3-Seminar mashg'uloti Lokomator harakatlar Reja


Harakatlarni (lokomotsiyalarni) markaziy boshqarish


Download 29.76 Kb.
bet6/6
Sana24.12.2022
Hajmi29.76 Kb.
#1063292
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3-Seminar

Harakatlarni (lokomotsiyalarni) markaziy boshqarish
Odam bajarishi mumkin bo'lgan harakatlar, amalda cheksiz turli-tumandir va ularning har biri motoneyronlarning o'ziga xos razryadlari majmualari bilan belgilanadi. Faqatgina juda sodda harakatlar (masalan, qo'l-oyoqning tortilishi yoki qashilash) izolyatsiyalangan orqa miya tomonidan amalga oshiriladi. Orqa miyaning oraliq neyronlari va motoneyronlar qobiliyatli bo'lgan xilma-xil harakat aktlarining barchasi reflektor reaksiyalarga bog'liq. Markaziy asab tizimi atrof muhit to'g'risidagi axborotni retseptorlardan oladi. Har bir retseptor ma'lum bir qo'zg'atuvchini qabul qiladi, ya'ni kimyoviy, elektromagnit (yorug'lik to'lqinlari), mexanik yoki harorat qo'zg'atuvchilarini.
Retseptor - qo'zg'atuvchilarning energiyasini elektromexanik potensialga aylantiradi. Qo'zg'atuvchi to'g'risidagi axborot sezuvchi (sensor) asablarda impulslar ko'rinishida kodlanadi. Ushbu axborot, asab tizimining sensor tarkibiy tuzilmalariga kelib tushadi va u yerda dekodlashtiriladi va tahlil qilinadi. Har bir retseptor, morfologik va fiziologik jihatdan qat'iy belgilangan modallikdagi qo'zg'atuvchini qabul qilish uchun moslashgan bo'ladi. Bular, adekvat qo'zg'atuvchilar bo'lib, retseptor ularni ancha yaxshi sezadi. Retseptorlarni umumiy qabul qilingan tasniflarining birini asosiga adekvat qo'zg'atuvchilarning modalligi qo'yilgan.
Ushbu belgisi bo'yicha, barcha retseptorlar beshta guruhga bo'linadi:
1) fitoretseptorlar;
2) mexanoretseptorlar;
3) termoretseptorlar;
4) xemoretseptorlar;
5) notsitseptiv retseptorlar.
Retseptorlar, ular qabul qiladigan qo'zg'atuvchilar qaerda joylashganligiga bog'liq ravishda ham bo'linadi. Bunday tasnifga binoan retseptorlar to'rt guruhga bo'linadi:
1) alohida qo'zg'atuvchilarga (ko'rish, eshitish, hid bilish) reaksiya qiluvchi distant eksterotseptorlar;
2) gavda yuzasidan qo'zg'alishlarni qabul qiluvchi kontakt eksterotseptorlar (tegish, bosish, harorat va ta'm bilish retseptorlari);
3) ichki a'zolardan keladigan qo'zg'atuvchilarni va qondagi kimyoviy moddalar miqdorini qabul qiluvchi interotseptorlar;
4) gavdaning fazodagi holati to'g'risida (bo'g'imlarning joylashishi, mushaklarning uzunligi to'g'risida) signal beruvchi propriotseptorlar.
Qo'zg'atuvchiga nisbatan har qanday retseptorning birlamchi reaksiyasi, qo'zg'atuvchi va retseptorning membranasi o'rtasidagi o'zaro ta'sir natijasida yuzaga keladigan retseptor potensialini generatsiya qilinishidan iborat (rasm 7). Adekvat qo'zg'atuvchining xarakteriga bog'liq ravishda, Na+ ni sezuvchi asab uchlariga tok kirishi bilan birga o'tadigan, membrananing ionli o'tkazuvchanligini ortishi sodir bo'ladi. Ushbu kiruvchi tok natijasida asab uchi depolyarizatsiyalanadi va retseptor potensial yuzaga keladi; ko'zning fotoretseptorlarida depolyarizatsiya o'rniga giperpolyarizatsiya boshlanadi.
Odam bosh miyasi katta yarim sharlarining po'stlog'i butun organizmning barcha harakat aktlarini boshqaradi. Odamning avtomatlashtirilgan harakatlari - yurish, yugurish va ko'pchilik mehnat harakatlari (jarayonlari, aktlari) hisoblanadi.
Download 29.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling