3. Pul oqimlari tahlilining to’g’ri va egri uslubi. Pul oqimlarini boshqarishning omilli tahlili. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish
Download 64.25 Kb.
|
3. Pul oqimlari tahlilining to’g’ri va egri uslubi. Pul oqimlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- PMm.f. = ΔKinv + Δ Mu + Δ Mq
- Pul oqimining to‘g‘ri usulda tahlili
- Pul oqimini egri usulda tahlili
- Kpm = PMk / PMch * 100%
- Rpm k = F / PMk * 100%
- Pul mablag‘lari bilan bog‘liq moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili
ChDPi.d. = - (Δ OTA + AA)Bunda: Δ OTA – oborotdan tashqari aktivlar o‘sishi. Investitsion faoliyatdan sof pul mablag‘lari harakati: “+” moddiy aktivlar va qimmatli qog‘ozlarni sotishdan pul mablag‘lari kirimi; “-” moddiy aktivlar va qimmatli qog‘ozlarni sotishdan pul mablag‘lari chiqimi. Moliyaviy faoliyatdan pul mablag‘lari sof harakati hisob-kitobi: PMm.f. = ΔKinv + Δ Mu + Δ MqBunda: Δ Kinv – investitsiyalangan xususiy kapitalning o‘sishi (sotib olingan aksiyalar va qo‘shilgan kapital summasiga farq etuvchi ustav kapitali); ΔMu – uzoq muddatli majburiyatlarning o‘sishi; ΔMq – qisqa muddatli kreditlar va qarzlar summasining o‘sishi. Moliyaviy faoliyatdan sof pul mablag‘lari harakati : “+” oddiy aksiyalarning emissiyasi; “-” qarzlarni qoplash va dividendlar to‘lovi Pul oqimining to‘g‘ri usulda tahlili
Pul oqimini egri usuldagi hisob-kitoblari natijalari quyidagi jadval ma’lumotlarida aks etgan. Pul oqimini egri usulda tahlili
Pul oqimining davr boshiga qoldig‘i 171.9 mln so‘mni tashkil etgan. Joriy davrda sof foyda 974.0 mln so‘mni, hisoblangan amortizatsiya (897 mln.so‘mni), asosiy vositalarni hisobdan chiqarishdan natija (0.0 mln so‘m), boshqa korxonalarda qatnashishdan daromadlar (0.0 mln so‘m), ishlab chiqarish zaxiralaridagi o‘zgarishlar (228 mln so‘m), tugallanmagan ishlab chiqarish hajmidagi o‘zgarishlar (0.0 mln so‘m), kelgusi davr xarajatlari o‘zgarishi (7 075 mln so‘m), tayyor mahsulot hajmidagi o‘zgarishlar (0.0 mln so‘m), debitorlik majburiyatlari o‘zgarishi (1 063 mln so‘m), kreditorlik majburiyatlari o‘zgarishi (1 077 mln so‘m), qisqa muddatli qo‘yilmalar o‘zgarishi (0.0 mln.so‘m), kelgusi davr daromadlari o‘zgarishi (0.0 mln so‘m), investitsion faoliyat kirimi (889.0 mln.so‘m), investitsion faoliyat chiqimi (2256.0 mln so‘mni), investitsion faoliyat bo‘yicha jami pul oqimi (1 367 mln so‘m), moliyaviy faoliyat kirimi (570.0 mln so‘m), moliyaviy faoliyat chiqimi (559.0 mln so‘m), sof pul oqimi (11.0 mln so‘m)ni tashkil qilgan. Pul mablag‘larining davr oxiriga qoldig‘i 468 mln so‘mga teng bo‘lgan. 4.Pul oqimlarini boshqarishning omilli tahlili. Pul oqimini omilli tahlilida koeffitsiyent usulidan foydalaniladi. Bu usul pul oqimini maqsadli boshqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan quyidagi ko‘rsatkichlar tizimini o‘rganishni talab etadi: sof pul oqimining etarliligi; sarflangan pul mablag‘larining rentabelligi; olingan pul mablag‘larining rentabelligi; o‘rtacha pul qoldig‘ining rentabelligi. Sof pul oqimining etarliligi koeffitsiyenti quyidagi formula asosida aniqlanadi. Kpm = PMk / PMch * 100%Bu yerda: PMk – pul mablag‘lari kirimi; PMch – pul mablag‘lari chiqimi. Sarflangan pul mablag‘larining rentabelligi koeffitsiyenti quyidagi formula asosida aniqlanadi: Rpmch = F / PMch * 100%Bu yerda: F – korxona faoliyatining moliyaviy natijasi; Olingan pul rentabelligi koeffitsiyenti quyidagi formula asosida aniqlanadi: Rpmk = F / PMk * 100%,Pul mablag‘lari o‘rtacha qoldig‘ining rentabelligi koeffitsiyenti quyidagi formula asosida aniqlanadi: Rpmq = F / PMq * 100%,Bu yerda: PMq – pul mablag‘larining o‘rtacha qoldig‘i. Pul oqimlarining yetarligi, rentabelligi ko‘rsatkichlari pul oqimining shakllanish qatorlari ya’ni operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat bo‘yicha ham alohida va butun xo‘jalik faoliyatidan pul oqimi bo‘yicha ham o‘rganiladi. Bu pul oqimining shakllanishi bo‘yicha har bitta qatorni omilli tahlil etish va boshqarishda ham muhim masala hisoblanadi. Pul oqimining moliyaviy koeffitsiyentlariga ta’sir etuvchi birliklar sifatida moliyaviy natijaviylikning o‘zgarishi, sof pul oqimining o‘zgarishlari, pul mablag‘lari kirimi va chiqimining o‘zgarishlari tarkiblanadi. Pul mablag‘lari bilan bog‘liq moliyaviy koeffitsiyentlar tahlili
Korxonada sof pul oqimining yetarliligi 2014-yilda 101.65 %ni, 2015-yilda 99.11 %ni, 2016-yilda 100.05 %ni tashkil qilgan. Sarflangan pul mablag‘larining rentabelligi mos ravishda 2015-yilda 27.39 %ni, 2016-yilda 21.67 %ni tashkil qilgan. Omilli tahlil etish metodikasini quyidagi jadvaldagi hisob-kitoblar asosida ko‘rib o‘tishimiz mumkin. Har bitta ta’sir omilining natijaviy ko‘rsatkichga ta’sirini baholashda zanjirli almashtirish usuli orqali hisob-kitob qilishimiz mumkin. Download 64.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling