3 O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Qimmatli qog„ozlar qiymatini baholashning asosiy maqsadlari


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/75
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#217781
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75
Bog'liq
qimmatli qogozlar qiymatini baholash

2.Qimmatli qog„ozlar qiymatini baholashning asosiy maqsadlari 

Qimmatli  qog‘ozlar  qiymatini  baholashning asosiy  maqsadlari  quyidagilar hisoblanadi: 

  ularning  oldi-sotdisi  bo‗yicha  bitimlar  tuzish,  meros  qoldirish  va  in‘om  etish  tartibotini 

amalga oshirish; 

  aksionerlik jamiyatiga investitsiyalar jalb qilish; 

  korxonalar restrukturizatsiyasi: qo‗shilish, qo‗shib olish va boshqalar; 

  qimmatli   qog‗ozlarni    emissiya    qilish    uchun   yoki    ularni    qo‗shimcha joylashtirish va 

muomalaga chiqarish uchun bahosini aniqlash; 

  kreditlashda garov qiymatini aniqlash uchun qimmatli qog‗ozlar bahosini aniqlash; 

  qimmatli qog‗ozlarni ishonchnoma asosida boshqaruvga berishda; 

  masalan,  qaytarib  olish  uchun  to‗lovni  amalga  oshirishda  kompaniya  va  uning 

aktivlarining joriy bozor qiymatini aniqlash. 

Aksiyalarni  baholash  bu  muayyan  korxona  (biznes),  aniqrog‗i,  baholanayotgan  aksiyalar  

paketiga  to‗g‗ri  keladigan  biznes  qiymati  ulushining bozor qiymatini aniqlashdir. 

Amal    qilish    muddati  tugashi  bilan  nominalga  mutanosiblikda  muqarrar  to‗lanadigan 

fiksirlangan  daromadli  moliyaviy  instrumentlar  (veksellar  va  obligatsiyalar)  dan  farqli  ravishda 

korporatsiyalar  aksiyadorlari  oldida  aksiyalarni  qayta  sotib  olish  bo‗yicha  majburiyatni  o‗z 

zimmasiga  olmaydi.  Aksiyalar  qiymati  (kotirovkasi)  faqatgina  qimmatli  qog‗ozlarning  ochiq 

bozoridagi  talab  va  taklif nisbati bilan belgilanadi. 

Veksellarni  baholash  –  bu  bitim  tomonlari  barcha  zaruriy  axborotlarga  ega  bo‗lgan,  bitim 

narxi miqdorida esa qandaydir favqulodda holat aks etmagan holda 

ongli  tarzda  harakatlanayotgan  raqobat  sharoitida  ochiq  bozorda  veksel  sotilishi  mumkin 

bo‗lgan  eng  ehtimoliy  narxni  aniqlashdir.  Yuridik  va  jismoniy  shaxslar  tomonidan  emissiya 

qilingan oddiy va o‗tkazma veksellar uchun baholash ekspertizasi o‗tkazilishi mumkin. 

Obligatsiyalarni  baholash  shundan  iboratki,  obligatsiyalarning  amal  qilish  muddati 

davomida  uning  egasi  xarid  qilish  vaqtida  obligatsiyaga  joylashtirgan  summani    olishi    lozim.  

Buning    o‗ziga    xosligi    obligatsiyalar  egasi    olishi    lozim  bo‗lgan  jami  to‗lovlar  vaqt  bo‗yicha 

taqsimlanganligi,  o‗z  navbatida  esa  barcha  kelgusi    pul    oqimlarini    obligatsiyalar    qiymatini  

baholash    amalga    oshiriladigan  vaqtga    diskontlash    zarurligida    namoyon    bo‗ladi.    Diskont  

ko‗rsatkichi  sifatida o‗xshash moliyaviy instrumentlarning daromadliligini qabul qilish lozim. 

Qimmatli  qog‗ozlarning  barcha  shakllarida  moliyaviy  investitsiyalashni  amalga    oshirish  

jarayonida    qimmatli    qog‘ozlarning    investitsiya    xususiyatlarini  baholash  bozorda  muomalada 

bo‗lgan  alohida  moliyaviy  instrumentlarning  investitsiya  xususiyatlarini  baholash  kabi  eng  muhim 

vazifalardan  biri  hisoblanadi.  Qimmatli  qog‗ozlarning  investitsiya  xususiyatlarini  baholash 

investitsiya  portfelini  shakllantirish    maqsadlari    hisobga    olingan    holda    investor    tomonidan  

amalga oshiriladigan uning alohida turlarining integral tavsifini o‗zida aks ettiradi. 

 


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling