3-Seminar mashg'uloti Lokomator harakatlar Reja


Natijada, hujayra va mushak o'rtasida berk sikl hosil bo'ladi


Download 29.76 Kb.
bet4/6
Sana24.12.2022
Hajmi29.76 Kb.
#1063292
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Seminar

Natijada, hujayra va mushak o'rtasida berk sikl hosil bo'ladi: MATning turli hosilalaridan harakatlantiruvchi asablar bo'ylab keladigan impulslar mushklarning qisqarishini chaqiradi, mushak retseptorlari jo'natadigan impulslar esa, harakatlarning har bir elementi va lahzasi to'g'risida MAT ga axborot beradi.
Aloqalarning siklik tizimi harakatlarning aniq boshqarilishini va ularni muvofiqlashtirishni ta'minlaydi. Harakat aktlarini amalga oshirish paytida skelet mushaklarining harakatlarini boshqarishda MATning turli bo'limlari ishtirok etsa ham, ularning o'zaro harakatlarini ta'minlashda va harakat reaksiyasining maqsadini qo'yishda, ayniqsa murakkab harakatlarni bajarishda yetakchi rol bosh miya katta yarim sharlarining po'stlog'iga mansub. Katta yarim sharlar po'stlog'ida
harakat va sezish sohalar yagona tizimni hosil qiladi, bunda har bir mushaklar guruhi ushbu sohalarning ma'lum bir uchastkasiga mos keladi.
Bosh miya po'stlog'ining harakat sohalari.
Ikkilamchi harakat sohasining katta qismi po'stloqning medial yuzasida joylashgan bo'lib, harakatlarni aniq bajarish imkonini beradi.
Erkin harakatlarni boshqarish sxematik shaklda quyidagicha ko'rinishi mumkin. Harakat amalining vazifalari va maqsadi tafakkur bilan shakllanadi, bu, odamning diqqatini va harakatlarini yo'naltirilganligini belgilaydi.
Tafakkur va hissiyotlar ushbu harakatlarni akkumulyatsiya qiladi va yo'naltiradi.
Oliy asab faoliyati mexanizmlari, harakatlarni turli darajalarda boshqarishning psixofiziologik mexanizmlarini o'zaro ta'sirini shakllantiradi. Turli asab hosilalari va THA ning o'zaro harakatlari va doimiy ravishda axborot almashishlari asosida harakatlar faolligining rivojlanishi va korreksiyasi ta'minlanadi.
Harakat reaksiyalarini amalga oshirilishida analizatorlar katta rol o'ynaydi. Harakat analizatori mushak qisqarishlarining dinamikasini va o'zaro aloqasini ta'minlaydi, harakatlar aktini fazoviy va vaqt birligida tashkil qilinishida ishtirok etadi. Muvozanat analizatorlari (vestibulyar analizator) gavdaning holati fazoda o'zgarganda harakat analizatori bilan o'zaro harakat qiladi. Ko'rish va eshitish analizatorlari atrof muhitdan axborotni faol qabul qilish orqali orientir olishda va harakat reaksiyalarini korreksiya qilishda ishtirok etadi.

Download 29.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling