3. О‘rta Osiyoning qadimgi davr tarixiy geografiyasi Reja Tayanch iboralar


Download 87.65 Kb.
bet8/11
Sana21.11.2023
Hajmi87.65 Kb.
#1793386
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3.MAVZU

Qang‘ davlati. Kangyuy davlati kushonlar davridan avval hukm surgan. Ammo “kang”, “qang» nomi bilan Sirdaryoning quyi oqimida о‘rta asrlarda ham mavjud bо‘lgan. Sirdaryoning quyi oqimi va Orol bо‘ylarida kо‘chmanchilik qilgan о‘g‘uz, qipchoq, qang‘li qabilalarining nomi о‘sha qang‘larga borib taqaladi.
Qadimgi Xitoy manbalarida qang‘arlarda davlat bо‘lganligi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar miloddan avvalgi III asr oxiri va II asr boshlariga tо‘g‘ri keladi. Tarixchi olim K.Shoniyozovning fikricha: “Qang‘ davlati solnomalarda aytilgan davrdan ancha oldinroq mavjud bо‘lgan... Sо‘zsiz, Qang‘ davlati О‘rta Osiyoga bostirib kelgan makedokiyalik Iskandar qо‘shinlari bilan yunon-makedoniyaliklardan tashkil topgan Salavkiylar sulolasi (miloddan avvalgi 312—250 yy.) bilan uzluksiz olib borilgan kurashlar natijasida taxminan miloddan avvalgi III asr boshida vujudga kelgan”2.
Qang‘ Xitoy manbalarida Kangkia shaklida ifodalanib u Farg‘onaning (Davan, Dayyuan) shimoli-g‘arbida joylashgan, nisbatan qadimiyroq davlat edi, deb yoziladi. Kangkia atamasi ilk bor davlat nomi sifatida Sima Szyan о‘zining, “Shi Ji” (“Tarixiy yilnomlar”) asarida tilga olinadi.
Qang‘ davlatining dastlabki hududi qadimgi Choch (Toshkent) vohasi, Talos vodiysi va Chu daryosining quyi oqimida joylashgan. Qang‘ yabg‘ularining yozgi qarorgohi Qorakо‘l (Issiqkо‘l)da Beshqoq degan yaylovda (hozirgi Bishkek yaqinida), qishki qarorgohi esa Ohangaron vodiysida Bitan xitoycha Bityan deb atalgan joyda bо‘lgan. Miloddan avvalgi 138-yilda Chochda bо‘lgan Xitoy elchisi Chjan Syanning yozishicha, qang‘arlarning yozgi va qishki qarorgohlari oralig‘i tuyada yoki otda yetti kunlik yо‘l bо‘lgan.
Qang‘ yurtlari sharqda Davan (Farg‘ona), shimoli-sharqda usun (uyg‘ur) va yuechji (toxar) qabilalarining yerlari, shimoli-g‘arbda Sirisu daryosi, g‘arbda Yaksart (Sirdaryo)ning quyi oqimi va Xvarzm kо‘li (Orol)ning sharqiy qirg‘oqlari bilan chegaralangan.
Miloddan avvalgi II-I va miloddiy I-II asrlarda Qang‘ davlati nihoyatda keng ayib, qator о‘troq viloyatlar, Choch, Kesh, Sо‘g‘d, Buxoro va Xorazm hokimlarini bо‘ysundiradi va yirik davlat birlashmasiga aylanadi. Mamlakat bir qancha el, yurt va о‘troq dehqonchilik viloyatlariga bо‘lingan. Davlatni xoqon boshqargan. Xoqonlik vorisiy bо‘lib, otadan о‘g‘ilga meros tariqasida о‘tgan. Davlat boshqaruvida qabila oqsoqollari va harbiy sarkardalardan iborat Oliy kengash muhim о‘ringa ega bо‘lgan. El va yurtlar esa, odatda xoqon urug‘iga mansub qavm-qarindoshlardan, yirik urug‘ yoki qabila boshliqlaridan tayinlangan “Jabgu”lar tomonidan boshqarilgan. Qang‘ davlatiga tobe viloyatlar mahalliy hokimlar qо‘lida bо‘lib, ular xoqonlikka muttasil boj tо‘lab turgan. Qang‘ davlati Xitoy, Kushon, Parfiya, Rim va Kavkazorti mamlakatlari qatorida ular bilan savdo-sotiq va madaniy aloqada bо‘lgan.
Qang‘arlar ayniqsa yaqin qо‘shnilari Yuechji, Toxar, Xunnu qabilalari hamda vodiyliklar bilan bevosita aloqada bо‘lganlar.
Xullas, miloddan avvalgi III asrda Sirdaryo havzasining о‘rta qismida qadimgi Choch vohasida tashkil topgan Qang‘ davlati to miloddiy V asrning о‘rtalarigacha yetti yuz yil hukm surgan. Biroq miloddiy III asrdan boshlab tobora kuch olgan xalqlararo migratsion jarayonlar oqibatida sodir bо‘lgan о‘zaro tо‘qnashuvlar va shiddatli jangu jadallar natijasida zaiflashib, V asrning ikkinchi yarimida parchalanib ketdi.
Kangkia davlatining markazi xitoy manbalarida Bityan (Beytyan) shahri bо‘lib, u Iosha daryosi (Sirdaryo) bо‘yida joylashgan deb kо‘rsatilgan2. Ushbu atama xitoy tilida Piediyen deb talaffuz etilgan. Mazkur davlatning qishki markazi Sirdaryo bо‘yida joylashgan Leyueni viloyati bо‘lgan. Yozgi poytaxti Xitoyning markazi Chanandan 9140 li (4600 km. ga yaqin), qishki poytaxti – 12300 li (6150 km. ga yaqin) bо‘lgan. Bu vaqtda Kangkia aholisi 80-90 ming kishini tashkil etgan. Miloddan avvalgi I asrda ushbu raqam 600 ming kishiga etgan.3 Qang‘ toponimi qadimgi toxarlar tilida “qang‘” – “tosh” ma’nosini anglatadi.
Qang‘ davlatining chegarasi manbalarda aniq kо‘rsatilmagan. Lekin K.Shoniyozovning ma’lumotiga qaraganda qang‘lilar sharqda Farg‘ona vodiysi, shimoli-sharqda usunlar, shimoli-g‘arbda Sarisu daryosi va g‘arbda Sirdaryoning о‘rta oqimi bilan chegaradosh bо‘lgan. Bu chegarada qang‘arlarga qarashli bir necha viloyat va ularga tobe bо‘lgan qabilalar joylashgan. A.Xо‘jayev esa Qozog‘istonning janubi va Sirdaryoning о‘rt va quyi oqimi atroflarini qamrab olgan deb taxmin qiladi. “Xan sulolasi tarixi”da keltirilgan ma’lumotga kо‘ra, Kangkia davlati ayni zamonda Turkistondagi eng yirik davlatlardan biri bо‘lib, uning aholisi 120 ming oiladan yoki 600 ming kishidan iborat bо‘lgan. An’anaga kо‘ra, har bir oiladan bir erkak lashkarlikka olinganligi sababli ushbu davlatning qо‘shini ham 120 ming kishidan iborat bо‘lgan.4
Qang‘ davlati yetti asr yashadi. Miloddiy V asri о‘rtalariga kelib, Qang‘ davlatining yemirilishi bilan uning tarkibidagi elat va qabilalar ham tarqalib ketdi, о‘rnida yangi siyosiy uyushmalar va etnik birliklar qaror topdi.
Sirdaryoning quyi va о‘rta oqimlarini ham Qang‘ deb atashgan ehtimol. Agar turkiy va tungus-manjur tillarida saqlanib qolgan “qang‘” sо‘zini qadimgi hind-Yevropa tillarida “daryo” yoki “suv”ni ifodalaganini tan olganimizda Sirdaryo (Qang‘) nomining ma’nosi ham “daryo”, “suv” bо‘lganligi ehtimolga yaqin. Qang‘ar qabilasining nomi bu azim daryo bilan uzViy bog‘liq bо‘lgan. Etnonimning (qang‘ar, qangaras, xangakishi, qang‘li) oxirgi bо‘g‘ini — “ar”, “er” (qang‘ erlari, odamlari), kishi (qang‘ kishilar),”li” (qang‘li) ham bu xalqning Sirdaryoning о‘rta asrlardagi nomi bilan yaqinligidan dalolat beradi. Boshqacha qilib aytganda, Qang‘ — daryo nomi bо‘lsa, “ar”, “kishi”, “li” ma’lum bir xalqning shu daryo bо‘ylarida yashab kelganidan dalolat beradi”3.
Qang‘ga tobe Viloyatlar jumlasiga qadimgi Xorazm, Sо‘g‘d hududlari va Orololdi tumanlari (alan va yan qabilalari) kirgan. Tarixchi K.Shoniyozov bergan ma’lumotlarga qaraganda Kang‘ davlatning ikkita markazi bо‘lgan. Ulardan biri, Qanqa (Qang‘diz) bulib, u Toshkent vohasida, Sirdaryoga yaqin yerda joylatgan. Bu shahar miloddan avvalgi III asrda bunyod etilgan bо‘lib, u Qang‘ podsholarining doimiy qarorgohi bо‘lgan. Aris daryosining quyi oqimida joylashgan О‘tror (Tarband) esa Qang‘ davlati hoqonlarining yozgi qarorgohi bо‘lgan.
Qang‘arlar Qashg‘ar va Yorkent viloyatlariga ham harbiy madad yuborib turganlar. Shuni ham aytib о‘tish kerakki, Qashg‘ar, Yorkent va Farg‘onaning Xitoy ta’sirida bо‘lishi qang‘arlarga ham katta havf solar edi. Shuning uchun ham Qang‘ hukmdorlari qо‘shni xalqlarga harbiy kuch bilan yordam berib, bosqichnlarni о‘z chegaralariga yaqinlashtirmaslikka harakat qilardilar.
Shunday qilib, qang‘arlar о‘sha davrda Xitoyda hukmronlik qilayotgan Xan imperiyasining bosqinchilik siyosatiga qarshi chiqib ularni о‘z chegarasiga, Xatto unga yaqin bо‘lgan Farg‘ona va Qashqar yerlariga keltirmaslikka harakat qilar edi.
I asrda qang‘arlar Buxoro va Xorazmni egallaydi. Ammo bu viloyatlar tezda Qang‘ davlati ta’siridan chiqib, Kushon saltanati tarkibiga о‘tadi. G‘arbda esa qang‘arlar Parfiyaning kuchsizlanidan foydalanib, Alan yerlarini egallaydi.
Tarixiy ma’lumotlardan qang‘arlarning Bityan, Yuni hamda arxeologlar ochgan О‘tror, Oqtepa 1, Oqtepa 2, Qorovultepa, Choshtepa xarobalari о‘rnida qadimiy qо‘rg‘onlari va shaharlari ham bо‘lgan.

Download 87.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling