14-modda.
Baholovchi tashkilotning huquqlari
Baholovchi tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
qonun hujjatlarida belgilangan baholash usullarini mustaqil qo‘llash;
baholash ob‘ektini baholashdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlardan foydalanish
erkinligi ta‘minlanishini buyurtmachidan talab qilish, yozma shaklda tushuntirishlar va qo‘shimcha
ma‘lumotlar olish;
baholash ob‘ektini baholashdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborotni uchinchi shaxslardan
talab qilib olish. Agar mazkur axborotni berishning rad etilishi baholashning ishonchliligiga jiddiy
ta‘sir etadigan bo‘lsa, baholovchi buni baholash to‘g‘risidagi hisobotda ko‘rsatib o‘tadi;
baholash ob‘ektlarini baholashdan o‘tkazishda ishtirok etishga boshqa baholovchilarni va
mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish;
buyurtmachi shartnoma shartlarini buzgan hollarda baholash ob‘ektini baholashdan o‘tkazishni
rad etish.
Baholovchi tashkilot qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |