3. O`lchash asboblari va o`lchash usullari
Download 90.65 Kb.
|
Metralogiya 12
Xulosa va tavsiyalar
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab har bir sohada sobitqadamlik bilan ish yuritishni boshladi. Natijada mamlakatning iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy va madaniy sohalarida ulkan o‘zgarishlar ro‘y berdi. Ayniqsa, ta’lim-tarbiyani rivojlantirishga katta ahamiyat berildi va ta’lim sohasida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Inson faoliyatining deyarli hamma sohalari uchun zarur bo‘lgan chizmalarni o‘qish va bajarish ishlari qanchalik mukammal bo‘lsa, shunchalik o‘zi uchun qulay bo‘lgan bilish vositasiga ham ega bo‘ladi. Shunga asosan hozirgi zamon ishlab chiqarishida chizmaga g‘oyat katta e’tibor berilib, unga bir qator talablar ham qo‘yilmoqda. Bu talablarning barchasini bilish va chizmani bajarishda qabul qilingan turli belgilarni, qoidalarni o‘zlashtirish va uni tushinish albatta maxsus tayyorgarlikni hamda mukammal grafik savodxonlikni talab qiladi. Demak, chizmalar chizish va grafik masalalarni yеchishni har birimiz, ayniqsa, ishlab chiqarish bilan bog‘lik bo‘lgan mutaxassis yaxshi bilishi, uni o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Bu esa, umumiy o’rta ta’lim tizimida har bir ta’lim oluvchi qaysi sohada ishlamasin, chizmachilik fanini o‘rganishi va o‘zlashtirgan bo’lishi lozim. Biz bo’lgusi oqituvchilar o’quvchilarga figuralarni chizmachilik fanida tekislikda chizish yo‘li bilan amaliy o‘rgatamiz. Shuning uchun geometrik figuralarni avval nazariy bilim olish yo‘li bilan so‘ngra, ularni amalda chizmalarini chizish orqali anglash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ma’lumki, har qanday ixtiro qilinayotgan buyumning turli grafik tasvirlari chiziladi, mustahkamliligi va chidamliligi faqat uning geometriyasi orqali matematik modellash yo‘li bilan aniqlanib, sinovdan o‘tkaziladi. Bo‘lajak texnika mutaxassisi, chizmachilik fani o‘qituvchisi, istalgan soha vakili, hattoki oddiy bir inson ham buyumlarning chizmasidan uning ishlash prinsipi, undan foydalanish va iloji bo‘lsa uni ta’mirlashni bilishi lozim. Buning uchun mutaxassis grafik savodxon bo‘lishi kerak. Kelgusidagi pedagogik faoliyatimda chizmachilik fani o’qituvchisi sifatida o‘quvchi va talabalarni grafik savodxonlikka o‘rgataman, bunda men oliy dargohda ustozlarimizdan olgan bilimlarimga tayanaman. Download 90.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling