1-ma’ruza masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari reja: Muammoning qo‘yilishi. Masalalarning tahlili


Download 0.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana25.09.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1687782
  1   2   3


1-MA’RUZA 
MASALALARNI KOMPYUTERDA YECHISH BOSQICHLARI 
Reja: 
1. 
Muammoning qo‘yilishi. 
2. 
Masalalarning tahlili. 
3. 
Masalalarni komyuterda yechish bosqichlari. 
4. 
Algoritm tushunchasi. 
Zamonaviy dunyoda hech bir ish kichik bo’lsada muammosiz hal 
bo’lmaydigandek tuyuladi. Muammolarni hal qila olish qobiliyati kishidagi vaqt 
va boshqa qayta topilmas narsalarni tejab qolishga yordam beradi. Hayotdagi 
barcha muammolarni bir xil vaqtda yoki bir xil usulda hal qilishning imkoni 
mavjud emas. Qaysidir muammo ko’proq e’tibor va kamroq vaqt talab qilgan 
holda hal etilsa, boshqalarida aksincha – e’tiborsiz harakat asosida bo’lsa ham 
ko’proq vaqt davomida sabr qilish talab etiladi. Demak, umumiy holda aytish 
mumkinki, muammo bu – yechim talab qiladigan noaniq masala. Barcha 
muammolarning ikkita o‘xshash jihatlari mavjud: maqsad va to‘siq. Maqsad 
borligi uchun va unga intilganligimiz tufayli har doim muammolar yuzaga 
chiqaveradi. Maqsadni to‘sish mumkin bo‘lgan barcha masalalar muammo 
hisoblanadi. To‘siq esa har qanday maqsadga erishish jarayonida paydo 
bo‘ladigan holatdir.
Muammoni yechishda muammo tahlili, yechim yo‘llari va yechim topish 
bosqichlari bosib o‘tiladi. Masalan, aytaylik siz “Muhandislar uchun dasturlash 
asoslari” kursi asosida algoritmlash va dasturlashning boshlang‘ich va umumiy 
kursini o‘rganmoqchisiz. Bu yerda maqsadingiz o‘zlashtirish, bilim olish, 
ko‘nikma va malakalarni shakllantirish hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish 
uchun o‘quv kurslarini chuqurroq hamda o‘zingizga tanqidiy, masalaga esa 
tahliliy yondashishingiz kerak bo‘ladi.


Muhandislik masalalarinining yechimlarini aniqlash bosqichlarini ham 
yaxlit muammo yechish bosqichlari kabi hal qilish mumkin. Qo‘yilayotgan 
masala oddiy bo‘lsa, uni yechish vaqt va malaka talab etmasligi mumkin. Ammo 
yechim topilishi zarur bo‘lgan masalalar murakkab bo‘lganida insonga 
yordamchi vositalar zarur bo‘ladi. Yordamchi vositalar sifatida turli hisoblash 
qurilmalari (kalkulyator, kompyuter) ishlatiladi. Agar muhandislik hisoblarida 
kompyuterlardan foydalanmoqchi bo‘lsak, yechim topish uchun qanday 
bosqichlarni bosib o‘tishimiz kerak degan savollar yuzaga kelishi tabiiydir. 
Yuqoridagi savollarga javob berishdan oldin bir nechta oddiy masalalarni 
tahlilini ko‘rib chiqaylik. 
Masala. Rasmda keltirilgan rezervuarning hajmini geometrik o‘lchamlari 
asosida hisoblang. Silindr qism radiusi 1m, konus balandligi 2 m, silindr 
balandligi esa 3 m ga teng. Hisoblashlarni amalga oshirishda 0,01 aniqlikda 
yaxlitlash mumkin deb olinsin. 
1.1-rasm. Rezervuarning umumiy ko‘rinishi.
 
Masalani tahlil qilamiz: Bu yerda masalaning maqsadi rezervuarning 
hajmini aniqlashdir. Dastlab tahlil qilishda berilgan ma’lumotlar ichidan 
“keraksiz” axborotlarni chiqarib tashlaymiz. Bu yerda keraksiz axborotlar 
sifatida rezervuarning nimadan yasalganligi, tayanchlar mavjudligi yoki 
mavjud emasligi va rezervuarning o‘zi nima maqsadda ishlatilishini keltirish 
mumkin. Yechim topish yo‘nalishini tanlashda rezervuarning silindr va konus 
birlashmasidan iborat deb olishimiz kerak. Geometriya kursidan ma’lumki, 
umumiy hajm silindr va konus hajmlari yig‘indisidan iborat. Silindr va 


konusning hajmlarini aniqlash uchun boshlang‘ich qiymatlarni aniqlab 
olishimiz zarur bo‘ladi. 
a)
b)
1.2-rasm. Konus va silindr hajmini aniqlashda boshlang’ich qiymatlarni tahlil qilish
 

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling