2-ma’ruza. Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari Reja
Download 220.34 Kb. Pdf ko'rish
|
3 курс МСТА 2 маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ishlab chiqarish dasturi. Ishlab chiqarish turlari
2-ma’ruza. Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari Reja: 1. Ishlab chiqarish dasturi. Ishlab chiqarish turlari. 2. Ishlab chiqarish turlarining texnologik tavsifi. Ishlab chiqarish turini aniqlash. 3. Texnologik jarayonlarining tarkibi Tayanch so‘zlar: ishchi joy, yakka ishlab chiqarish, seriyali ishlab chiqarish, ommaviy ishlab chiqarish, potok. Material, detal, asbob, sozlovchi, usullar, hujjatlar, chizma, maxsus, moslama, zagotovka, transport, nazorat, amal. 1. Ishlab chiqarish dasturi. Ishlab chiqarish turlari Mahsulot ishlab chiqarishda aksariyat mashinasozlik texnologiyasi usullaridan foydalanuvchi ishlab chiqarishga mashinasozlik deb ataladi. Mashinasozlik strukturaviy asosini ishlab chiqarish uchastkalari yig’indisidan iborat bo‘lgan sexlar tashkil qiladi. Ishlab chiqarish uchastkalari еsa: predmetli, texnologiyali yoki predmetli texnologiyali tamoyillar asosida uyushtirilgan ishchi joylar guruhlarini birlashtiradi. Yakka ishlab chiqarish, qoida bo‘yicha qayta tayyorlash ko‘zda tutilmagan kichik hajmdagi bir xildagi mahsulotlar chiqarishni tavsiflaydi. Ishni tashkil qilish shakli potoksiz bo‘lib, zagotovkalarga ishlov berish nomlari (tipi) bir xilda bo‘lgan universal dastgohlardan tashkil qilingan uchastkalarda bajariladi. Bu uchastkalarga: tokarlik dastgohlar uchastkasi; frezerlik dastgohlari uchastkasi va boshqa tipdagi dastgohli uchastkalar kiradi. Ishlab chiqariluvchi mahsulotlarning soni bitta-beshtadan ko‘p bo‘lmaganligi sababli, detal xomaki zagotovkalari chiviq po‘lat prokatlardan, bolg’alash bilan tayyorlashdan, qolipsiz yerga quyilgan chushkalardan olinadi. Bunday zagotovkalarga ishlov berib detal shakliga keltirguncha juda ko‘p miqdorda qirindi olib tashlanadi va material ishlatish koeffisienti yuqori bo‘ladi. Qo‘llaniluvchi moslamalar, o‘lchagich asboblar ko‘pincha universal bo‘ladi va standart keskich asboblar ishlatiladi. Ishchilarning malakasi esa yuqori bo‘ladi. Tayyorlangan mahsulot, qism va detallarning tannarxi juda ham qimmat bo‘ladi. Seriyalab ishlab chiqarish deb, mahsulotlarni, detallarni periodik ravishda qaytalanuvchi partiyalab va seriyalab tayyorlashga yoki ta’mirlashga tushuniladi. Seriyalab ishlab chiqarish, mahsulotlarni yoki detallarni ishlab chiqarish hajmiga, murakkabligiga va og’irligiga qarab uchta turga, ya’ni: mayda seriyalab, o‘rta seriyalab va yirik seriyalab ishlab chiqarishlarga farqlanadi. TJ larni loyihalash bosqichida ishlab chiqarish turini faqat taxminiy aniqlash mumkin. Detallarni tayyorlash mexanika sexlarini va uchastkalarini loyihalashda 2.1 jadvalda berilganlardan foydalanish mumkin. Detalni chizmasida bir yil ichida tayyorlanuvchi detallar soni ma’lum bo‘lsa, mahsulotning o‘lchami baholanadi va jadvaldagi sonlar bilan tahmiy solishtirib, berilgan mahsulotni ishlab chiqarish turi tanlab olinadi. Mayda seriyalab ishlab chiqarish asosan og’ir mashinasozlik ishlab chiqarishga taalluqli bo‘lib, yakka ishlab chiqarishga yaqin bo‘ladi, ishlab chiqariluvchi mahsulotlar seriyasi juda ham uzoq vaqt ichida qaytarilishi mumkin, soni esa juda ham kam miqdorda bo‘ladi. Universal dastgohlar bilan bir qatorda dasturli dastgohlar ham qo‘llaniladi. Ishchilar malakasi yakkalabdagiday juda yuqori bo‘ladi. Download 220.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling