Malumotlarning relyatsion bazasi - bu o‘zaro bog‘langan munosabatlar , ya‘ni jadvallar to‘plamidir. Har qanday munosabat (jadval) kompьyuterlarning xotirasida fayl ko‘rinishda joylashtiriladi. Ularning orasida quyidagi moslik mavjud:
Fayl
Jadval
Munosabat
Mazmuni
Yozuv
Maydon
Satr
Ustun
kortej
atribut
mazmunning nusxasi
atribut
Jadval hamma uchun juda qulay bo‘lishi bilan bir qatorda ma‘lumotlarni manipulyatsiya
qilishning asosiy uch operatsiyasini bajarish uchun noqulaydir, ya‘ni tartiblash, indekslarning qiymatlari bo‘yicha guruhlash va daraxt ko‘rinishidagi parametrlar bilan ishlash. Jadvalda ushbu uch operatsiya bir-biri bilan chambarchas bog‘langan.
Bu esa ba‘zi bir operatsiyalarni bajarishda ma‘lum bir qiyinchiliklarga olib keladi. Masalan, ma‘lumotlarni bir parametr asosida tartiblash ikkinchi bir parametr bo‘yicha tartiblashni buzib yuborishi tufayli zarur ma‘lumotlarni izlab topish operatsiyasi bir parametr bo‘yicha osonlashsa, boshqalari bo‘yicha qiyinlashadi.
Kodd taklif qilgan usulining originalligi shundan iboratki, u munosabatlarga
(jadvallarga) tadbiq qilish uchun juda chiroyli qurilgan operatsiyalar tizimini ishlab chikdi. Ularni amalga oshirish natijasida bir munosabatni boshqa munosabat orqali hisoblab chiqish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu axborotlarni saqlanadigan va saqlanmaydigan (hisoblanadigan) qismlarga ajratish, hamda kompьyuter xotirasini tejash zarur bo‘lgan paytda axborotlarning saqlanmaydigan qismini saqlanadiganlar asosida hisoblab chiqish imkoniyatini beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. M.M. Aripov, J.O’. Muhammadiyev. Informatika, information texnologiyalar. Toshkent 2005- y.
2. Б.Ю. Ходиев, А.А. Мусалиев, Б.А. Бегалов. Введение в информационные системы и технологии -Учебное пособие. Т. -«ТГЭУ» 2002.-156с.
3. Informatika va axborot texnologiyalari. Akademik S.S.G‘ulomov umumiy tahriri ostida. Darslik. T.: Iqtisodiyot, –
Do'stlaringiz bilan baham: |