O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «ijtimoiy fanlar» kafedrasi
Download 436.62 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- «IJTIMOIY FANLAR » KAFEDRASI
- S.Tulyaganova. Dinshunoslik fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish. – T.: TMI., 2017. 40 bet.
- I. MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL QILISH
- Mustaqil ta’limning umumiy tavsifi
- Mustaqil ta’limning maqsadi
- Mustaqil ta’limning vazifalari
- I.1. Mustaqil ta’limni tashkil qilishning namunaviy va ishchi o‘quv rejalariga mosligi
- I bosqich
- I.4. Mustaqil ta’lim mavzularining muayyan bir mavzuning biror qismini yoritib berish va bilim olish uchun yo‘naltirilganligi
1
VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI «IJTIMOIY FANLAR » KAFEDRASI DINSHUNOSLIK FANIDAN MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH TOSHKENT – 2017
2
T.: TMI., 2017. 40 bet.
Inson bilim olish jarayonida asosiy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘z ustida mustaqil ta’lim jarayonidagina takomillashtirib boradi. Shu ma’noda talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish, dars mashg‘ulotlarida ma’lum bilimlar bilan qurollantirish, ularni ma’lum mavzular bo‘yicha mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim muassasalari professor- o‘qituvchilarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Ushbu uslubiy qo‘llanma «Dinshunoslik» fanidan saboq berayotgan kafedralarda mustaqil ta’limni tashkil etish va bajarishda professor-o‘qituvchilar hamda talabalarga mo‘ljallangan qo‘llanma sifatida tavsiya etiladi.
Tuzuvchi: katta o‘qituvchi S.Tulyaganova
Taqrizchilar: t.f.d., prof. N.Maxkamova
t.f.n., dots. Sh.Shayakubov O‘quv-uslubiy majmua 2017 «__» ____________da “Ijtimoiy fanlar” kafedrasining №_____- sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va O‘quv-uslubiy Kengashda ko‘rib chiqish uchun tavsiya qilingan.
O‘quv-uslubiy majmua 2017 «__» ____________da institut O‘quv-uslubiy Kengashining №_____- sonli yig‘ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya qilingan.
3
Axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga etkazish vaqt nuqtai nazaridan amalga oshirish mushkul vazifa hisoblanadi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi. Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘z ustida mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Talabaning mustaqil ishi – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir. O‘qishning boshlang‘ich bosqichlarida talabalar mustaqil ishini tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog‘liq. Ayniqsa, birinchi kurs talabalari ta’limning navbatdagi turi – oliy ta’limga ko‘nikishi qiyin kechadi. Chunki ular ta’lim olish jarayonida o‘z mustaqil faoliyatlarini to‘g‘ri tashkil eta olmaydilar. Ma’lumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni tahlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga solish, konspektlashtirish, o‘z fikrini aniq va yorqin ifodalash, o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash ular uchun katta muammo bo‘ladi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga ruhan tayyor bo‘lishmaydi. Shuning uchun har bir professor-o‘qituvchi dastlab talabada o‘z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‘otish, ularni sabr-toqat bilan, bosqichma-bosqich mustaqil bilim olishni to‘g‘ri tashkil qilishga o‘rgatib borishi lozim. Bu jarayon 4 dastlab dastur asosida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish jarayonida o‘qituvchi tomonidan adabiyotlar ustida ishlash jarayonidan boshlash maqsadga muvofiq deb o‘ylaymiz. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o‘zlashtiriladigan bilim va ko‘nikmalarning kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. Shunda mustaqil ta’limga ko‘nikma orttirgan talaba faqat o‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o‘zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o‘zi zarur deb hisoblagan qo‘shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o‘zlashtirishga o‘rganib boradi.
5
Mustaqil ta’limni amalga oshirish bugungi kun ta’lim jarayonining muhim bo‘g‘inlaridan biri sifatida amalda joriy etilgan bo‘lib, uni tashkil qilish jarayonlari va uslublari yildan-yilga takomillashtirib borilmoqda. Mustaqil ta’lim talabalarning qo‘shimcha bilim va ma’lumotlarga ega bo‘lishi, o‘z ustida ishlash malakasi va mas’uliyatining shakllantirilishi, mazkur jarayonda xosil qilingan turli malakalarning takomillashtirib borilishi asnosida talabalarning kelgusida etuk va malakali mutaxassislar bo‘lib etishishlari uchun asos bo‘lishi lozim bo‘lgan omillardan biri sifatida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Fanning muayyan qismlarini o‘rganish va o‘zlashtirishni talabalar tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilishi mustaqil ta’limning mazmunini tashkil qilar ekan, uning tashkil etilishi, aniq maqsad va vazifalarning qo‘yilishi hamda yo‘nalishlarning aniqlanishi bu jarayonni amalga oshirilishini osonlashtiradi. Ayni vaqtda talabalarning mustaqil ta’limni amalga oshirish jarayonida e’tibor berilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar, mavzularning asosiy xususiyatlari, ularning tadqiq qilinishi va o‘rganilish uslublari, mustaqil ishlarning tayyorlanish usullari va turlari, mavzularning mazmunidan kelib chiqqan holda mustaqil topshiriqlarni bajarish shakllarining xilma-xilligi talabalarning bu jarayonni to‘liq bajarish va maqsadga erishish imkoniyatlarini oshiradi. Mustaqil ta’limning umumiy tavsifi: Mustaqil ta’lim axborot va kommunikatsiya texnologiyalari asosida ta’lim oluvchilarning kasbiy mahoratini qo‘llab-quvvatlash, mustaqil ta’lim olish ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni uzatish vositalari, axborot ashyolari, o‘zaro aloqalar qaydnomalari, dasturiy va tashkiliy-metodik ta’minotlarning tizimli-tashkiliy majmuidir. Mustaqil ta’lim ochiqlikni ta’minlovchi quyidagi tamoyillar asosida shakllantiriladi:
doirasida bilimlarni oshirib borishning individual traektoriyasini tuzish erkinligi; - o‘qitish vaqti va sur’atlarining erkin tanlanishi; 6
- etakchi professor-o‘qituvchilar kasbiy salohiyatiga tayangan holda ta’lim olish sifatining ta’minlashi; - ta’lim oluvchilar uchun uzluksiz bilim olish imkoniyatini yaratish. Mustaqil ta’limning maqsadi: Taklif etilayotgan mustaqil ta’lim tizimining asosiy maqsadi – o‘qitish jarayonini individuallashtirish hamda differentsiyallashtirish tamoyillari asosida tashkil etilishini ta’minlash, oliy ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan etakchi professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatlariga tayangan holda, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim oluvchilar uchun uzluksiz bilim olishga imkoniyatni yaratish, ta’lim olishning turli shakllarini o‘zaro bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat. Mustaqil ta’lim oluvchilarning mustaqil ta’lim faoliyatida zamonaviy pedagogik texnologiya va ular asosida yaratilgan interfaol usullardan foydalanishi, mustaqil ta’limning barcha shakllarini yangi texnika va texnologiya yutuqlarini hisobga olgan xolda zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish va amalga oshirish, mustaqil ta’lim oluvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy qobiliyat hamda kasbiy mahoratlarini zamon talabi darajasida shakllantirish, mustakil ta’limning noan’anaviy o‘qish va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan uzviy hamda uzluksiz aloqasini yaratish, mustaqil ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish, ta’lim oluvchilarga mustaqil ta’lim jarayoniga nisbatan kasbiy, iqtisodiy, tafakkur etish, ma’naviy va boshqa qiziqishlarini uyg‘otish, mustaqil tarzda kerakli, ma’lumotlarni yig‘ish, muammoni aniqlash, echimlarini qidirish, olingan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tanqidiy tahlil etish va ularni yangi vazifalarni hal etishda qo‘llash, mustaqil ta’limda mustaqil ishlash bilan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, tashkiliy, psixologik-pedagogik, o‘quv- uslubiy, axborot, moddiy-texnik ta’minotni o‘z ichiga oluvchi mustaqil ish infrakturasini yaratish, mustakil ta’lim-natijalarini baholash tizimini yaratish, fan, texnika va texnologiya taraqqiyotining bugungi darajasi bilan professor- o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi sifatini ta’minlash jarayoni orasidagi nomuvofiqlikni tizimga keltirish, oliy pedagogik ta’lim muassasalarining elektron axborot-ta’lim muhiti va integrallashgan o‘quv-ilmiy resurslarining etarlicha 7 yaratilishini ta’minlash, ta’lim jarayonini axborotlashtirish borasida to‘plangan ilg‘or tajribalarning amaliyotga etarlicha joriy etilishini ta’minlash, zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida ta’lim oluvchilar mustaqil malaka oshirishini tashkil etish imkonini beruvchi elektron o‘quv-metodik majmualarning etarlicha yaratilishini ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etish, amalga oshirish va nazorat qilish bo‘yicha vaqt resursining cheklanganligini inobatga olgan holda ta’lim oluvchilar mustaqil bilim olishlarini tashkil etish, amalga oshirish va nazorat qilishga oid o‘quv-metodik adabiyotlar, tavsiyalar, ishlanmalar, yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalarning etarli emasligi va talab darajasida ishlanmaganligini yoritishdan iboratdir 1 .
-bilimlarni mustaqil tarzda puxta o‘zlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lish; -kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usul va vositalarini aniqlash; -axborot manbalaridan samarali foydalanish; -elektron darslik ma’lumotlar bankini yaratish; -berilgan topshiriqning muhim echimini belgilash; -ma’lumotlar bazasini tahlil etish; -ish natijalari xulosasini tayyorlash va qayta ishlash; -topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashish; -ishlab chiqilgan echim, loyixani asoslash va mutaxassislar ishtirokida himoya qilish;
-pedagogik texnologiyalarni nazariy va amaliy egallash hamda sharoitlarini aniqlash; -ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar hamkorligidagi faoliyatning aniqligi va oshkoraligidir. Mustaqil ta’limni amalga oshirilishi jarayonida quyidagilarga alohida ahamiyat berish zarur bo‘ladi: 1. Mustaqil ta’limni tashkil qilish namunaviy va ishchi o‘quv rejalariga mos ravishda amalga oshirilishi;
1
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o‘quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish konsepsiyasi / Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2013-yil 2-avgustdagi 278-sonli buyrug‘iga 1-ilova. 8 2. Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirish kafedra yig‘ilishida muhokama qilinib, ma’qullanganligi; 3. Mustaqil ta’limni tashkil qilish va mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzular fan dasturi va ishchi dasturda belgilangan tartibda ishlab chiqilib, tasdiqlanganligi; 4. Mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzular muayyan bir mavzuning biror qismini yoritib bergan holda umumiy tasavvur hosil qilish va ayni vaqtda bilim olish uchun yo‘naltirilganligi; 5. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda mavzular yuzasidan adabiyotlar (manbalar) ro‘yxatining oldindan talabalarga taqdim qilinishi; 6. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda aniq maqsadning belgilanganligi va rahbar (o‘qituvchi) tomonidan aniq topshiriqning qo‘yilishi. 7. Mustaqil ta’limni tashkil qilish jarayonida mustaqil ta’lim mavzularini tayyorlash shakllarining avvaldan belgilab berilishi ((reja (oddiy yoki murakkab) asosidagi konspekt, tezislar, xronologiya, jadvallar va boshqa shakllarda yozma, og‘zaki yoki ijodiy ish (referat) tarzida)); 8. Mustaqil ta’lim natijalarining rahbar (o‘qituvchi) tomonidan tekshirish jarayoni (shakllari) va uning baholanish tartiblari va ballar miqdorlarining talabalarga avvaldan taqdim qilinishi. Quyida sanab o‘tilgan shartlarning har birining alohida xususiyatlari haqida so‘z yuritamiz.
Mustaqil ta’limni tashkil qilish namunaviy va ishchi o‘quv rejalariga mos ravishda amalga oshirilishi quyidagi talablarga mos kelishi ko‘zda tutiladi: Mustaqil ta’limni tashkil etilishi eng avvalo barcha ta’lim yo‘nalishlarining namunaviy va ishchi o‘quv rejalariga asoslangan holda belgilangan bo‘lishi shart. 9 “Dinshunoslik” fani barcha ta’lim yo‘nalishi namunaviy va ishchi o‘quv rejasi bo‘yicha nomutaxassis yunalishidagi fakultetlarning I bosqich talabalariga o‘tilishi belgilab qo‘yilgan. I.2. Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirishning kafedra yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi
Mustaqil ta’limni tashkil qilish va uni amalga oshirish kafedra yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, ma’qullanishi uchun quyidagilar bajarilishi zarurdir: – Mustaqil ta’lim uchun fan dasturida tavsiya qilingan mavzular aniqlanishi (bankining yaratilishi); – Mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzularning ishchi o‘quv dasturida soatlar bilan ta’minlanishi (ishchi o‘quv rejaga asoslangan holda); – Kafedra uslubiy yig‘ilishigacha kamida ikkita professor-o‘qituvchi tomonidan tahlil qilinishi (mavzularning fan (kurs) mavzulari doirasiga tegishliligi, soatlar miqdorining mos kelishi, mavzularning qo‘yilishi va talabalar bilimini boyitishi uchun ahamiyatliligi va boshqalar) va yig‘ilish muhokamasi jarayonida tegishli xulosalar berilishi; – Kafedra yig‘ilishida ma’qullangandan so‘nggina ishchi dasturga kiritilishi va belgilangan tartibda tasdiqlangandan so‘ng talabalarga taqdim qilinishi mumkin. I.3. Mustaqil ta’limni tashkil qilishning fan dasturi va ishchi dasturga mosligi Mustaqil ta’limni tashkil qilish va mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzular fan dasturi va ishchi dasturda belgilangan tartibda ishlab chiqilishi zaruriy holat bo‘lib, bunda mustaqil ta’limni amalga oshirish va uning bajarilishi uchun belgilangan holatlar hamda tavsiyalar namunaviy dasturda umumiy holda, ishchi dasturda esa batafsil holda ko‘rsatib berilishi, ishchi dasturda mustaqil ta’lim uchun belgilangan mavzularning umumiy ro‘yxati hamda adabiyotlar (manbalar) ro‘yxati berilgan bo‘lishi lozim. 10
I.4. Mustaqil ta’lim mavzularining muayyan bir mavzuning biror qismini yoritib berish va bilim olish uchun yo‘naltirilganligi Mustaqil ta’lim uchun ajratilgan mavzular muayyan bir mavzuning biror qismini yoritib bergan holda umumiy tasavvur hosil qilish va ayni vaqtda bilim olish uchun yo‘naltirilganligi katta ahamiyatga ega holatdir. Birinchi bosqich talabalariga o‘qitiladigan «Dinshunoslik» fani eng qadimgi davrlardan hozirgi kunlargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan bo‘lib, kurslar uchun belgilangan ma’ruza soatlarida tarixiy jarayonlarni to‘liq va batafsil ochib berish imkoniyati cheklangan. Garchi har bir mavzu yuzasidan ma’lum miqdorda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari uchun soatlar ajratilgan bo‘lsada, talabalarning mazkur mavzular yuzasidan to‘liq va chuqur bilim olishlari uchun to‘g‘ri tashkil qilingan mustaqil ta’lim juda katta samara beradi. Bunda o‘tilayotgan har bir mavzuning aynan qaysi qismini mustaqil ta’lim uchun ajratish va uni qay tariqa tashkil qilish muayyan bir mavzuning talabalar tomonidan har tomonlama va batafsil holda o‘rganish, xulosalar chiqarish, tasavvurga va bilimga ega bo‘lishi uchun zamin bo‘ladi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, ayrim iqtidorli va ilmiy tadqiqotlar qilish malakasini ma’lum darajada shakllantirgan talabalarga aniq bir muammoga yo‘naltirilgan mavzularni mustaqil ish (yoki ilmiy tadqiqot ishi) sifatida berish malakali mutaxassislarni tayyorlashda beqiyos ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin va eng ahamiyatli tomoni, bunday ishlar mustaqil ta’lim tarzida, rahbar (o‘qituvchi) tomonidan ko‘rsatilgan tavsiyalar yordamida amalga oshiriladi, ayni vaqtda talabada tadqiqot malakasini shakllantirishga yordam beradi.
Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda quyidagi jihatlarga alohida e’tibor berish talab etiladi: -tizimli yondashish; -barcha bosqichlarni muvofiqlashtirish va uzviylashtirish;
11
-bajarilishi ustida qat’iy nazorat o‘rnatish; -tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashtirib borish zarur. Mustaqil ish topshiriqlarini muvaffaqiyatli yakunlash uchun quyidagi talablar bajarilishi lozim: -maqsad, bilimni mustahkamlash, yangi bilimlar o‘zlashtirish, faollikni oshirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish aniq asoslanishi; -vazifa va topshiriqlarning aniq va ravshan belgilanishi; -topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning etarli darajada xabardor bo‘lishi; -maslaxat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi (yo‘llanma va ko‘rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli topshiriqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha berish, ayrim muammoli holatlarni birgalikda hal qilish); -hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash; -nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, maslahat uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt, ma’ruza yoki referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola, ko‘rgazmali jihozlar va ijodiy ishlar, savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish). I.6. Mustaqil ta’limni tashkil qilishda adabiyotlar ro‘yxatining taqdim qilinishi «Dinshunoslik» fanining ishchi o‘quv dasturida har ma’ruza va seminar darslari uchun hamda fan uchun umumiy, asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar, manbalar ro‘yxati beriladi. Mustaqil ta’limni tashkil kilish jarayonida shuni inobatga olish zarurki, talaba ma’ruza uchun belgilangan asosiy adabiyotlardan mustaqil ta’lim mavzusi uchun etarli ma’lumot ololmasligi mumkin. Chunki, mustaqil ta’lim mavzusi aynan bir muammoviy mavzuga yoki aniq bir masalaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bu esa aynan shu masala uchun tegishli bo‘lgan adabiyotlar va manbalar ro‘yxatini qo‘shimcha tarzda talabalarga etkazib berish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
12
Adabiyotlar va manbalar ro‘yxatiga ega bo‘lgan holda aniq bir mavzu yuzasidan ma’lumotlar yig‘ish va uni tahlil qilish talabaga osonlik tug‘diradi, uning vaqt taqsimotini to‘g‘ri tashkil qilishga yordam beradi, bu esa o‘z navbatida mustaqil ta’lim jarayonida olingan natijaning samarali bo‘lishiga zamin yaratadi. Download 436.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling