15-modda.
Baholovchi tashkilotning majburiyatlari
Baholovchi tashkilot:
baholash faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlarida belgilangan litsenziya talablariga va
shartlariga rioya etishi;
baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani, baholovchining
(baholovchilarning) malaka sertifikatini shartnoma tuzilishi oldidan buyurtmachining talabiga ko‘ra
ko‘rsatishi;
baholash ob‘ektini baholashdan o‘tkazishda ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan,
xolisona baholashni o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan holatlar yuzaga kelganligi oqibatida o‘zining
ishtirok etish imkoniyati yo‘qligi to‘g‘risida buyurtmachiga xabar berishi;
buyurtmachining so‘rovnomasiga ko‘ra baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
talablari haqida axborot taqdim etishi;
baholash ob‘ektini baholashdan o‘tkazish davomida olinadigan hujjatlarning but saqlanishini
ta‘minlashi;
baholash ob‘ektini baholashdan o‘tkazish davomida aniqlangan zarar etkazilganligi,
shuningdek qonun hujjatlarining boshqacha tarzda buzilganligi faktlari to‘g‘risida baholash ob‘ekti
mulkdoriga va (yoki) buyurtmachiga xabar berishi;
baholash to‘g‘risidagi hisobotning nusxasi uch yil mobaynida saqlanishini ta‘minlashi;
baholash ob‘ektini baholashdan o‘tkazish davomida buyurtmachidan olingan ma‘lumotlarning
maxfiyligini ta‘minlashi;
baholovchilarning har yili malaka oshirish kurslarida belgilangan tartibda o‘qishini ta‘minlashi;
18
baholovchi tashkilotlar faoliyatining reytingini baholash uchun baholovchi tashkilotlar va
baholovchilar birlashmalarining so‘rovnomasiga ko‘ra axborot taqdim etishi shart.
Baholovchi tashkilotning zimmasida qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa
majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin»;
5) quyidagi mazmundagi 15
1
-modda bilan to‘ldirilsin:
Do'stlaringiz bilan baham: |