3-sinf uchun matematika fanidan bir soatlik dars ishlanma


Download 430.86 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi430.86 Kb.
#1588014
Bog'liq
3-sinf uchun matematika fanidan bir soatlik dars ishlanma



3-sinf uchun matematika fanidan bir soatlik dars ishlanma
 
320+250 ko’rinishidagi ifodalar mavzusi bo’yicha kengaytirilgan bir soatlik ochiq dars ishlanma. 
Fan: Matematika
Mavzu: 320+250 ko’rinishidagi ifodalar
Darsning maqsadi:
1. Ta’limiy maqsad: Oquvchilarga 320+250 ko’rinishidagi ifodalarning 
yechishni sodda usulini o’rgatish. Amallar tartibiga ko’ra misollar yechish 
malakasini takomillashtirish.
2. Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarda muomala madaniyatini shakllantirish.
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarda mustaqil fikrlash va hozirjavoblik 
hislatlarini tarkib toptirish.
Darsning metodi: Muammoli, amaliy mashq, savol-javob, ko’rsatmalilik, o’yin.
Darsning jihozi: Darslik, misol va masalalar yechishga oid rasmlar, sonlar 
ko’rgazmasi, multimediya texnika vositasi.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism
a) salomlashish; b) navbatchi axboroti; c) o’quvchilar nazorati.
O’quvchi: Hozir darsimiz matematika fani
Bizning shior:
Matematika fanlar ichida shoh,
Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh.
II. Asosiy qism.
1.O’tilgan mavzuni so’rash.
O’qituvchi:Biz o’tgan darsda qaysi mavzu bilan tanishgan edik.
O’quvchi: Biz o’tgan darsda matematika fanidan “240+80, 240-80 korinishdagi 
ifodalar” mavzusini o’tganmiz. 


Uyga vazifa 463-464 –misol va masala berilgan.
Daftarlar almashtiriladi, uyga berilgan vazifa tekshiriladi. 
O’qituvchi:O’quvchilar dekabr oyi qaysi fan oyligi? 
O’quvchi: Boshlang’ich sinflar oyligi.
O’qituvchi:Bu yil fan oyligiga qanday sitata tanlandi.
O’quvchi: Asalari tolmaydi,
Charchash nima bilmaydi. 
O’qituvchi: 
1.Bog’da bordir 10 tup gul 
Har tupida 7 gul.
Har gulda bor bolari
Toping qanchadir bari?
O’quvchi: Javob: 1. 10*7=70*1=70 
Sonlar ko’rgazmasi asosida savol- javob olib boriladi.
Berilgan sonlarni xona birliklarida ayting.
567, 787, 897, 605, 706, 320.
Ifodani o’g’zaki toping.
150+80 570+40 360+70 660-70 240-60 790+30 430-50 820-40
2. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
O’tilgan mavzular yuzasidan savollar berilib, o’quvchilar bilimlari tekshiriladi.
1) Berilgan sondan 10 marta katta son qanday hosil qilinadi?
2) Berilgan sondan 100marta katta son qanday hosil qilinadi?
3) Agar kamayuvchidan ayirma ayrilsa, nima hosil bo’ladi?
4) Agar ayriluvchiga ayirma qo’shilsa-chi?


5) Agar Bo’linuvchi bo’linmaga bo’linsa, nima hosil bo’ladi?
6) Ko’paytuvchilardan biri 0ga teng bo’lsa, ko’paytma nimaga teng bo’ladi?
7) Ko’paytmani qo’shishdan foydalanib qanday hisoblash mumkin?
Qo’shish va ayirishda nollar bilan tugaydigan yuzliklar va o’nliklarni nima 
qilish mukin?
J: O’nliklar va birliklar ustidagi amallar bilan almashtirish mumkin.
Qavsli ifodalarda amallar tartibi qanday bajariladi?
3. Yangi mavzu bayoni.
Yangi mavzuni 465-misol orqali doskada yozib , atroflicha tushuntiraman.
So’ng 466-masala bajariladi.
Yechish: 320+270=(300+200)+(20+70)=500+90=590(km)
Javob: 590 km yo’l yurgan.
Jismoniy daqiqa o’tkaziladi.
One, one, one, little dogs run
Two, two, two, cats see you, 
Three, three, three, squirrel’s on the tree, 
Four, four, four, toy’s on the flour, 
Five, five, five, plane’s in the sky, 
Six, six, six, two short sticks, 
Seven, seven, seven, here is a raven, 
Eight, eight, eight, an apple’s on the plate, 


Nine, nine, nine, the chicken is fine, 
Ten, ten, ten, catch me, if you can.
4. Mustahkamlash va umumlashtirish.
So’ng 467-misolni navbat bilan chiqib o’quvchilar doskada bajaradilar.
150+130=(100+100)+(50+30)=200+80=280
240+120=(200+100)+(40+20)=300+60=360
360+210=(300+200)+(60+10)=500+70=570
430+380=(400+300)+(30+80)=700+110=(700+100)+10=800+10=810
Yashiringan so’zni top.
 
O’quvchilar bu o’yin orqali yashringan “She’r” so’zini topadilar. So’ngra har bir 
qatordan bittadan vakil chiqib she’riy masala aytadi. Boshqa qatordagilar javobini 
aytadilar.
Misol bajarilgandan keyin 468-masala og’zaki bajariladi.
 
4. O’quvchilarni baholash.
5. Uyga vazifa: 469-470-misol va masala. 

Download 430.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling