«4
1
-modda. Baholovchi tashkilot
Baholovchi tashkilot baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega
bo‘lgan yuridik shaxsdir.
Baholovchi tashkilot o‘z faoliyatida mustaqildir. Xizmatlarning iste‘molchisi (bundan buyon
matnda buyurtmachi deb yuritiladi) yoki boshqa manfaatdor shaxslarning baholovchi tashkilot
faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Baholovchi tashkilot qonun hujjatlarida nazarda tutilgan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda
tashkil etilishi va o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin, ochiq aktsiyadorlik jamiyati bundan
mustasno. Bunda quyidagi majburiy shartlarga rioya etilishi kerak:
baholovchi tashkilotning rahbari baholovchi bo‘lishi;
baholovchi tashkilotning shtat birligi tegishli malakaga ega bo‘lgan baholovchilarning shtatdagi
eng kam soniga doir, qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi;
baholovchi tashkilotda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordagi ustav fondining
mavjudligi;
baholovchi tashkilotda baholovchi tashkilotning fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish
shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug‘urta
polisining mavjudligi.
15
Baholovchi (baholovchilar) faqat bitta baholovchi tashkilotning muassisi (ishtirokchisi,
aktsiyadori) bo‘lishi mumkin.
Agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, davlat hokimiyati va
boshqaruvi organlarining baholovchi tashkilotni tashkil etishi, shuningdek baholash faoliyatini
amalga oshirishi taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |