Qarz majburiyatlarini ifodalovchi qimmatli qog‟ozlar
Obligatsiyalar
Obligatsiya (lotincha obligatio so‘zidan, majburiyat) – obligatsiyani saqlovchining
obligatsiyaning nominal qiymatini yoki boshqa mulqiy ekvivalentini obligatsiyani chiqargan
shaxsdan obligatsiyada nazarda tutilgan muddatda olishga, obligatsiyaning nominal qiymatidan qayd
etilgan foizni olishga bo‘lgan huquqini yoxud boshqa mulqiy huquqlarini tasdiqlovchi emissiyaviy
qimmatli qog‘oz.
Soddaroq qilib aytganda bu uning egasi qarz berganligidan guvohlik beruvchi va unga ushbu
qimmatli qog‘ozning nominal qiymatini unda ko‘rsatilgan muddatda belgilangan (qat‘iy) foiz
to‘langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir.
Aktsiyadan farqli ravishda obligatsiya emitentning mol–mulkiga nisbatan mulk unvoni
hisoblanmaydi. U ovoz berish va boshqarish xuquqini bermaydi. Obligatsiya – bu bir shaxsning
(sarmoyador – kreditorning) boshqa bir shaxsga (emitent – qarzdorga) mablag‘larni yilinchalik
foydalanish uchun berganligi (kredit) haqidagi guvohnomadir. Obligatsiyalar ma‘lum muddatga
chiqariladi va so‘ndirilishi shart. Emitentning faoliyati tugatilgan yilda ularning egalari qimmatli
qog‘ozlar boshqa turlarining egalariga qaraganda an‘anaviy tarzda ustunlikka ega bo‘ladi.
Emitentning xususiyatiga ko‘ra obligatsiyalar quyidagi uchta katta guruhga bo‘linadi: davlat
Do'stlaringiz bilan baham: |