlab chiqiladi

 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling