3. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta’siri
Download 24.54 Kb.
|
Презентация2 Azimov
Biroq, tuyg'ulari xali shakllanib ulgurmagan, estetik didi risoladagidek darajaga ko'tarilmagan odam mavjud hayotiy qiyinchilik va tashvishlar qarshisida ojizlik qiladi va natijada yot g'oyalar ta'siriga tushib qoladi. Ana shunday salbiy holatlarning paydo bo'lmasligi uchun ham san'at o'zini tobora insonga yaqinlashtirib boradi. Chinakam san'at insonni bu xolatdan qutqarishga qodir bo'lgan estetik tarbi vositasidir. Shuningdek, shaxsning estetik tarbiyasini san'at vositasida amalga oshirishning afzal tomonini ikki xususiyat bilan ifodalash mumkin.Birinchidan, san'at ijtimoiy anglashning boshqa shakllariga qaraganda insonga birmuncha yaqinroq hamda tezroq ta'sir ko'rsata olish imkoniga ega. Ikkinchidan, san'at insonni estetik jihatdan kamolotga yetkazish jarayoniga muayyan mafkuraviy mazmun bag'ishlashi bilan birga inson ma'naviy qadriyatlarini ro'yobga chiqarishda yaqindan yordam ko'rsatadi. San'at o'zining estetik bisotini to'laligicha namoyon qilishi uchun ham tarbiya jarayoni bilan chambarchas bog'lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini go'zallashtirish estetikaning tadqiqot obekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma'naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi.Ma'lumki, fuqarolarda yuksak did va idealni shakllantirish estetik tarbiyaning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bu vazifaning zalvorli yukini avval ham, hozir ham va bundan keyin ham chinakam san'at, adabiyot va ma'rifat ko'tarishiga shubha yo'q. Shuni aytish lozimki, so'nggi yillarga kelib san'at va madaniyatga jamiyat hayotini o'zgartiruvchi, unga xizmat qiluvchi, fikrlar almashinuvini ta'minlovchi hamda estetik ahamiyat kasb etuvchi murakkab ijtimoiy jarayon sifatida munosabat bildirilayotganligi diqqatga sazovor. Negaki, turli–tuman madaniy–ma'rifiy tadbirlar, rang– barang ko'rik–tanlovlar, san'at bayramlari va festivallarini o'tkazilshi o'z navbatida kishilarni tayyor ma'naviy «mahsulotning iste'molchisi»ga aylanib qolishidan saqlaydi.Shuningdek, san'atning inson estetik tafakkurini yuksaltirishdagi ahamiyati yana shu bilan izohlanadiki, san'at avvalo; voqelikni badiiy qiyofalar yordamida aks ettiradi, o'zida moddiylik va ma'naviylikning estetik mazmunini namoyon qiladi, ijtimoiy hayotga yangicha ko'rk bag'ishlaydi, ularni qaytadan tashkil etadi va o'zgartiradi. Ana shunga ko'ra, insonning bilimlilik tomoni san'atning ko'rinishlarini namoyon ettirish holatlarini amalga oshiradi. Mazkur xolatlar natijasida estetik tarbiyaviylik hususiyati o'z ifodasini topadi. Demak, ko'rinib turibdiki, san'at voqelikka estetik munosabatning kengqamrovli sohasi bo'lib, u insonni nafosatli hamda badiiy didini shakllantirishda muhim vosita vazifasini bajaradi. San'atning tarbiyaviy-g'oyaviy funksiyasi hayot haqiqatlarini qaytadan tiklash orqali namoyon bo'ladi. Estetik haqiqatning o'zi esa hayotni badiiy ijod qonunlari bilan aks ettirishi natijasida vujudga keladi. Informatsion texnologiyalar - estetik tarbiyaning global vositasi. Bir paytlar tabiiy va texnika bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalari talabalariga “Sizning ideallaringiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga ularning ko'pchiligi san'at, adabiyot va ma'rifat sohasida ko'proq aks etadi, degan javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi. Biroq, endilikda estetik tarbiyaning shunday vositalari mavjudki, uning ma'naviy jarayonlarga ko'rsatayotgan global ta'siriga befarq bo'lish aslo mumkin emas.Download 24.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling