3 O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Baholashni o‟tkazish va uning natijalaridan foydalanish huquqi


Download 1.38 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/75
Sana05.01.2022
Hajmi1.38 Mb.
#217781
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75
Bog'liq
qimmatli qogozlar qiymatini baholash

Baholashni o‟tkazish va uning natijalaridan foydalanish huquqi

 

Baholash o‘tkazish huquqi mutlaq huquqdir. 

Baholash ob‘ektlarini baholash ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.  

Baholashni o‘tkazish natijalaridan baholash ob‘ekti o‘z balansida turgan shaxslar buxgalteriya 

hisobi va hisobot ma‘lumotlariga tuzatishlar kiritish uchun foydalanishlari mumkin. 

11-modda. 

Baholash o‟tkazishning majburiyligi

 

Baholashni  o‘tkazishni  davlatga  to‘la  yoki  umumiy  mulk  huquqida  qisman  qarashli  baholash 

ob‘ektlari bitim tuzishga jalb etilgan taqdirda, shu jumladan: 

baholash  ob‘ektlarini  davlat  tasarrufidan  chiqarish,  xususiylashtirish,  ishonchli  boshqaruvga 

topshirish yoki ijaraga berish maqsadida ularning qiymati aniqlanayotganda; 

baholash ob‘ektlaridan garov narsasi sifatida foydalanayotganda

baholash ob‘ektlari sotilayotganda yoki o‘zga shaxsga boshqacha tarzda o‘tkazilayotganda; 

baholash  ob‘ektlari  bilan  bog‘liq  qarz  majburiyatlaridan  boshqaning  foydasiga  voz 

kechilayotganda; 

baholash  ob‘ektlari  yuridik  shaxslarning  ustav  fondlariga  ulush  tariqasida  berilayotganda 

majburiydir. 

Baholash  o‘tkazish  baholash  ob‘ektining  qiymati  to‘g‘risida  nizo  chiqqan  taqdirda  ham,  shu 

jumladan: 

mol-mulk natsionalizatsiya qilinayotganda; 

ipoteka krediti berilayotganda

taraflardan birining talabiga binoan er-xotinning mol-mulki bo‘linayotganda; 

mol-mulk  mulkdorlaridan  davlat  ehtiyojlari  uchun  sotib  olinayotgan  yoki  qonun  hujjatlarida 

nazarda tutilgan boshqacha tarzda olib qo‘yilayotganda; 

soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlar  to‘g‘ri  to‘lanishi  ustidan  nazorat  o‘tkazilayotganda 

majburiydir. 

Ushbu moddaning amal qilishi davlat unitar korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘rtasida 

ularga xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarish huquqi bilan berkitib qo‘yilgan mol-mulkni tasarruf 

etishda kelib chiqadigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 


Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling