3-sinfda massa o’lchovlarini o’rgatish metodikasi


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/30
Sana05.01.2022
Hajmi1.68 Mb.
#212338
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Bog'liq
3-sinfda massa olchovlarini orgatish metodikasi -1

UMUMIY XULOSA 

Birinchi bobda boshlang’ich matematika kursida miqdоr tushunchasi va uni 

o‘lchash,  massa  tushunchasini  o’rganishni  bayon  etildi.  Boshlang’ich  matematika 

kursida  massa-asоsiy  fizik  kattaliklardan  biri  ekan.    Boshlang’ich  matematika 

kursida  massa  хоssalari  tarоzida  bir-birini  muvоzanatlоvchi  jismlarning  massasi 

bir хil, jismlar bir-birlari bilan birlashtirilsa, massalar qo‘shiladi: birgalikda оlingan 

bir nеchta jismning massasi ular massalarining yigindisiga tеng ekan.  Massaning 

asоsiy birligi-kilоgramm. Bu asоsiy birlikdan massaning bоshqa birliklari: gramm, 

tоnna va bоshqalar ekan.  

Ikkinchi  bobda  3-sinfda  massa  o’lchovlarini  o’rgatish  metodikasi,  ya’ni 

miqdorlarni  o’rganish  bo’yicha  darslarni  tashkil  etish  rejasi,  massani  o’lchashni 

o’rgatishda amaliy ishlar keltirildi. O’quvchilar ko’pincha «massa» atamasi o’rniga 

«og’irlik»  atamasini  ishlatadilar.  Og’irlik  —  vektor  miqdor  ekan.  Og’irlik  —  bu 

jism  tayanchga  bosadigan  yoki  ilmoqni  tortadigan  kuchdir.  Og’irlik  tayanchning 

holatiga  bog’liq.  Massa  —  skalyar  miqdor  ekan.  Fizika  qonunlari  massani 

energiyaning  o’zgarish  o’lchovi  sifatida  ochib  beradi.  Massa  richagli  tarozilarda 

o’lchanadi.  Massaning  o’lchov  birligi  kilogrammdir.  Narsalarni  massasi  bo’yicha 

farqlay  olish  qobiliyati,  turli  massali  narsalarni  «og’ir»,  «yengil»  so’zlari  bilan 

belgilash  qobiliyati  bolalarda  amaliy  turmush  asosida  bu  vaqtga  kelib  paydo 

bo’lgar  ekan.  Bolalarni  massa  birliklari  (kg,  g,  ts,  t)  bilan  tanishtirishdan  iborat 




 

42 


ekan. 2.2.-faslda «Kilogramm»   mavzusi    bo’yicha   dars   ishlanmasini tashkil 

etish  metodikasi  keltirildi.  2.3-faslda  pedagogik  amaliyot  davrida  o’tkazilgan  3-

sinfda massa o’lchovlarini o’rgatish bo’yicha 3 ta dars ishlanmalarini keltirilgan. 

Xulosa  qilib  aytganda,  boshlang’ich  maktabda  massa  o’lchovlarini  puxta 

o’rgatish yuqori sinfda fizika fanini o’rganish uchun tayanch bilim bo’ladi. 

 

 



 

 

 




Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling