«19-modda. Baholash faoliyati to‟g‟risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun
javobgarlik
Baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan
tartibda javobgar bo‘ladi.
Baholovchi tashkilot shartnomani bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi oqibatida
buyurtmachiga zarar etkazilganligi uchun uning oldida javobgar bo‘ladi. Buyurtmachiga etkazilgan
zararning, shu jumladan boy berilgan foydaning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda,
baholovchi tashkilot tomonidan qoplanishi kerak.
Baholovchi baholash ob‘ektini baholashni sifatsiz o‘tkazganligi yoki lozim darajada
o‘tkazmaganligi, maxfiy ma‘lumotlarni oshkor etganligi natijasida etkazilgan zarar yoki baholovchi
tashkilotning zarar ko‘rishiga olib kelgan boshqa xatti-harakatlar uchun baholovchi tashkilot oldida
qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
20-modda.
Do'stlaringiz bilan baham: |