Baholovchi tashkilot va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnoma yoki qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan hollarda sud ajrimi baholash ob‘ektini baholashdan o‘tkazish uchun asoslardir.
13-modda.
Baholash ob‟ektini baholash to‟g‟risidagi shartnomaga oid majburiy talablar
17
Baholovchi tashkilot va buyurtmachi o‘rtasidagi shartnoma yozma shaklda qonun hujjatlariga
muvofiq tuziladi.
Shartnomada quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
baholash ob‘ektining nomi;
baholash ob‘ektini baholashning maqsadi;
baholash ob‘ektining aniqlanadigan qiymati turi;
baholash ob‘ektini baholashdan o‘tkazish muddati;
baholash ob‘ektini baholashdan o‘tkazgani uchun pul mukofoti miqdori.
Shartnomaga baholovchi tashkilotda baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi
litsenziyaning mavjudligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlar ushbu litsenziyaning tartib (ro‘yxatdan
o‘tkazilganlik) raqami va berilgan sanasi ko‘rsatilgan holda, shuningdek baholovchi tashkilotning
fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchining majburiyatlari
kuchga kirganligini tasdiqlovchi sug‘urta polisining mavjudligi haqidagi ma‘lumotlar kiritilishi shart.
Baholash ob‘ektini baholashdan o‘tkazganlik uchun pul mukofotining miqdori shartnomada
belgilab qo‘yiladi va u baholash ob‘ekti qiymatining baland-pastligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: