3. “Ommaviy madaniyat”ning yoshlar estetik didiga ta’siri


Download 24.54 Kb.
bet5/9
Sana04.11.2023
Hajmi24.54 Kb.
#1746105
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Презентация2 Azimov

Masalan, yuz minglab yillar barqaror bo'lib kelgan va millionlab odamlarning taqdirini xal etgan shamollar – yo'nalishini, yog'inlar miqdorini o'zgartirish mumkin. Balki orollar va past qirg'oq hududlarida yashovchilarga havf– hatar tug'dirib dengizlardagi suvning sathi ko'tarilishi mumkin. Aholi haddan tashqarii ko'payib ketgan va borgan sari kuchliroq tazyiq sezayotgan sayyoramizning aslida busiz ham muammolari bor, Ushbu qo'shimcha ta'sirlar ochlik va boshqa halokatlarni keltirib chiqarishi mumkinligi esdan chiqarmaslik kerak.

Afsuski, aksariyat xollarda shaxsning tabiat bilan bo'ladigan munosabati estetik jihatdan to'g'ri yo'lga qo'yilmaganligi hamda uning estetik «no'noqligi» bois ular o'rtasida katta bo'shliq yuzaga keldi; bu bo'shliq insoniyat boshiga misli ko'rilmagan talofotlarni solishi mumkin.

Ushbu muammoni bartaraf etish pirovardida inson ehtiyoji uchun zarur bo'lgan ko'plab tabiiy–moddiy boyliklarni tejab qolishga, atrof–muhit musaffoligini ta'minlashga, o'simlik va hayvonot olamini asrab qolishga va eng asosiysi inson genofondining yo'q bo'lib ketish havfining oldini oladi. Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati. Mehnat ham moddiy, hamda ma'naviy go'zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy–foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta'sirida vujudga keladi. Mazkur munosabat pirovardida mehnat vositalarining insonga keltiradigan zararini kamaytiradi. qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma'naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.

O'zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning iqtisodiy asosi–ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotidir. Ushbu jarayonda eng muhim va dolzarb vazifa insonlarda mehnatga bo'lgan yangicha tuyg'uni shakllantirishdan iborat. Tashabbuskorlik va tadbirkorlikni rag'batlantirish, odamlarda mulkka egalik xissiyotini tarbiyalash o'z navbatida mehnatga bo'lgan munosabat orqali rivojlanib boradi. Negaki, odamlarda ko'p ukladli, turli mulk tizimlarini barpo etishga bo'lgan rag'bat tarbiyasi insonni bir tomonlama fikrlashdan, boqimandachilik kayfiyatlaridan halos qilib, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, odamning o'z kuchi va salohiyatiga suyanishini kuchaytiradi, mehnatga hurmat, sadoqat va fidoiylik tuyg'ularini shakllantiradi.


Download 24.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling