3-sho’ba ijtimoiy-gumanitar fanlar kichik maktab yoshida xotira xususiyatlari va uni rivojlantirish. Djalolova Mohinur fdu o’qituvchisi, Karimov Jaxongir fdu talabasi
Download 15.48 Kb.
|
Iqdidorli talaba maqola
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
3-SHO’BA IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR Kichik maktab yoshida xotira xususiyatlari va uni rivojlantirish. Djalolova Mohinur FDU o’qituvchisi , Karimov Jaxongir FDU talabasi Kichik yoshdagi o`quvchilarning xotirasi ularda tasavvur doirasining o`sishi, so`z zapaslari tushinchasining ortib borishi va umuman, aqliy qoblyatlarning o`sishi bilan yaqindan bog`liqdir. Ta`lim jarayoni dabilim asoslarini o’zlashtirib borish natijasida o’quvchida ixtiyoriy , ongli va mantiqiy esda qoldirish qobilyatini hasm o’sa boshlaydi. Shu bilan bir qatorda kichik yosgdagi o’quvchilarning xotira hajmi ham borgan sari kengayib boradi . Maktabda talimning dastlabki kunlaridan boshlaboq o’qituvchi o’quvchi oldiga muayyan talablar qo’yadi. Chunonchi darsda o’quvching so’zlariga yahshilab quloq solib , eshitib turish, ularni yaxshi tushinib bilib olish ,o’quvchi bergan savollarga to’g’ri va aniq javob qaytarish O’quvchilar oldiga qo’yiladigan bu singari talablar ularda muayyan maqsadga intilish , har bir narsani esda qoldirish qobilyatini o’stiradi . bu davrda o’quvchida ihtiyoriy esda qoldirish va esga tushirish anchagina o’sgan bolib , u o’z oldiga qo’yilgan aniq topshiriq va kerakli materialni o’rganib olishga zo’r berib harakat qiladigan boladi. Ihtiyoriy esda qoldirishning o’sishi ko’p jihatdanbola faoliyatini , ayniqsa uning o’qish ishlarini tartibga solishga bog’liqdir . bu yoshdagi bolalar dars materiallarini qay vaqtda va qanday tartibda o’qish kerakligini va o’z ishlarini tartibga solish yo’llarini hali o’zlaricha belgilab olmaydilar . shuningdek , uyiga berilgan dars materiallarindi to’g’ri takrorlash yo’llarini , esda olib qolish uchun yengillik beradigan usullarni va ulardan foydalanish yo’larini ham bilmaydilar .shuning uchun ular materialni yahshilab o’zlashtirib olmasdan , boshqasxini o’qiy veradilar . materialni boshidan oxirigacha yodlab olishga harakat qiladilar va natijada ularning tayorlagan darislari samarssiz bo`ladi. Bunday hollarga yo`l qo`ymaslik uchun kichik yoshdagi o`quvchilarning barcha aqliy mehnat faoliyatlarini muntazam ravishda tartibga solib boorish esda qoldirish prosesini to`g`ri yo`lga qoyish unga berilgan materiallarini to`g`ri takrorlash yo`larini, esda olib qolish uchun osonlik beradigan usullarni ko`rsatib borish lozim . Bular o`quvchilarning aqliy mehnat madanyatiga o`rgatish bilan birga o`z xotirasuni tartibga solishga va ixtiyoriy esda qoldirishni o`stirishga ham katta yordam beradi. Shundan keyin kichik yoshdagi o`quvchilar dars materiallarni yaxshi esda qoldirish zarur ligini anglasalar va uni esda qoldirish uchun zo`rberib harakat qilsalar ham o`z oldilariga hali aniq va aniq maqsad qo`ya olmaydilar. Chunki, ular o’qish uchun uyga berilgan material matnini boshidan oxirigacha so’zma-so’z yodlab olish yoki uning mazmunini esda saqlab qolish, o’z so’zi bilan qisqacha aytib berish kerak, kerak emasligini farq qila va tushuna olmaydilar. Kichik yoshdagi o’quvchilar esda qoldirishga xos bo’lgan xususiyatlardan yana biri shundan iboratki, garchi ular umuman o’z oldilariga ixtiyoriy esda qoldirish maqsadini qo’ya olsalar ham, lekin materialni qancha vaqtga esda qoldirish, yani uzoq muddatgami, qisqa muddatgami zarurligini hali o’zlari aniq belgilay olmaydilar. Shu sababli ular o’qib o’rganish lozim bo’lgan materialni o’qituvchini so’rash muddatiga mo’ljallab tayyorlab boradilaru, so’ralgandan keyin, ko’pincha ularni unutib yubotadilar. Bu soha psixologlarini tekshirishlari shuni isbotlaydiki, agar bolaga materialni qanday tartibda esda qoldirish va qancha vaqtgacha esda saqlash vazifasi aniq qilib qo’yilsa, uning materialni esda saqlabqolishi ham shunga muvofiq qisqa yoki uzoq muddatli bo’lmog’i mumkun. (1.56) Shuning uchun kichik yoshfdagi o’quvchilarga bir narsani takrorlash va puxta o’rganib olish vazifasi berilganda materialning xarakteriga qarab, zarur bo’lgan narsalarni, masalan, jadval, qoida, ta’rif kabi materiallarni mustahkam va doimo esda qoldirish zarurligini eslatib borish va vaqti - vaqti bilan bu materiallarni so’rab, aniqlab turish kerak. Bu birinchidan, bolaning kerakli materiallarni puxta va uzoq muddatgacha esda saqlab qolishiga imkon bersa, ikkinchidan, undagi uzoq muddatgacha esda saqlab qilish qobilyatlarini ham o’stiradi. Bolani aqliy mehnatni to’g’ri yo’lga qo’yishga o’rgatib borish, uning oldiga aniq vazifa qo’yib, muvaffaqiyatli esda qoldirish usullarini har doim o’rgatib turush bilan unda ixtiyoriy esda qoldirish qobiliyatini o’stiriladi. Bunda esda qolsirilishu lozim bo’lgan material hajmi ham etiborga olinishi kerak. Agar material katta hajmli bo’lsa bolalar uning hammasini biryo’la takrorlamasdan kombinatsion usul bilan, ya’ni avval materialni ayrim bo’laklarga, qism yoki mavzuchalarga ajratib chiqish va har qaysi qismini alohida- alohida o’qib takrorlab esda qoldirish va keyin ularni bir butun qilib o’zlashtirib olish, bir ikki yaxshi tushunib o’qib chiqib, o’z so’zi bilan gapirib berish singari muvaffaquyatli esda qoldirish usullaridan foydalinishga o’rgatish lozim. Ammo kichik maktab yoshidagi o’quvchilar hayotida dastlab ixtiyorsiz esda qoldirish hali-ham katta o’rinni egallaydi(2.183). Bola o’zi ko’rgan, o’zi eshitgan va umuman idrok qilgan ta’sirli narsa va hodisalarni, ko’nglidan kechirgan his-tuyg’ularini, ko’pincha beixtiyor esda olib qoladilar. Lekin ixtiyoriy esda qoldirish qobiliyatining takomillashib borishi bilan boladagi ixtiyorsiz esda qoldirish xususiyati ham anchagina o’zgaradi. Bu davrga kelib bola miyasidagi ma’noli bog’lanishlar, mantiqiy assotsiatsiyalar ancha takomillashadi. Bolalardagi xotira jarayoni, avvalo ularni tabiatini emotsionalligi bilan bog’liq bo’lsa, ikkinchidan, ulardagi aqliy faoliyat malakasining o’sib, mustahkamlanib borishi bilan ham bog’liq. Kichik yoshdagi o’quvchilarda o’qish faoliyati bilan bogliq bo’lgan malakalar takomillashib borgan sari ular miya po’stlog’idagi bog’lanishlar doirasi kengayib, shunga bog’liq holda ulardagi esda saqlab qolish jarayoni ham bir muncha o’zgarib, yangi sifatlar hosil qiladi. Ma’lumki, maktab davriga kelib bola faoliyatidagi motivlar ham anchagina o’zgaradi. Shu bilan bog’liq holda ular xotirasida bir qancha o’zgarishlar yuz beradi Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati G’oziev E.G’. “ Umumiy psixologiya” Toshkent, “Universitet”, 2010,56 G’oziev E.G’. Xotira psixologiyasi. –ToshDu , 1994. 183 b Nishonov T.Alimova Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi.- Toshkent, 2006. Download 15.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling