Uchinchi bosqich
Algoritm tuzish
Masalaning
modelidan foydalanib,
yechim topishning
ketma-ketligi tuziladi.
To‘rtinchi bosqich
Dastur tuzish
Yechim
topishning
ketma-ketligini
kompyuter
tushunadigan tilga o‘tkaziladi.
Beshinchi bosqich
Dasturni
kompyuter
xotirasiga kiritish
Dasturchi tomonidan
tuzilgan dastur kompyuter
xotirasiga yuklanadi.
Oltinchi bosqich
Natijalarni
olish va
tahlil qilish
Dastur ishlatiladi, natijalar olinadi. Mavjud xatolar va
kamchiliklar bartaraf etiladi.
Ko‘rinib
turibdiki, kompyuter yordamida
masalani yechishda yechim
topish ketma-ketligi, algoritm tuzish, dastur tuzish kabi tushunchalarga duch
kelindi. Algoritm tuzish bosqichini masalaning modelidan foydalanib, yechim
topishning ketligini tuzish deb tavsifladik. Shundan aytish mumkinki, algoritm
bu yechim topishga yo‘naltirilgan ko‘rsatmalar ketma-ketligidir.