6-modda.
Baholash ob‟ekti qiymatining turlari
Baholash maqsadlariga qarab baholash ob‘ekti xususida bozor qiymati yoki bozornikidan
farqlanuvchi qiymat qo‘yiladi.
Baholash ob‘ekti qiymati turlarining qo‘llanish sohasi va ularning farqlanuvchi xususiyatlari
baholash standartlari bilan belgilanadi.
Baholash ob‘ektini baholash pul shaklida amalga oshiriladi.
7-modda.
Baholash ob‟ektining bozor qiymati
Baholash ob‘ektining bozor qiymati deganda eng ehtimol tutilgan narxi tushunilib, unga ko‘ra
mazkur baholash ob‘ektining ochiq bozorda raqobat sharoitida, bitimning taraflari barcha zarur
axborotga ega bo‘lgan holda o‘z manfaatlarini yo‘lida oqilona va ixtiyoriy ravishda harakat qiladi,
bitim narxining baland-pastligida esa biron-bir favqulodda holatlar, shu jumladan taraflardan birining
ushbu bitimga qo‘shilish majburiyati aks etmaydi.
Agar biron-bir baholash ob‘ektining baholashda majburiy o‘tkazish talabi mavjud bo‘lgan
normativ hujjatda yoki baholash ob‘ektining baholash to‘g‘risidagi shartnomada (matnda bundan
buyon shartnoma deb yuritiladi) qiymatning aniq turi ko‘rsatilgan bo‘lmasa, mazkur ob‘ektning
bozor qiymati belgilanishi lozim. Mazkur qoida normativ hujjatda baholash ob‘ekti qiymatining
16
turini aniqlovchi, ushbu Qonunda yoki baholash standartlarida nazarda tutilmagan atamalarda
foydalanilgan taqdirda ham qo‘llanishi kerak.
8-modda.
Do'stlaringiz bilan baham: |