3 –sinf Ona tili fanidan nazorat ishlari namunalari 1- nazorat ishi. Diktant Kitob o`qish qoidasi


Download 207 Kb.
bet8/33
Sana08.01.2022
Hajmi207 Kb.
#252681
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
2 5269578367115461090

15-nazorat ishi. Diktant

Shifobaxsh danaklar

O`qituvchimiz shaftoli danaklarini yig`ishimizni aytdilar. Bu yil shaftoli hosili mo`l bo`ldi. Har birimiz bir qopdan danak yig`dik.

Hammamiz yig`gan danak besh yuz kilodan oshdi. Biz ularni dorilar tayyorlaydigan markazga topshirdik. Shaftoli danagidan bosh miya faoliya-tini yaxshilaydigan dori tayyorlanar ekan.

O`qituvchimiz biz yig`gan danaklar ko`plab bemorlarni tuzatishga yordam beradi, dedilar. ( 51 ta so`z)

Topshiriq:Sonlarni belgilang.
16- nazorat ishi. Diktant

Ipak qurti

Ko`klamda ipak qurti boqish boshlanadi.Ipak qurti tut daraxtining bargi bilan boqiladi. Avval qurtlarga mayda qirqilgan barglar beriladi.

Qurtlar tez o`sib, po`stlariga sig`may qoladilar. Keyin eski po`stlarini tashlaydilar. Yangi po`stga o`raladilar. So`ng ular dastalarga pilla o`rashga kirishadilar. O`ralgan pillalar dastalardan terib olinadi.Ipaklardan qimmat-baho matolar to`qiladi. ( 48 ta so`z)

Topshiriq:Fe`llarni belgilang.




Download 207 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling