3 mundarija


 Ishni tashkil qilish shakllari


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/84
Sana08.01.2022
Hajmi1.58 Mb.
#238760
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84
Bog'liq
mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining mazmuni va vazifalari.

 
6. Ishni tashkil qilish shakllari 
 
Biz  yuqorida  bayon  etganimizdek,  asosan  ikkita  ishni  tashkil  qilish  usuli 
(patokli va patoksiz) to‟g‟risida fikr bildirgan edik. Shunga ko‟ra bu usullar ishlab 
chiqarish  turiga  bevosita  bog‟liq  bo‟lib,  potoksiz  ishni  tashkil  qilish  -  yakka  va 
mayda seriyalab ishlab chiqarishlarda qo‟llanilgan edi. Potokli ishni tashkil qilish 
usuli esa qolgan boshqa turdagi ishlab chiqarishlar uchun qo‟llaniladi va   yana u, 
quyidagi usullarga: potokli seriyali, yirik-seriyali va ommaviy  ishlab chiqarishlar; 
to‟g‟ri  oqimli  ommaviy  potokli  ishlab  chiqarish;  ommaviy  potokli  ishlab 
chiqarishlarga bo‟linadi. 
Ishlab  chiqarishni  tashkil  etishning  eng  oliy    shakli,  bu-ommaviy    potokli 
ishlab chiqarish hisoblanadi, ya‟ni bu erda asosan texnologik jarayonlar avtomatik 
liniyalarda va avtomatlashtirilgan uchastkalar va sexlarda bajariladi. 
To‟g‟ri  oqimli  ommaviy  potokli  ishlab  chiqarishda  dastgoh  va  asbob-
uskunalar  texnologik  jarayon  marshruti  bo‟yicha  amallarni  bajarish  ketma-


16 
 
ketligida  joylashtiriladi.  Amallarni  bajarishda,  tanavorlarni  bitta  ishchi  joydan 
boshqa  ishchi  joyga  uzatish  uchun  turli  g‟altakli  rolgang,  sirpanchiq  va 
yumalatuvchi  tarnov  (lotok),  yuk  ko‟taruvchi  kran  va  boshqa  moslama  va 
qurilmalardan  foydalaniladi.  Xar  bir  ishchi  joyning  ishlab  chiqarish  takti  boshqa 
ishchi  joylarniki  bilan  teng  bo‟lmasligi  mumkin.  Bunday  ishchi  joylarda,  "zadel" 
deb ataluvchi tanavorlar zahirasi tashkil etiladi. 
Ommaviy  potokli  ishlab  chiqarishda  ko‟pincha  pozision  avtomatik 
konveyerlar qo‟llaniladi va avtomatik liniyalar tashkil qilinadi. Bunday hollarda bu 
liniyalarning ishlab chiqarish takti aniqlanadi. 
Ishlab  chiqarish takti  deb,  -  ma‟lum  vaqt oralig‟ida  tanavorlar yoki  qismlar 
ishlab  chiqarilishiga  aytiladi  va  uning  vaqti  minut  bilan  belgilanadi.  Ishlab 
chiqarish takti quyidagi formula bo‟yicha aniqlanadi: 
t
ich
 = 60*F
x
*m / N,    min. 
Bu  erda:  F
x
  -  rejalashtirilgan  davr  ichidagi  dastgohlar  ishlashining  haqiqiy 
vaqt  fondi  (smena,  sutka,  oy,  yil),  soatda;  N  -shu  davr  uchun  ishlab  chiqarish 
dasturi (detallar yoki mahsulotlar coni), dona; m – smenalar soni (1, 2, 3).       
Asbob-uskunalar yoki dastgohlar ishlashining haqiqiy vaqt fondi F
x
, nominal 
F
n
  dan  yoki asbob-uskunani ta‟mirlash uchun kalendar o‟lchov  vaqt  yo‟qotishdan 
kichikdir, va h.k. 
F
x
 = F
n
* n , soat, 
bunda n-dastgohlar vaqt yo‟qotishi koeffisienti. 
Uskuna-dastgohlarning ishlash vaqtining bir yillik nominal fondi: kuniga bir 
smenalab  ishlaganda  2070  soat,  ikki  smenalab  ishlaganda  -  4140  soat  va  uch 
smenalab  ishlaganda  6210  soat  bo‟ladi.  Metall  kesuvchi  dastgohlar  uchun  vaqt 
yo‟qotish koeffisienti  n = 0,98-0,96  ni tashkil qiladi. 
Potokli ishlab chiqarish ko‟proq takomillashgan bo‟lib yuqori unumdorlikka 
ega.  Texnologik  jarayonlarni  loyihalashning  boshida  ishlab  chiqarish  turi  birinchi 
bo‟lib  taxminan  bo‟lsa  ham  aniqlanishi  zarur.  Bu  albatta  amallar  bog‟lanishi  va 
seriyalash koeffisientlarini hisoblash orqali bajariladi. 
 
7. Tehnologik vaqtni meyorlash usullari 
Texnologik  amallarning  bajarilishi  unumdorligi,  texnologik  jarayonning 
tejamkorlik  kriteriyasi  bo‟lib,  texnik  jixatdan  asoslangan  vaqt  meyori  bilan 
aniqlanadi (GOST 3.1109-82). 
Vaqt  meyori  -  ma‟lum  ishlab  chiqarish  sharoitida  bitta  yoki  bir  nechta 
tegishli  malakaga  ega  bo‟lgan  bajaruvchilar  tomonidan  ba‟zi-bir  hajmdagi  ishga 
sarflangan (reglamentlashtirilgan) vaqtga aytiladi. 
 Ishlab chiqarish meyori deb, ma‟lum tashkiliy texnik sharoitda bitta yoki bir 
nechta  tegishli  malakali  bajaruvchilar  tomonidan  vaqt  birligida  bajariluvchi 
reglamentlashtirilgan hajmdagi ishga aytiladi.       
Vaqt  meyorini  aniqlashning  uchta  usuli  mavjud:1)sarflangan  ishchi  vaqtni 
kuzatish  asosida;  2)  meyoriy  xujjatlar  asosida;  3)tiplashtirilgan  yirik  meyoriy 
xujjatlar bo‟yicha solishtirish va hisoblash asosida. 


17 
 
Birinchi  usulda,  vaqt  meyorini  bevosita  ishlab  chiqarish  sharoitida  har  bir 
ishchi joyda sarflangan vaqtni kuzatuv asosida o‟rganish yo‟li bilan aniqlanadi. Bu 
usul  ilg‟or  tajribalarni  va  meyorilar  ishlab  chiqishlarni  umumiylashtirish  uchun 
qo‟llaniladi. 
Ikkinchi  usulda,  ish  (amal)  alohida  elementlarini  bajarilish  vaqti  uzunligi 
meyorini qo‟llab, amallarning davom etish vaqti hisoblanadi. 
Uchinchi  usulda,  amallarni  meyorlash  tiplashtirilgan  meyoriy  xujjatlar 
bo‟yicha taxminiy hisoblashlar asosida olib boriladi. 
Birinchi,  ikkinchi  meyorlash  usullarini  seriyali    ommaviy  ishlab 
chiqarishlarda  qo‟llaniladi,  uchinchi  usul  esa  yakka  va  mayda  seriyalab  ishlab 
chiqarishlarda ishlatiladi. 
 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling