Baholashni o‟tkazish va uning natijalaridan foydalanish huquqi
Baholash o‘tkazish huquqi mutlaq huquqdir.
Baholash ob‘ektlarini baholash ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Baholashni o‘tkazish natijalaridan baholash ob‘ekti o‘z balansida turgan shaxslar buxgalteriya
hisobi va hisobot ma‘lumotlariga tuzatishlar kiritish uchun foydalanishlari mumkin.
11-modda.
Baholash o‟tkazishning majburiyligi
Baholashni o‘tkazishni davlatga to‘la yoki umumiy mulk huquqida qisman qarashli baholash
ob‘ektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu jumladan:
baholash ob‘ektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, ishonchli boshqaruvga
topshirish yoki ijaraga berish maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda;
baholash ob‘ektlaridan garov narsasi sifatida foydalanayotganda;
baholash ob‘ektlari sotilayotganda yoki o‘zga shaxsga boshqacha tarzda o‘tkazilayotganda;
baholash ob‘ektlari bilan bog‘liq qarz majburiyatlaridan boshqaning foydasiga voz
kechilayotganda;
baholash ob‘ektlari yuridik shaxslarning ustav fondlariga ulush tariqasida berilayotganda
majburiydir.
Baholash o‘tkazish baholash ob‘ektining qiymati to‘g‘risida nizo chiqqan taqdirda ham, shu
jumladan:
mol-mulk natsionalizatsiya qilinayotganda;
ipoteka krediti berilayotganda;
taraflardan birining talabiga binoan er-xotinning mol-mulki bo‘linayotganda;
mol-mulk mulkdorlaridan davlat ehtiyojlari uchun sotib olinayotgan yoki qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib qo‘yilayotganda;
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri to‘lanishi ustidan nazorat o‘tkazilayotganda
majburiydir.
Ushbu moddaning amal qilishi davlat unitar korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘rtasida
ularga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi bilan berkitib qo‘yilgan mol-mulkni tasarruf
etishda kelib chiqadigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |