3 O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti
Munitsipal obligatsiyalar (mahalliy zayomlar obligatsiyalari)
Download 1.38 Mb. Pdf ko'rish
|
qimmatli qogozlar qiymatini baholash
Munitsipal obligatsiyalar (mahalliy zayomlar obligatsiyalari)
Bunday obligatsiyalarning emitentlari sifatida O‘zbekiston Respublikasining milliy – davlat va ma‘muriy – hududiy tuzilmalarining hokimiyat idoralari qatnashishi mumkin. Obligatsiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qaror davlat hokimiyatining mahalliy idoralari: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar, tumanlar hokimiyatlari tomonidan qabul qilinadi. Munitsipal obligatsiyalarni chiqarishning eng asosiy masalalaridan biri – bu ularni ta‘minlash masalasidir. Shunga ko‘ra ular qoplanishning quyidagi asosiy manbalari bilan chiqarilishi mumkin: Qarzlarni to‘lash to‘g‘risidagi umumiy majburiyat zamirida. Bunday obligatsiyalar bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi hokimiyat idorasining obligatsiyalarning keyingi so‘ndirilishi va ular bo‘yicha foizlar to‘lanishi uchun mahalliy byudjetning qandaydir aniq manbalarini biriqtirmasdan soliqlar, bojlar, ijara to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni undirishga qodirligi bilan ta‘minlanadi. Soliq qudrati chegaralangan qoplashning umumiy majburiyati zamirida. Ushbu holatda davlat hokimiyati idoralari mahalliy byudjetga tushumlarning qaysi bir turi hisobiga kelajakda obligatsiyalar egalari oldidagi majburiyatlarning bajarilishi ta‘minlanishini belgilaydi. Maqsadli tushumlar zamirida. Obligatsiyalarni chiqarish shartlarida aniq loyixa ko‘rsatiladi, uni amalga oshirishga qimmatli qog‘ozlarning haridorlaridan olingan mablag‘lar yo‘naltiriladi va u obligatsiyalarning egalari oldidagi majburiyatlarning bajarilishi uchun ma‘lum daromadlar keltirishi lozim. Bu munitsipal mulk ob‘ektlari (aeroportlar, vokzallar, bunda terminaldan foydalanganlik uchun to‘lov so‘ndirish manbasi hisoblanadi), mahalliy elektr stantsiyalari, gaz o‘tkazgichlar, suv o‘tkazgichlar, issiq suv o‘tkazgichlar, yo‘llarning qurilishi (to‘lov manbasi ko‘rsatilgan xizmatlar va foydalanish xuquqi uchun muayyan iste‘molchilar tomonidan to‘langan to‘lovlar), kasalxonalar, istiroxat bog‘lari, o‘yingohlar, munitsipalitet (hokimiyat)ning boshqa to‘lovli jamoat ob‘ektlarining qurilishi bo‘lishi mumkin. Bunday qimmatli qog‘ozlarni chiqarish shartlarida keladigan daromadlarning qaysi qismi obligatsiyalar egalari oldidagi majburiyatlarni so‘ndirishga va qaysi biri daromadlar keltirayotgan ob‘ektdan foydalanishning joriy harajatlarini qoplashga hamda munitsipalitetga yo‘naltirilishi haqida kelishib olinadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda munitsipal obligatsiyalar, odatda, banklar, nufuzli firmalar kafolati ostida chiqariladi va birinchi darajali aktsiyalar darajasida baholanadi. Ular juda ommabop bo‘lib, eng foydali investitsiya aktivlaridan biri hisoblanadi.
Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling