Reja: Yakka (donalab) ishlab chiqarish va uning tavsifi
Download 1.66 Mb.
|
TMJ resurs ma\'ruza 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yakka ishlab chiqarish va uning tavsifi.
- Seriyalab ishlab chiqarish va uning tavsifi.
- Donabay vaqt va uning tashkil etuvchilari.
3-Ma’ruza. Mashinasozlik sohalarida ishlab chiqarish turlari. Texnologik asoslangan vaqt me’yori uslublari. Reja: Yakka (donalab) ishlab chiqarish va uning tavsifi. Seriyalab ishlab chiqarish va uning tavsifi. Ommaviy (ko’plab) ishlab chiqarish va uning tavsifi. Ishni tashkil qilish shakllari. Tehnologik vaqtni meyorlash usullari. Donabay vaqtning tarkibiy qismi, asosiy tushunchalar. Donabay vaqt formulasi va uning tashkil еtuvchilari. Yakka ishlab chiqarish va uning tavsifi. Yakka ishlab chiqarish va uning tavsifi Yakka ishlab chiqarish, qoida bo’yicha qayta tayyorlash ko’zda tutilmagan kichik hajmdagi bir xildagi mahsulotlar chiqarishni tavsiflaydi. Ishni tashkil qilish shakli potoksiz bo’lib, zagotovkalarga ishlov berish nomlari (tipi) bir xilda bo’lgan universal dastgohlardan tashkil qilingan uchastkalarda bajariladi. Bu uchastkalarga: tokarlik dastgohlar uchastkasi; frezerlik dastgohlari uchastkasi va boshqa tipdagi dastgohli uchastkalar kiradi. Ishlab chiqariluvchi buyumlarning soni bitta-beshtadan ko’p bo’lmaganligi sababli, detal homaki zagotovkalari chiviq po’lat prokatlardan, bolg’alash bilan tayyorlashdan, qolipsiz erga quyilgan chushkalardan olinadi. Bunday zagotovkalarga ishlov berib detal shakliga keltirguncha juda ko’p miqdorda qirindi olib tashlanadi va material ishlatish koeffisienti yuqori bo’ladi. Qo’llaniluvchi moslamalar, o’lchagich asboblar ko’pincha universal bo’ladi va standart keskich asboblar ishlatiladi. Ishchilarning malakasi esa yuqori bo’ladi. Tayyorlangan buyum, qism va detallarning tannarhi juda ham qimmat bo’ladi. Seriyalab ishlab chiqarish va uning tavsifi. Seriyalab ishlab chiqarish deb, buyumlarni, detallarni periodik ravishda qaytalanuvchi partiyalab va seriyalab tayyorlashga yoki ta’mirlashga tushuniladi. Seriyalab ishlab chiqarish, buyumlarni yoki detallarni ishlab chiqarish hajmiga, murakkabligiga va og’irligiga qarab uchta turga, ya’ni: mayda seriyalab, o’rta seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishlarga farqlanadi. Texnologik jarayonlarni loyihalash bosqichida ishlab chiqarish turini faqat tahminiy aniqlash mumkin. Detallarni tayyorlash mehanika sehlarini va uchastkalarini loyihalashda 3.1 jadvalda berilganlardan foydalanish mumkin. Detalni chizmasida bir yil ichida tayyorlanuvchi detallar soni ma’lum bo’lsa, buyumning o’lchami baholanadi va jadvaldagi sonlar bilan tahmiy solishtirib, berilgan mahsulotni ishlab chiqarish turi tanlab olinadi. Mayda seriyalab ishlab chiqarish asosan og’ir mashinasozlik ishlab chiqarishga taalluqli bo’lib, yakka ishlab chiqarishga yaqin bo’ladi, ishlab chiqariluvchi buyumlar seriyasi juda ham uzoq vaqt ichida qaytarilishi mumkin, soni esa juda ham kam miqdorda bo’ladi. Universal dastgohlar bilan bir qatorda dasturli dastgohlar ham qo’llaniladi. Ishchilar malakasi yakkalabdagiday juda yuqori bo’ladi. Seriyalab ishlab chiqarishning asosiy tavsiflaridan biri, bu, har bitta ishchi joyga zagotovkalar partiyalab keltirilishi va shu partiya zagotovkalarga sozlangan dastgohlarda ishlov berilishi hisoblanadi. Ishni tashkil qilish usuli patokli ham patoksiz bo’lishi mumkin. Mayda seriyalab ishlab chiqarishda ko’pincha yakka ishlab chiqarishdagi kabi patoksiz ish tashkil qilish usuli qo’llaniladi. Seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishlarda esa doimiy ravishda potokli ish tashkil etiladi. Seriyalab ishlab chiqarishda asosan dastgohlar sehlarda zagotovkalarga ishlov berish texnologik marshruti bo’yicha joylashtiriladi. Universal dastgohlar bilan bir qatorda, maxsus-agregat stanoklari, sonli-dasturli boshqariluvchi dastgohlar, yarimavtomatlar va avtomatlar, ishlov beruvchi markazlar, moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari, moslashuvchan avtomatik ishlab chiqarish va boshqalar qo’llaniladi. Universal moslamalar bilan bir qatorda maxsus yig’ib-buzuluvchan va qayta boshqa tur detal uchun yig’iluvchan moslamalar qo’llaniladi. Standart va maxsus keskich asboblar ishlatiladi. Zagotovkalar ko’pincha mahsus quyma, sovuq va issiq shtamplangan, bosim ostida quyilgan, maxsus qoliplarga mashinalarda quyilgan, qobiq qoliplarga quyilgan va boshqa usullarda tayyorlangan bo’lishi mumkin. Ishchilarning malakasi yakka ishlab chiqarishga qaraganda pastroq bo’ladi. Кo’pincha malakali sozlovchi ishchilar ishlaydi va dastgohlarni asosiy ishchilarga sozlab beradi. Yirik seriyalab ishlab chiqarish buyum ishlab chiqarish hajmi bo’yicha ommaviy ishlab chiqarishga yaqin bo’lib, potokli ish tashkil qilinadi, dastgohlar texnologik marshrut-rejasi bo’yicha joylashtiriladi. Bu erda ham ishchilar malakasi past bo’lib, ko’pchilik ishchi joylarda uzoq muddatda qaytariluvchi bitta, ikkita detallarni tayyorlash operatsiyasini bajarish biriktirilgan bo’ladi. Operatsiyalar bog’lanish koeffisienti 2- 10 oraligida bo’ladi. Donabay vaqt va uning tashkil etuvchilari. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling