Mavzu: Baholovchi tashkilot tomonidan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish Bajardi


Download 73.25 Kb.
bet1/10
Sana28.02.2023
Hajmi73.25 Kb.
#1235508
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish.Kurs ishi-1-1


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


“Byudjet hisobi va g’aznachilik” fakulteti

“Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi


“Baholash ishi”fanidan


KURS ISHI
Mavzu: Baholovchi tashkilot tomonidan investitsiya loyihalarini ishlab chiqish
Bajardi: Byudjet hisobi va g’aznachilik
fakulteti BBI-50 guruh talabasi
Hojiyeva E’zoza Dilshod qizi
Ilmiy rahbar: S.Qosimova
TOSHKENT-2023
Reja:
Kirish………………………………………………………………………………3
1.Investitsiya loyihasi – baholash tashkilotining qo‘shimcha professional xizmati sifatida. …………………………………………………………….………………6
2.Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda hujjatlashtirish va tahlil jarayonlari.……………………………………………………….………………..12
3.Investitsiya loyihasini amalga oshirishning asosiy bosqichlari.………………………..………………………………..……………..19
4.Investitsiya loyihalarini tahlil qilishda smeta qiymati va loyihaning umumiy xarajatlar tarkibi……………………………………...……………………………26
Xulosa…………………………………………………………………………….32
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………34


Kirish
Kurs ishi mavzusi dolzarbligi. Mamlakatimizda olib borilayotgan jadal islohotlar natijasida bugungi kunda baholash faoliyatini rivojlantirish bo’yicha ham qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2017-2021- yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida bank tizimini isloh qilish, banklar depozit bazasining kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsion loyihalar hamda kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalisharidan biri ekanligi belgilangan va 2022-2026-yillarga mo’ljallangan yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasiga asosan ushbu sohada keng islohotlar amalga oshirilmoqda.
Hozirgi kunda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi bilan bir qatorda aholining turmush darajasi ham ortib bormoqda. Bu ko’rsatkichlarning yaxshilanishi o’z navbatida qaltisliklarni ortishiga ham sabab bo’ladi. Baholash faoliyatning asosida adolatli qiymatni aks ettirish yotadi. Har qanday baholash obyektning qiymatini baholash muayyan bozor sharoitida ma’lum bir vaqtda obyekt tomonidan kutilayotgan va hozirgi haqiqiy daromadni hisobga olgan holda, uning qiymatini pul ifodasida aniqlashning tartibga solingan va aniq maqsadga yo’naltirilgan jarayonni o’zida mujassam etadi.
Mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalash respublikamizda turli mulkchilik shakllariga asoslangan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni ko‘paytirish, jumladan, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish hamda boshqaruv faoliyatining rivojlanishini taqozo etdi. Shuningdek, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish yangi investitsiya loyihalarini hayotga tadbiq etish va ularni moliyalashtirishning optimal variantlarini qidirib topish talablarini keltirib chiqardi.
Amaliyotda investitsiya loyihasi tushunchasining tobora keng qo‘llanishi, avvalo, ushbu atamaning iqtisodiy mohiyatini anglab olish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Investitsiya loyihasi tushunchasiga uning yo‘naltirilgan maqsadini amalga oshirish uchun texnologik jarayonlarni, texnik va tashkiliy hujjatlashtirish jarayonini, obyektlarni barpo etish va ishga tushirish jarayonini, moddiy, moliyaviy, mehnat resurslarining harakatini, shuningdek, tegishli boshqaruv qarorlari va tadbirlarni o‘zida mujassamlashtiruvchi tizim sifatida qarash mumkin. Investitsiya loyihasi o‘z maqsadi, yo‘nalishi, amal qilish sohasi, muddati va chegarasiga ega bo‘lgan alohida faoliyat turi hisoblanadi.
Bu borada ushbu faoliyat turini mamlakatimiz hududlarida tashkil qilish xususiyatlari, investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda mintaqaviy venchurli fondlar faoliyatini tashkil etish, investitsiya loyihalarini kreditlashda sindikatlangan kreditlarni ajratish mexanizmlarini takomillashtirish, investitsiya faoliyatini tashkil etishda ichki resurslar, jumladan, aholi jamg’armalaridan foydalanish samaradorligini oshirish kabi masalalarga muhim ahamiyat qaratish lozimdir.
Investitsiya loyihalarini samarali boshqaruvi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev milliy iqtisodiyotga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investitsiya loyihalarini puxta shakllantirgan holda, bu masalada ijobiy natijaga erishish mumkinligi to’g’risida Oliy majlisga murojaatnomalarida ta’kidlaganlar..
Tijorat banklari tomonidan yirik investitsiya loyihalarini sindikatli kreditlash usulini takomillashtirish banklarning uzoq muddatli resurs bazasini mustahkamlashni talab etadi. Buning uchun Markaziy bankning tijorat banklari uzoq muddatli depozitlariga nisbatan belgilangan majburiy zaxira stavkalarini pasaytirish hamda davlatga tegishli pul mablag’larini iqtisodiyotning tayanch tarmoqlarida sindikatli kreditlashni amalga oshirayotgan tijorat banklariga uzoq muddatli depozit sifatida joylashtirish hamda yuqori samarali loyihalarga berilgan kreditlarni sekyuritizatsiyalash orqali mablag’larni jalb etish banklarning investitsion loyihalarini moliyalashtirish imkoniyatlarini oshiradi.

Download 73.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling