3-sinfda massa o’lchovlarini o’rgatish metodikasi


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/30
Sana05.01.2022
Hajmi1.68 Mb.
#212338
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30
Bog'liq
3-sinfda massa olchovlarini orgatish metodikasi -1

II bob xulosasi 

Ikkinchi bobda  biz 3-sinfda  massa  o’lchovlarini o’rgatish  metodikasi,  ya’ni 

miqdorlarni  o’rganish  bo’yicha  darslarni  tashkil  etish  rejasi,  massani  o’lchashni 

o’rgatishda amaliy ishlar keltirilgan.  

Massa  tushunchasini  shakllantirishda  «barik»  xisga  (grekcha  «baros»  — 

og’irlik)  tayanilar  ekan.  Jism  massasi  qancha  katta  bo’lsa,  og’irlik  hissi  shuncha 

katta bo’ladi. O’quvchilar ko’pincha «massa» atamasi o’rniga «og’irlik» atamasini 

ishlatadilar. Bu fizikada ikkita turli tushunchalardir. 

Og’irlik  —  vektor  miqdor.  Og’irlik  —  bu  jism  tayanchga  bosadigan  yoki 

ilmoqni tortadigan kuchdir. Og’irlik tayanchning holatiga bog’liq.  

Massa  —  skalyar  miqdor.  Fizika  qonunlari  massani  energiyaning o’zgarish 

o’lchovi  sifatida  ochib  beradi.  Massa  richagli  tarozilarda  o’lchanadi.  Massaning 

o’lchov birligi kilogrammdir. 

Boshlang’ich  maktabda  faqat  jismning  massasi  o’rganiladi,  shu  sababli 

«og’irlik»,  og’irligini  «tortish»,  «og’irlik  toshlari»,  «og’irligini  tenglashtirish» 

so’zlarini  iloji  boricha  ishlatmay,  «massa»,  jismlarning  massasini  o’lchash», 

«massani  o’lchash  uchun  asbob»,  «massa  o’lchagich»  so’zlaridan  foydalanish 

kerak ekan.  

Narsalarni massasi bo’yicha farqlay olish qobiliyati, turli massali narsalarni 

«og’ir»,  «yengil»  so’zlari  bilan  belgilash  qobiliyati  bolalarda  amaliy  turmush 




 

41 


asosida bu vaqtga kelib paydo bo’lgar ekan. Bolalarni massa birliklari (kg, g, ts, t) 

bilan  tanishtirishdan  iborat  ekan.  «Kilogramm»      mavzusi        bo’yicha      dars   

ishlanmasini  keltirdik.    2.3-faslda  3-sinfda  massa  o’lchovlarini  o’rgatish  bo’yicha 

“48-dars.  Kilogramm.  Gramm”,  “49-dars.  Tonna.  Sentner”,  “50-dars.  Massa 

birliklari  orasidagi  munosabatlar.  Tenglamalar  yechish”  mavzularidagi  dars 

ishlanmalarini keltirdik. 

 

 

 



 


Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling