3. О‘lka iqlimi aniq sezilib turadigan kontinentallik xususiyatiga ega, kontinentallik tekisliklar iqlimidagina emas, balki tog‘lar iqlimida ham aks etgan
Download 13.4 Kb.
|
3. О‘lka iqlimi aniq sezilib turadigan kontinentallik xususiyatiga ega, kontinentallik tekisliklar iqlimidagina emas, balki tog‘lar iqlimida ham aks etgan. О‘lka materikning ichki qismida, Atlantika okeanidan katta masofada joylashgan. iqlimning kontinentalligi, dastavval, qо‘shni о‘lkalarga nisbatan yog‘inning kamligida hamda uning о‘lka doirasida g‘arbdan sharqqa tomon kamayishida ham о‘z aksini topgan. Karpat tog‘lari yonbag‘irlarida yog‘in Alp yonbag‘irlaridagiga nisbatan kam yog‘adi. Karpat tog‘larining shimoli va shimoli-g‘arbida yillik yog‘in miqdori 800-1000 mm ga yetadi, bunda yog‘inning eig kо‘p qismi yoz oylariga tо‘g‘ri keladi. Karpat tog‘larining katta qismida qor besh oygacha saqlanadi, eng balayd tog‘ massivlarida har har yerda qor yoz oxirigacha turadi. Soyliklarda va tog‘ vodiylarida, shuningdek, sharqiy hamda janubi-sharqiy yonbag‘irlarda yog‘in miqdori ancha kam. Dunay tekisliklari yog‘inga ancha kambag‘al. О‘rta Dunay havzasida 500-600 mm ga yaqin yog‘adi, Quyi Dunay pasttekisligining sharqiy qismida 400 mm dan ortiq yog‘in tushmaydi. Dunay havzasida yoz oxirida tez-tez qurg‘oqchilik bо‘lib turadi. Qishda tekisliklarda qor turadi, lekin u har doim barqaror qoplam hosil qila bermaydi. О‘lkaning temperatura sharoiti ham iqlimning kontinentallik xususiyatini aks ettiradi. Yozgi о‘rtacha temperatura tekisliklarda va Karpat tog‘ oldilarida +20-22°S, eng yuqori temperatura deyarli +40°S ga yetadi. Tekisliklar uchun bahorning iliq va erta kelishi, kuzning iliq bо‘lishi va uzoq davom etishi xosdir. Bu fasllarda janubdan tropik havo massasi tez-tez kelib turadi, ular temperaturaning kо‘tarilishiga sabab bо‘ladi Bulutli kunlarning kamligi va quyoshli kunlarning ko'pligi g‘alla ekinlari hamda uzum yetishtirishga qulaylik to'g‘diradi. Tog‘larda ancha sovuq-baland tog‘ tepalarida eng iliq oy temperaturasi +3°S dan oshmaydi. О‘lkaning hamma qismi uchun sovuq davri barqaror bо‘lgan uzoq davom etadigan qish xosdir. Tog‘larda yuqoriga kо‘tarilgan sari qish uzoqroq davom etadi va sovuqroq bо‘ladi. Tekisliklarda eng oovuq oyning о‘rtacha temperaturasi 0°S dan salgina past bо‘ladi. (Budapeshtda-2°S, Belgradda-3 S), lekin minimum temperatura-20°S ga, ba’zan-30°S gacha pasayib ketadi. Karpat tog‘lari oldida eng sovuq oyning о‘rtacha temperaturasi-2°S dan-4°S gacha, eng balandd tog‘larda esa deyarli hamma joyda-10°S dan past. О‘lkaniNg turli qismlarvda qishning uzunligi ham birday emas. Tekisliklarda qish 2-3 oy davom etsa, tog‘larda yarim yildan ortiq davom etadi. Chunonchi, Quyi Dunay pasttekisligida noyabr oxirida yerda qor bо‘lmay, har har yerda о‘tlar yam-yashil bо‘lib yotsa hamda daraxtlarda barg tursada, Karpat tog‘lari tepalarida esa qishning yaqinlashayotgani avgust oxirida sezila boshlaydi. Karpat tog‘laridagi vodiy va soyliklarning iqlim sharoitn ham Dunay tekisliklari iqlimiga о‘xshab aniq aks etib turgan kontinentallik belgilariga ega. Transilvaniya platosida eng sovuq oyning о‘rtacha temperaturasi-6°S, eng iliq oy temperaturasi 18°S atrofida, yillik yog‘in miqdori 600 mm dan oshmaydi. Qishda deyarli barcha soyliklarda temperatura inversiyasi kuzatiladi. Download 13.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling