3 O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti
Hosilaviy qimmatli qog’ozlar va ularning xususiyatlari
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
qimmatli qogozlar qiymatini baholash
Hosilaviy qimmatli qog’ozlar va ularning xususiyatlari
Hosilaviy qimmatli qog‘ozlarning umumiy tushunchasi Qimmatli qog‘ozlarning hosilalari - o‘z egalarining boshqa qimmatli qog‘ozlarga nisbatan huquqlarini yoki majburiyatlarini tasdiqlovchi va yuridik shaxslar tomonidan emitentning optsionlari, qimmatli qog‘ozlarga doir fyucherslar va boshqa moliyaviy vositalar tarzida chiqariladigan qimmatli qog‘ozlar Hosila qimmatli qog‘ozlar (HQQ) – bu shartnomalar bo‘lib, ular bo‘yicha bir tomon qimmatli qog‘ozlarning ma‘lum bir miqdorini ma‘lum muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi yoxud majburiyatini oladi. Ko‘pincha bazis aktivi (ya‘ni shartnoma asosida yotuvchi qimmatli qogoz) sifatida aktsiyalar va obligatsiyalar ishtirok etadi. O‘zbekistonda xosila qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ular muomalada bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Hosila qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ularning muomalada bo‘lishi haqidagi Nizomga muvofiq respublika hududida faqat ularning negizida akdiyadorlik jamiyatlarining qimmatli qog‘ozlari yotadigan xosila qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi mumkin. Mazkur xosila qimmatli qog‘ozlarning emissiya risolasi davlat ro‘yxatidan o‘tishi va belgilangan tartibda ro‘yxatga olish raqamiga ega bo‘lishi lozim. Hosila qimmatli qog‘ozlarning emitenti – bu HQQni chiqaruvchi va ushbu qimmatli qog‘ozlar egalarining oldida ular bo‘yicha o‘z nomidan majburiyatga ega bo‘lgan yuridik shaxsdir. Hosila qimmatli qog‘ozlarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror uni chiqarish vakolatiga ega bo‘lgan emitentning boshqaruv idorasi tomonidan qabul qilinadi. Hosila qimmatli qog‘ozlar naqd hamda naqdsiz shakllarda chiqarilishi mumkin. Naqdsiz shaklda chiqarilgan hollarda ular global sertifikat HQQning naqdsiz shaklidagi butun nashrini (yoki bir qismini) tasdiqlovchi va depozitariyda saqlanadigan, shuningdek, bir martalik sertifikat uchun talab etiladigan barcha rekvizitlar, HQQ nashri emissiyasi va muomalasining umumiy shartlari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan hujjat bilan rasmiylashtiriladi. Hosila qimmatli qog‘ozlar optsionlar, fyucherslar va varrantlar ko‘rinishida chiqarilishi mumkin. Optsion (nemischa option co‘zidan) – emitentning muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarini optsionda ko‘rsatilgan muddatda qat‘iy belgilangan narxda sotib olish huquqini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz. Optsionning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning egasi qimmatli qog‘ozning o‘zini harid qilmaydi, balki uni sotib olish yoki sotish huquqiga ega bo‘ladi. Bunda u o‘zining harid qilish yoki sotish xuquqidan foydalanishi yo bo‘lmasa, undan voz kechishi mumkin.
12
Optsion shartnomasida ikki tomon ishtirok etadi optsion haridori (egasi) – ma‘lum miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish xuquqiga ega bo‘ladigan shaxs hamda sotuvchi (ustiga yozuvchi) – tegishli ravishda ushbu qimmatli qog‘ozlarni sotish yoki harid qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oluvchi shaxs. Barcha optsionlar ikki xilga bo‘linadi. Harid qilish uchun optsion "kolloptsion" (sall) va sotish uchun optsion – po‘toptsion (rut). Harid tsilish optsioni (sall) kelajakda xosila qimmatli qog‘oz tomonidan belgilangan shartlarda bazis aktivini sotib olish xuquqini beradi. Sotish optsioni (rut) o‘z egasiga kelajakda bazis aktivini hosila qimmatli qog‘oz shartlariga muvofiq sotish xuquqini beradi. Optsion va fyuchers savdolarining negazida olibsotarlik manfaati, qimmatli qog‘ozlar kursining ko‘tarilishi yoki pasayishidan pul ishlab olishga intilish yotadi. O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq, optsionlar ular emitentining ilgari chiqarilgan shaxsiy qimmatli qog‘ozlarini ham, uchinchi shaxslar qimmatli qog‘ozlarini ham harid qilish yoki sotish xuquqini tasdiqlashi mumkin. Bazis aktivi emitentning birinchi marta muomalaga chiqarilayotgan shaxsiy qimmatli qog‘ozlaridan iborat bo‘lgan optsionlarning chiqarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Varrant – bu uning egasi ma‘lum muddat davomida yoki ma‘lum bir kunda varrantlar emitenti tomonidan dastlabki chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni harid qilish huhuqini olganligini tasdiqlovchi hujjat. Shunday qilib, varrantlarni chiqarish bazis aktivini tashkil etuvchi qimmatli qog‘ozlarni chiqarish bilan bog‘lanadi. Varrantning bazis aktivi bo‘lgan qimmatli qog‘ozlarning bir nashri faqat varrantning bitta nashriga xuquq beradi. Varrantlar muomalaga chiqarilgan va uchinchi shaxslarning qo‘lida
bo‘lgan yoki
emitentning o‘zi
tomonidan sotib
olingan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha chiqarilishi mumkin emas. Bazis aktivining bahosi qimmatli qog‘ozlar nominalidan past bo‘lgan varrantlarnin gemissiyasi taqiqanadi (obligatsiyalar bundan mustasno). Varrant emitentlari varrantlarning dastlabki egalariga ularni harid qilish uchun teng narx shartlarini ta‘minlashi kerak. Varrantlar egalari uchun qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish narxi ushbu qimmatli qog‘ozlarni varrantlar egasi bo‘lmagan sarmoyador tomonidan joylashtirilishi narxidan farq qilishi mumkin. Varrantlar bilan operatsiyalar qimmatli qog‘ozlarning birja va birjadan tashqari bozorlarida bajarilishi mumkin. Qimmatli qog‘ozlarga doir fyuchers (futures) - o‘zida nazarda tutilgan muddatda muayyan miqdordagi qimmatli qog‘ozlarni qat‘iy belgilangan narxda sotib olish yoki sotish majburiyatini tasdiqlovchi emissiyaviy qimmatli qog‘oz. Fyuchers shartnomalari birjalarda sotiladigan qimmatli qog‘ozlarga ham, tovarlarga ham taqdim etilishi mumkin. Fyucherslarning asosiy belgisi – narxining aniqligi va ijro etishning majburiyligidir. Fyucherslar shartnoma bo‘yicha sotib olinadigan qimmatlikka egalik qilish huquqining bir qo‘ldan boshqa qo‘lga zudlik bilan o‘tkazilishini nazarda tutmaydi. Fyucherslar yordamida qonun bilan kafolatlangan majburiyat sotib olinadi, bu bitim sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. Fyuchersning o‘ziga xos belgisi shundan iboratki, ular mazkur qimmatliklar (sotuvchilarda yoki umuman) ayni yilda bormi yoki yo‘qmi, undan qati nazar, sotilishi mumkin. Fyucherslarning optsionlar bilan o‘xshash tomoni shundaki, ularning ikkalasi ham fond boyliklarini kelajakda sotib olish imkonini beradi. Farqlarga kelsak, ular quyidagilardan iborat: Fyucherslar oldi–sotdi hujjati sanalmaydi; fyuchers fond boyliklarini etkazib berish qatiy majburiyatidir. Fyuchers belgilangan muddat tugashi bilan majburiy hisob – kitobni talab qiladi. Fyuchers bo‘yicha xatar, optsionnikiga qarganda ancha yuqori, chunki fyuchers haridori optsion haridoridan farqli o‘laroq, optsion bo‘yicha yo‘qotilgan mukofotga qaraganda ancha katta summani yo‘qotishi mumkin. Fyuchers shartnomasining shartlari andozalidir. Fyuchers shartnomasining narxi birja kimoshdi savdolarida talab va taklif muvozanatining natijasi sifatida belgilanadi. Fyuchers bitimlari bo‘yicha hisob–kitoblar, odatda, fyuchers bilan savdo qiluvchilar (sotuvchilar va haridorlar)ning hisob raqamlari ochilgan birjalarning kliring palatalari orqali amalga oshiriladi.
13
O‘zbekistonning qonun hujjatlariga ko‘ra, fyuchers – bu ma‘lum qimmatli qog‘ozlarni shartnomada belgilangan narxda ma‘lum kelajak sanada sotib olish yoki sotish uchun so‘zsiz majburiyatni tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz (shartnoma)dir. Bazis aktivi birinchi marta muomalaga chiqarilayotgan qimmatli qog‘oz bo‘lgan fyucherslarni chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Fyucherslar fyuchers emitentining o‘zi tomonidan yoki uchinchi shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni harid qilish yoki sotish majburiyatini tasdiqlaydi. Fyucherslar o‘z xuquqini amalga oshirishdan bosh tortishni nazarda tutuvchi optsionlardan yoki varrantlardan farqli ravishda, ijro etish uchun majburiydir. Fyuchers egasi yo qimmatli qog‘ozlarni etkazib berishi yoki uni keyingi muomalada bo‘lishi uchun qontr agentga sotishi lozim. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling