3 mundarija
Ommaviy (ko‟plab) ishlab chiqarish va uning tavsifi
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining mazmuni va vazifalari.
1. Ommaviy (ko‟plab) ishlab chiqarish va uning tavsifi
Buyumlarni katta hajmda chiqarishni tavsiflovchi, uzoq muddatda uzluksiz tayyorlanishini yoki taьmirlanishini ta‟minlovchi ishlab chiqarishga ommaviy (ko‟plab) ishlab chiqarish deb aytiladi. Ommaviy ishlab chiqarishning asosiy tavsiflaridan biri, bu bitta ishchiga bitta amalni bajarishni uzoq muddatga bog‟lab qo‟yilganligidadir. Ommaviy ishlab chiqarishda amallar bog‟lanish koeffisienti К bk = 1 ga yaqin bo‟ladi. Ommaviy ishlab chiqarish undan tashqari quyidagi o‟ziga xos xususiyatlarga ega: asbob-uskunalarning joylashishi, amallar bajarilishining ketma- ketligiga qarab joylashtiriladi; yuqori unumdorlikga ega bo‟lgan asbob-uskunalar, maxsus dastgohlar, keskich asboblar va moslamalar qo‟llaniladi; tanavorlarni potokli liniyalar bo‟ylab o‟tkazish uchun transport vositalaridan va konveyerlardan keng foydalaniladi; texnik nazorat qilishni mexanizasiyalash va avtomatlashtirish va boshqalar. Detallarning talab etilgan o‟lcham aniqligi avtomatik ravishda sozlangan dastgohlarda olinadi. Ommaviy ishlab chiqarishda tanavorlarni shakllari ishchi chizmada berilgan detal shakli va o‟lchamlariga juda ham yaqin qilib, yuqori unumdorlikka ega bo‟lgan tanavorlar olish usullaridan foydalaniladi. Tanavorlar ishlanuvchi yuzalariga talabga mos ravishda mexanik ishlov berish uchun qo‟shimlar qoldiriladi, ishlov berilmaydigan yuzalari esa ko‟pincha tanavor olish usullaridan kelib chiqqanligicha qoldiriladi. Ishchilarning malakasi seriyali ishlab chiqarishga qaraganda ham past bo‟ladi, chunki u, oylab-yillab takrorlanuvchi bitta amalni bajaradi, biroq ommaviy ishlab chiqarishda ko‟pincha yuqori malakali sozlovchi-ishchilar, texnik-injener operatorlar ishlaydilar. Ommaviq ishlab chiqarishlarda tehnologik xujjatlar mukammal ishlab chiqiladi, tehnik meyorlar esa batafsil hisoblanib aloxida sinab ko‟rilgandan keyingina amaliyotga tatbiq qilinadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling