3-sinf ona tili “Unli va undosh tovushlar
Download 1.98 Mb.
|
1 2
Bog'liq3-sinf ona tili “Unli va undosh tovushlar-fayllar.org
DARSNING BLOK-SXEMASI
Darsning borishi: Tashkiliy qism. O'quvchilarning darsga tayyorgarligini kuzatish. 1. Diqqatni jamlash mashqini bajarish. Buning uchun o‘qituvchi 2 satrli she’r aytaman: Tinchlikni biz saqlaymiz, (1-qatori o'qituvchi aytadi) Bilim olishni xohlaymiz. (2-qatorni o’quvchilar aytadilar) O‘quvchilarga yaxshi kayfiyat tilash va darsning “Do’stona kelishuv” qoidalarini eslatib o‘tish. Dars davomida har bir to‘g‘ri javob uchun o‘quvchilar ishtirokiga qarab baholanishi va dars so‘ngida “Bugungi darsning eng faol o‘quvchisi”, “Bugungi darsning eng tirishqoq o’quvchisi”, “Bugungi darsning eng intiluvchan o‘quvchisi” nominatsiyalari bilan dars yakunida taqdirlanishi aytib o‘tiladi. II. Uy vazifalarini tekshirish va o‘tilgan mavzularni mustahkamlash 1) O‘tilganlarni mustahkamlash maqsadida «To‘g’ri-noto'g’ri» metodidan foydalaniladi. O’quvchilarga quyidagi jadval tarqatiladi, ular tushunchalarni to'g’ri yoki noto‘g‘riligini belgilaydilar. Topshiriq bajarilgach, tekshiriladi va rag’batlantiriladi.
2) Husnixat daqiqasi: yo’l, yuk, yur, Yorqin, Yormat, Yo’lchi, yoz, , soy, yetti 3) Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarni ko‘chiring. Shu so‘zlardagi tovushlarni chizmada ko‘rsating.
N a m u n a: quvnoq — III. Yangi mavzu bayoni. Unli tovushlarni talaffuz qilganimizda havo og‘izdan erkin o‘tadi: [a], [e], [i], [o], [u], [o‘]. Unli tovushlar ovozdan tashkil topadi. Unli tovush bo‘g‘in hosil qiladi. 23- mashq. So‘zlarni o‘qing. Unli va undosh bilan boshlanuvchi so‘zlarni aniqlang. Ularni ikki ustunga ajratib yozing. O smon, baxt, vergul, anor, o‘rmon, qishloq, cho‘yan, oltin, shabada, ulug‘, e’lon, fabrika. Daftarga yozdiraman. Undosh tovushlarni talaffuz qilganimizda havo to‘siqqa uchraydi: [b], [m], [l]. IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 24- mashq,, Topishmoqni o‘qing, javobini ayting Marjon-marjon yumaloq, Yaproqlari shapaloq. Qora, qizil, sariq, oq, Yeb ko‘rmasdan o‘ylab boq. Ko‘chiring. Har bir so‘zda nechta bo‘g‘in borligini sanab ko‘ring. So‘zda nechta bo‘g‘in borligini qanday bilish mumkin? O’quvchi javobi: So’zda nechta unli bo’lsa shuncha bo’g’in bo’ladi. Dam olish daqiqasi Yozib charchar qo ‘limiz, O ‘qib tolar ko ‘zimiz. Boshimiz qo ‘yib asta, Dam olamiz ohista. «Baliq skeleti» metodi. Bu metod orqali o‘quvchilarning unli va undosh tovushlarni qanday o‘zlashtirganliklari, undosh va unli harflarni farqlashlari mustahkamlanadi. Har bir o‘quvchiga baliq skeleti chizilgan A4 qog‘ozi tarqatiladi. 0‘qituvchi baliqning pastki qismiga o‘zbek alifbosidagi barcha harflarni beshtadan yozishlari, yuqori qismiga harflar ichidan faqat unli harflarni topib yozish topshirig’i beriladi. Baliqning dumiga esa xulosa, ya’ni nechta unli tovush-harf borligi yoziladi. O’quvchilar javobi tekshirilib, umumlashtiriladi. “Harflarni o’zgartirib, so’z tuzing!” o’yini. Bunda xattaxtaga so’zlar qator qilib yozib qo’yildi. O’quvchilar 2 guruhga bo’linadilar. Undosh harflarni o’zgartirib, yangi so’zlar tuzishlari kerak bo’ladi. Masalan:
Tuzgan so’zlar daftarga ko’chiriladi. V. Uyga vazifa: 25- mashq Berilgan harflardan so‘zlar hosil qiling va yozing Har bir so‘zdagi unli va undosh tovushlarni aniqlang. D, I, B, M, O, L, N Masalan: limon, olma, don, in, nom… VI. Dars yakuni. Musobaqa g’olib bo’lgan guruh rag’batlantiriladi. “Bugungi darsning eng faol o‘quvchisi”, “Bugungi darsning eng tirishqoq o’quvchisi”, “Bugungi darsning eng intiluvchan o‘quvchisi” nominatsiyalari g’olibi aniqlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. S.Fuzailov, M.Xudoyberganova, Sh. Yo’ldosheva Ona tili umumiy o’rta ta’lim maktablarining 3-sinfi uchun darslik. “O’qituvchi” nashriyot –matbaa ijodiy uyi Toshkent-2016. 2. Ona tili. 3-sinf o’qituvchilari uchun ilg’or pedagogik va axborot –kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotga joriy etish bo’yicha metodik qo’llanma. “Sharq” nashriyot –matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahriryati. Toshkent -2016 U.Masharipova, M.Umarova, D.Baynazarova, M.Nabiyeva 3. nsportal.ru saytidan rasmlar olindi Ilovalar “Balqi skeleti” (har bir bola uchun) R ag’bat kartochkalari «To‘g’ri-noto'g’ri» metodi
“Harflarni o’zgartirib, so’z tuzing!” o’yini.
http://fayllar.org Download 1.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling