3. Shtangali chuqurlik nasoslarini ishlatishda uchraydigan asoratlar. Tayanch iboralari: Adabiyotlar: Neft quduqlarni shtangali chuqurlik nasoslari yordamida ishlatish
Download 100.5 Kb.
|
jhgfds
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Shtangali chuqurlik nasoslarini ishlatishda uchraydigan asoratlar. Tayanch iboralari: Adabiyotlar: 1.Neft quduqlarni shtangali chuqurlik nasoslari
- Shtangali nasos qudug‘ining tuzilmali qurilmasi
Mavzu№13 Neft quduqlarini shtangali chuqurlik nasoslar yordamida ishlatish Reja 1.Neft quduqlarni shtangali chuqurlik nasoslari yordamida ishlatish. 2. Neft quduqlarni shtangali chuqurlik nasoslarini ishlatishdagi asbob-uskunalar. 3. Shtangali chuqurlik nasoslarini ishlatishda uchraydigan asoratlar. Tayanch iboralari: Adabiyotlar: 1.Neft quduqlarni shtangali chuqurlik nasoslari yordamida ishlatish. Xozirgi davrda mavjud neft quduqlarining 80-% dan ortigi chuqurlik nasosi usulida ishlatiladi. Bu turdagi nasoslar chuqurligi 3000 m va undan chuqurrok bo’lgan quduqlardan bir necha kilogramdan yuzlab tonnagacha mahsulot olishni ta’minlaydi. Chuqurlik nasosi uskunalari quyidagi ko’rsatkichlariga qarab tasniflanadi. 1. Chuqurlik nasosini ishga tushirish uchun yuqoridan energiya berish usuliga qarab. 2. Chuqurlik nasosi va butun uskunaning ishlash prinsipi va konstruktiv xususiyatiga qarab. Amaliyetda quyidagi turdagi chuqurlik nasoslari uskunalari uchraydi: 1. Shtangali uskunalar. Bu uskunalarning balansirli va balansirsiz turlari mavjud. Balansirli uskunalar mexanik va gidravlik xarakatda bulishi mumkin. Bu uskunalarda odatdagi va k uvursimon shtangalar ishlatiladi. 2. Shtangasiz chuqurlik nasoslari uskunalari. a) Cho’ktirma markazdan qochma elektr nasoslar. b) Gidravlik va elektr yuritkichli cho’ktirma porshenli nasoslar. v) Maxsus vibratsion, yemembranali va eletromagnitli nasoslar. 3. Bir necha chuqurlik shtangali nasos uskunalarini ishga tushirish uchun bir dvigatelli gurxli yuritgichlar.
Shtangali chuqurlik nasosi uskunasining ishlash prinsipi
-rasmda kurstailgan bo‘lib, bu nasoslar tebratma dastgoxdagi yuritgichishi ta’sirida krivoship mexanizmining aylanma ilgarilanma xarakati natijasida balansir orqali shtangalar kolonnasi nasos plunjerini xarakatga keltiradi. Shtangali chuqurlik nasoslari Shtangali chuqurlik nasoslari (XGN) konstruksiyasiga muvofik tashki va sukma turlarga bo‘linadi. Plunjer (porshen) turiga kura nasoslar metalli va manjetli kurinishga ega. Sukma (NSV) yoki quvurli nasosoning silindri tuppadan-tugri nasos quvurlariga ulanib ular bilan birga quduqqa tushiriladi, uning plunjeri esa nasos shtangalari yordamida ko‘tariladi. Tashki (NSN) turdagi nasosda esa silindr xam, plunjer xam birga nasos shtangalari yordamida tushirilib, nasos oldindan tushirilgan maxsus kulfli tayanchga o’rnatiladi. U yoki bu turdagi nasoslar ularning texnikaviy ekspluatatsion ko’rsatkichlariga qarab, quduq xarakteristikasiga va chuqurligiga muvofik ishlatiladi. Sanoatda mavjud standart shtangali chuqurlik nasoslarining quyidagi turlarini misol keltirish mumkin: НСН - 1 - 28,32,43,55,68 НСН - 2 - 28,32,38,43,55,68,82,93 НСВ - 1 - 28,32,38,43,55,58. Bu yerda - nasos markasidan sung uning klapanlari soni (ya’ni 1-bo‘lsa bir dona suruvchi bir dona xaydovchi 2 - bo‘lsa 1 dona suruvchi va 2 dona xaydovchi klapan), keyingi rakamlar esa nasosning nominal diametrini (mm.da) ko’rsatadi. Nasoslarning yana bir turi НСН -2 -43 -4200 II - П - 120. Bu yerda 4200 - plunjerning xarakat uzunligi mm. II - tayyorlanish guruxi; П - plunjer turi; 120 - opressovka bosimi, at. Quvurli nasoslar unchalik chuqur bulmagan chuqurligi 1200 metrgacha) quduqlarda ishlatilib ularni ta’mirlashda yoki ayrim qismlarini almashtirishda ko‘tarib - tushirish operatsiyalariga ko’p vaqt sarflanmaydi. Ta’mir ishlarida nasos-kompressor quvurlarini va nasos shtangalari kolonnasini aloxida ko‘tarish va tushirish ularni ishlatishning iktisodiy tomoniga ta’sir etadi. Shuning uchun ko‘tarib tushirish operatsiyalari tezlanganligi sababli quvur va shtangalarning kertikli ulangan kislari tez yeyilib nasos kompressor quvuridan quduqqa suyuqlik oqib o‘tishiga sabab bo‘ladi. Tashki nasoslar chuqurligi 2500 metrgacha bo’lgan quduqlarda muvaffakiyatli kullanilishi mumkin. Boshqa turdagi nasosga nisbatan ularning afzalligi ishlash muddatining nisbatan uzokligida bo‘lib, ularda avariya sonlari va ko‘tarib tushirish operatsiyalari kamayadi. Quvurli nasoslar shuningdek neft bilan birga qum chiqadigan quduqlarda samaralirok ishlatildi, chunki sukma nasoslarda qum ta’sirida plunjer tiqilib kolsa uni ko‘tarish ancha kiyinrok kechadi. Nasos shtangalari. Nasos shtangalari tebratma dastgox balansirining boshchasidan aylanma - ilgarilanma xarakat ta’sirida nasosni ishga tushiruvchi asosiy zveno bo‘lib xizmat qiladi. Nasos shtangalari eng yuqori markali pulatdan (legirlangan nikel - molibdenli 20 Nm) kuyiladi. Sanoatda mavjud shtangalarning diametri 16,19,22 va 25 mm va uzunligi 1.0; 1.2; 1.5; 2; 3 va 8 metrli standart qiymatlarga ega. Xar bir tebranish siklida shtanga kolonnasiga tushadigan kuchlanish uzgaruvchan xarakterga ega ekanligini xisobga olib, bu kuchlanish statik sharoitdagi maksimal qiymati buyicha emas, balki keltirilgan qiymati xisoblanadi: пеп= bu yerda: пеп - siklning maksimal kuchlanishi kgs/mm2; - sikl kuchlanishi amplitudasi (siklning maksimal va minimal kuchlanishlari farqining yarmi) kgs/mm2. Xisoblangan keltirilgan kuchlanish qiymati berilgan pulat markasi uchun ruxsat berilgan kuchlanish qiymatiga teng bulishi kerak. [пеп] xisob [пеп] ruxsat berilgan Bu usulda shtanga kolonnasini xisoblash ancha murakkab jarayen bo’lganligi uchun, shtanga kolonnasi konstruksiyasini tanlashda Az- NIIDN-instituti tayyorlagan dajval yoki Y.A.Gruzinov nomogrammasidan foydalanish mumkin. Chuqurlik nasosi uskunasini ishlatish jarayenida quyidagi nosozliklar vujudga keladi: 1. Ko’p xollarda shtanga tana qismida sinadi. 2. Shtanga muftali va kertikli ulanish xollarida shtanga uzilishi yoki aylanib yechilishi xollari uchraydi. 3. Juda kam xollarda shtanga boshchasining kvadratida uzilish xollari uchraydi. Shtangalar uzilishining oldini olish maqsadida uning konstruksiyasini tugri tanlash va zarur xollarda yuqori chastotali tok bilan ishlov berilgan shtangalardan foydalanish kerak. Shtangalarning xizmat muddatini uzaytirish maqsadida quyidagilarni bajarish tavsiya etiladi. 1. Bir pogonali shtangalar kolonnasini yoki ko’p pogonali kolonnaning ayrim jismlarini xar xil ulchovli shtangalardan tuzish mumkin emas. 2. Quduqqa yangi shtanga kolonnasi tushirilishida albatta usha markali va diametrli 3-4 ta zaxira shtanga qoldirish kerak. 3. Kertik joylari ulanishdan avval obdon tozalanib, moylanib undan sung tegishliaylanish momenti ta’sirida kotiriladi. 4. Shtanga kolonnasini yechib ajratishda uni bolta yoki kalit bilan urish takiklanadi. Tebratma dastgoxlar Sanoatda balansirli va balansirsiz tebratma dastgoxlar ishlatiladi. Shtangali chuqurlik nasoslari uskunalarining asosiy yuritgichi sifatida tebratma dastgoxning individual balansirli yuritgichi xizmat qiladi. Balansirning pastga va yuqoriga xarakatida elektr yuritgichga tugri keladigan kuchlanishni teng taksimlash uchun tebratma dastgoxlarda muvozanatlashtirish tizimi muljallangan. Muvozanatlashtirish yuritgich va dastgoxning ishlash muddatini uzaytiradi. Balansir boshchasiga bir ikkilamchi xarakat ta’sirida tushadigan kuchlanish suyuqlikdagi shtangalar og‘irligidan (Rsht - pastga xarakatda) suyuqlik va shtanga ogirliklarigacha (Rsht + Rsuyuq - yuqoriga xarakatda) uzgaradi. Bu kuchlanishlarni muvozanatlashtirish uchun balansir va krivoshipga maxsus porsangi urantiladi. Yuritgichga bir meyerida kuchlanish tushishini ta’minlash uchun balansir boshchasiga doimiy ta’sir etuvchi shtangalar og‘irligi va suyuqlik og‘irligining yarmiga teng miqdorda posangi kuyiladi. Posangi yuki quyidagicha xisoblanadi: Q = a/в (Pшт+Pсуюқ /2) bu yerda: a va в balansirning oldi va orka yelkasi. Tezlanish ta’siridagi kushimcha inersion kuchlarni muvozanatlashtirish uchun urivoshipga yuk o’rnatiladi. Sanoatda mavjud tebratma dastgoxlar xar xil konstruksiyali bo‘lib, ulardan namuna sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: СКН 10 - 4512; СКН 15-6010(bularning yuk ko‘tarish qobiliyati 10,15 tonna plunjerning xarakat uzunligi 4.5-6 metr va balansirning bir minutda tebranish soni 12,10 tagacha yetadi). SK 3-1.2 - 630 markali tebratma dastgoxda esa yuk ko‘tarish qobiliyati 3 II; maksimal xarakat uzunligi 1,2 metr, reduktor valida maksimal aylantiruvchi moment 630 kg sm. Mexanik xarakatdagi balansirli dastgoxlarning xususiyati shundaki, ularda tebranuvchi balansir yuk. Shtanga kolonnasi arkon orqali krivoshin reduktori va shatun yordamida ishga tushiriladi. Dastgoxdagi krivoshin V- formaga eag bo‘lib, tugri muvozanatlashtirish imkonini beradi. Balansirsiz dastgoxlarning xam asosiy parametrlari shtangalar ulangan nuktadagi maksimal kuchlanish eng katta xarakat uzunligi va reduktorning maksimal aylanish momentlaridan iborat. Tebratma dastgox turi va suyuqlik olish rejimi A.A.Adonin diagrammasidan tanlanadi. Shtangali chuqurlik nasoslarini ishlatishda quyidagi asoratlar uchraydi. 1. Neft bilan birga yuqori darajada yuldosh gaz oqib kelishi. Yuldosh gaz nasos silindrining bir kisimini eagllash natijasida nasosning tuldirim koeffitsiyenti pasayadi. 2. Qatlamdan neft bilan birga qum chikishi. Bu qum ta’sirida nasos tez tiqilib qoladi. Ba’zan qum quduq tubida yig’ilib qum tiqini xosil qiladi. Ayrim xollarda esa qum tiqini nasos kompressor quvurlarini siqib kuyishi xam mumkin. 3. Nasosda va nasos kompressor quvurlarida parafin va tuzlarning kotib kolishi natijasida quvurning diametri kichrayib, olinadigan mahsulot miqdori kamayadi. 4. Quduq devorining kiyaligi. Bunday quduqlarda nasos shtangasi xarakati natisjasida shtanga va nasos kompressor quvuri orasidagi ishqalanish ta’sirida turli asoratlar yuzaga keladi. Yuqorida ko’rsatilgan asoratlar bilan kurashish maqsadida quyidagi tadbirlar bajariladi: 1. Yuldosh gaz va qumning ta’siridan muxofaza etish maqsadida maxsus gaz yoki gaz - qum yakorlaridan foydalaniladi. Bu yakorlar nasosning pastida ulanib, suyuqlik tarkibidagi qum ularda chukib qoladi, yuldosh gaz esa maxalliy separatsiya ta’sirida quvur ortki qismiga yunaltiriladi. 2. Maxsus qumni kiradigan plunjerlardan foydalanish. 3. Quvursimon (yani ichi bush) shtangalardan foydalanish. Bu shtangalar ishlatilganda nasos maxsuldorligi 1.3-1.6 maratagacha ortadi Download 100.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling