3-sinf ona tili “Unli va undosh tovushlar
T oshkent viloyati Chirchiq Davlat
pedagogika instituti
Maxsus sirtqi bo’lim
Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi
3-SINF
ONA TILI
“Unli va undosh tovushlar.
23-25-mashqlar” mavzusida
dars ishlanma
Xidirova Feruza Nabiyevna
3-sinf
Ona tili
Mavzu: Unli va undosh tovushlar. 23-25-mashqlar.
Darsning maqsadi: A) ta’limiy: o'quvchilarni unli va undosh tovushlarni to'g'ri aytishga o'rgatish, undosh tovushlar va undosh harflar haqidagi bilimlarini aniqlash, undosh tovushlarni hosil bo`lishi, ularni so`z tarkibida aniqlay olishini mustahkamlash unli va undosh tovushlarning farqlashga o’rgatish, unli tovushlar bo’g’in hosil qilishini o’rgatish.
B) tarbiyaviy: topqirlikka, ziyrak, hushyor, chaqqon harakat qilishga o'rgatish
D) rivojlantiruvchi: husnixat ko'nikmalarini takomillashtirish, lug'at boyliklarini oshirish, hamkorlikda ishlashga o’rgatish.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:
2. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
manbalardan ma’lumotlarni izlab topa olish;
4. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash;
O‘quvchilarda shakllanadigan fanga oid kompetensiya elementlari:
FK1 Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
o‘qituvchi nutqini, video va audio (multimedia ilovalari) matnlarni topshiriqlarini tinglab tushuna oladi;
rasmlar asosida va o‘qib eshittirilgan matn yuzasidan suhbatga kirisha oladi;
FK2 Lingvistik kompetensiya:
o‘zbek tilidagi nutq tovushlarini to‘g‘ri talaffuz qila oladi; unli va undosh tovushlarni ajrata bilish
mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.
Darsning metodi: tushuntirish, musobaqa, mustaqil ishlash, savol-javob, suhbat, ta’limiy o’yinlar.
Darsning tipi: aralash.
Darsning ko‘rgazmasi: unli, undosh harflar yozilgan plakat, darslik, ko’rgazmali rasmlar, tarqatmalar.
Darsning shiori: “Puxta bilim va a’lo natija!”
Do'stlaringiz bilan baham: |