3-sinfda sinfda geometrik material r е j a


Download 0.61 Mb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1065049
1   2   3
Bog'liq
3-sinfda sinfda geometrik material

2- va 3-sinflarda geometrik figuralari haqida tasavvur kengayadi va chuqurlashadi. Bunday tasavvurlarni shakllantirishda quyidagi topshiriqlardan foydalanish mumkin:

a) Geometrik figuralar va ularning elementlari chiziladi. (Bu holatda zaruriy

atamalar o‘rganiladi, geometrik figuralarni tanib olish va o‘zaro farqlash ko‘nikmalari shakllanadi.

b) Katak daftarda chizg‘ich va uchburchak figuralarni yasash.

d) Figuralarni guruhlarga ajratish.

e) Figuralarni qismlarga ajratish va bu qismlardan boshqa figuralar yasash.

f) Turli predmetlar va ular qismlarining geometrik shaklni yaratish.

g) (3-sinfda) shartli belgilar yordamida geometrik chizmalarni o‘qiy olish ko‘nikmalarini shakllantirish.

Mashg‘ulotni shunday tartibda olib borish kerakki, unda bolalar kvadratni to‘g‘ri

to‘rtburchak, to‘rtburchak yoki ko‘pburchakli figura deb atay olsinlar.

Geometrik materialni o‘rganishda chizma va o‘lchov asboblarini qo‘llash, oddiy



chizmalarni chizish, geometrik figuralar tasvirini yasash bilan bog‘liq bo‘lgan muntazam amaliy ishlar bolalarda tegishli ko‘nikmalar hosil qilishga xizmat qiladi. Bunday xolatlarda bajarilayotgan ishlarni so‘zlar bilan tariflay olish, dasturda ko‘zda tutilgan simvolika(belgi,ramz) va atamalarni qo‘llay olish muhim ahamiyatga egadir.
Shuni ham nazarda tutish g‘arurki, boshlang‘ich sinflarda olingan geometrik

figuralarni yasash va o‘lchashga doir ko‘nikmalar bolalar ongida uzoq vaqtlar saqlanib qoladi.

Qurilmalarning aniqligi va o‘lchashga oid dastlabki tasovvurlar bolalar ongida boshlang‘ich sinflardayoq shakllana boshlaydi. I sinf o‘quvchilari chizg‘ich yordamida kesmalarni 1 sm.gacha aniqlik bilan o‘lchash ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari kerak.Bunday sharoitda zaruriy amaliy ishlarni bajarilishi aniqligini muntazam kuzatib borish zarur bo‘ladi. Chizish asboblari va qalamlardan foydalanishda bolalar oldiga yozish va hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirish kabi jiddiy talablar qo‘yish kerak.

Chizish va o‘lchashga oid ko‘nikmalarni shakllantirish ishlarini asta - sekin va

izchillik bilan, buning uchun nafaqat matematika, boshqa fanlardan, jumladan, mehnat darsi, tasviriy san’at, tabiatshunoslik mashg‘ulotlaridan ham foydalanish lozim.

Bunday sharoitda geometrik figuralarning nomlari va talaffuziga diqqat



qaratiladi. «Kesma» haqida gap borganda, o‘qituvchi yaqin atrofdagi predmetlar – (qalam, chizg‘ich)dan foydalanib, kesmani qog‘ozda qanday tasvir etish lozimligini ko‘rsatadi.

Bolalar mavjud materiallardan – (doska yoki stolning qirrasi), so‘ngra, geometrik

figuralardan (uchburchak tomonlari) kesmalarni topishni o‘rganadilar. Bunday holatda bolalarni «nuqta» va «kesma» tushunchalarini aniq ko‘rsata olishga o‘rgatish juda muhimdir .Kesmalarni yasashga oid ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida chizmalarning aniqligi va sifatiga talabni kuchaytirish kerak. Dastlabki onlardanoq chizg‘ich, qalam, qo‘lning holatining to‘g‘ri bo‘lishini nazoratda ushlash lozim. Bolalarni kesmalar yasashga o‘rgatishga doir mashg‘ulotdan kichik parcha keltiramiz.

Bolalar o‘qituvchining topshirig‘i bilan katak daftar sahifasi boshidan 2 ta va chapdan 3 katak tashlab, nuqta qo‘yadilar. So‘ngra bu nuqtadan o‘ngga 5 pastga 2


katak tashlab, 2 nuqtani qo‘yadilar. So‘ng bu nuqtalarni chizg‘ich yordamida

birlashtiradilar (chizg‘ichni chap qo‘l bilan ushlab,o‘ng qo‘l bilan chizadilar).

So‘ng daftarning yuqori qismida bir nuqtani tanlab, uni yasalgan kesmaning chap

tomonidagi nuqtasiga tomon yana bir tik kesma tushiradilar.

Bolalarning to‘g‘ri burchak bilan tanishtirishda shunday amaliy mashqni bajarish mumkin:

O‘qituvchi bolalarga bir varaqdan qog‘oz olib, uni avval o‘rtasidan buklashni, so‘ng yana bir bor buklashni ko‘rsatadi .



Bu ishlarni o‘qituvchi bajarganda hamma bolalar ko‘rib turishi lozim. So‘ng bolalarga hosil bo‘lgan burchak - to‘g‘ri burchak modeli ekani tushuntiriladi. O‘qituvchi burchakning balandligi va tomonlarini ko‘rsatadi.

So‘ng suhbat o‘tkaziladi:

– qanday figura hosil bo‘ldi? (Тo‘g‘ri burchak).

– uning tomonlari va balandligini ko‘rsating.

- Endi o‘zingiz yasagan to‘g‘ri burchakni solishtiring

Buning uchun ularning birini ikkinchisi ustiga shunday qo‘yingki, tomonlari bir-biriga to‘g‘ri kelib burchakning quyi qismi ikkinchi burchakning quyi qismiga joylashsin. (o‘quvchilar ham o‘qituvchi bilan birga burchaklarni taqqoslaydilar);

– Burchakning boshqa tomonlari haqida yana nima deyish mumkin.(Bu tomonlar

ham mos tushdi)

– Тo‘g‘ri burchaklar teng keldi.O‘zingiz yasagan uchburchakdan to‘g‘ri burchakni

toping.(burchaklarni bir-biri ustiga qo‘yib, uchburchakdagi burchak ham to‘g‘ri ekanligini aniqlaydilar).

Qo‘llarida bo‘lgan to‘g‘ri burchak modeli bilan ushbu tasvirdagi to‘g‘ri burchaklarni aniqlab, uning balandligi atrofini bo‘yash topshiriladi.


Boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan ko‘pburchaklar ichida to‘g‘ri burchak va

uning ko‘p uchraydigan ko‘rinishi bo‘lgan kvadrat alohida o‘rinni egallaydi. O‘quvchilar har qanday kvadrat to‘g‘ri burchak ekanligini va aksincha har qanday to‘g‘ri to‘rtburchak kvadrat emasligini tushinib olishlari kerak.

Тo‘g‘ri burchakni o‘rganishga bag‘ishlangan mashg‘ulotdan bir parcha har bir



o‘quvchiga har xil rangga bo‘yalgan turlicha to‘g‘ri to‘rtburchaklar solingan konvert beriladi.

Suhbat:

– Bu figuralar nima deb ataladi (to‘rtburchaklar).

– Model yordamida ularning to‘g‘ri burchaklarini toping va o‘sha joyni bo‘yang;

– Ikki to‘g‘ri burchagi bo‘lgan to‘rtburchakni toping. Ikki to‘g‘ri burchakli

to‘rtburchakni ko‘rsating va to‘g‘ri bo‘lgan balandligini yonidan bo‘yang.

– Uchta to‘g‘ri burchagi bo‘lgan ko‘pburchakli figurani toping. (O‘quvchilar



bunday to‘rtburchaklarning hamma bo‘lagi to‘g‘ri ekanligini anglaydilar.)

– Тo‘rt burchagi to‘g‘ri bo‘lgan to‘rtburchaklar to‘g‘ri burchakli to‘rtburchaklar

deyiladi. Bolalar to‘g‘ri burchaklarning balandligi yaqinini bo‘yaydilar va o‘qituvchiga ko‘rsatadilar.

O‘quvchilar to‘g‘ri burchakli to‘rtburchaklarning muhim va muhim bo‘lmagan sifatlarini anglab olishlari uchun ba’zi vaqtlar dars mashg‘ulotlari davomida o‘yin sifat mashqlarni bajarishlari mumkin. Masalan:»Ortiqcha figurani olib tashla» mashqida bolalar to‘rtburchaklarning muhim va muhim bo‘lmagan belgilarini topishlari uchun amaliy ko‘nikma beradi.

Bolalarga har xil materiallardan yasalgan va turli ranglarga bo‘yalgan

ko‘pburchaklar namoyish etiladi.

– Xo‘sh, bu figuralarning qaysi belgisi barchasi uchun umumiydir?(Hammasi to‘g‘ri burchakli ko‘pburchaklardir.)

– Qaysi figura ortiqcha?


– Nega? 1,2,3,5 figuralarda to‘rtta tomon bor) O‘qituvchi bu figurani olib

tashlashni taklif etadi.

– Qolgan figuralarning o‘zaro farqi nimada?

– Bu figuralarning umumiy sifatlari nima?(ularning ranglari turlicha,turli

materialdan, qog‘ozdan va kartondan yasalgan)

– Bu figuralar qanday nomlanadi? (to‘g‘ri burchakli to‘rtburchaklar.)

– Nega olib tashlangan figurani to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak deb atash mumkin

emas?(chunki,uning 6ta tomoni bor -to‘g‘ri burchaklarda esa 4 tomon va 4 burchak bo‘ladi)

Bunday mashqlar bolalar ongida eng muhim tushuncha-to‘g‘rito‘rtburchak belgilarini mustahkamlaydi.

Birinchi sinf o‘quvchilari bu tushunchani chuqurroq tushunib olishlari uchun shunday o‘yin o‘tkazish mumkin.

O‘quv qurollari ichida turli o‘lchamdagi va rangdagi to‘g‘ri burchakli to‘rtburchaklar shakli ko‘rsatiladi shulardan bittasi to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak emas.

Bolalar bilan shunday suhbat olib boriladi.

– Bu qanday figuralar?(Тo‘g‘riturtburchaklar ularda 4ta burchak va 4ta tomon

bor).

– Bu figuralarning qay biri ortiqcha?

– Agar beshinchi figurani olib qo‘ysak qolganlarini qanday atash mumkin?

(Тo‘g‘ri to‘rtburchaklar)

– Nega shunday deb atash mumkin?(Chunki ularning 4 burchagi to‘g‘ri



burchakdir).

– Beshinchi raqamli figurani nega bu guruhga qo‘shib bo‘maydi? Unda ham to‘rt tomon bor-ku! (Chunki, burchaklarning barchasi to‘g‘ri burchak emas)


Mashqni bajarish davomida turli rangli, bir-birdan o‘lchamlari bilan farq

qiluvchi, turlicha joylashtirilgan to‘rtburchaklardan foydalaniladi.

Тo‘g‘ri burchak belgilarini tushunib olish uchun bolalar bilan quyidagi

mashqlarni bajarish tavsiya etiladi:

1. Chizmalar ichida, oddiy, hayotiy muhitda to‘g‘ri to‘rtburchakni boshqa figuralardan ajrata olish.



2. Тo‘g‘ri to‘rt burchaklarni uning belgilari bo‘yicha topish.

3. Boshqa geometrik figuralardan to‘g‘ri to‘rtburchak yasash.

4. Тo‘g‘ri to‘rtburchaklar yasash.

O‘qituvchi paketdan figurani olib bolalarga faqat uning belgilarini aytadi va bolalardan bu nima? deb so‘raydi.Masalan:

– Mening qo‘limda qizil rangli figura,uning to‘rt burchagi, to‘rt balandligi va to‘rt

tomoni bor. Bu qanday figura?(Bu to‘rtburchak)

– Mening qo‘limda kartondan yasalgan sariq figura bor.Uning 4 tomoni, 4

balandligi va 4 burchagi bor.uning hamma burchaklari to‘g‘ri burchak bu figuraning nomi nima?(Bu - to‘g‘ri to‘rtburchak). Rasmlar.

– Mendagi to‘rtburchak figuraning ikki burchagi to‘g‘ri burchak uni to‘g‘ri burchakli to‘rtburchak deyish mumkinmi? (Yo‘q, to‘g‘ri bo‘lganda barcha burchaklari to‘g‘ri bo‘lishi kerak).»Ortiqcha figurani olib tashla» o‘yinida ham foydalansa bo‘ladi. Doskaga turli rangli to‘g‘ri to‘rtburchak ilinadi.Undan ikkitasi kvadrat.

– Bu figuralar nima deb ataladi? (Тo‘rtburchaklar, to‘g‘ri to‘rtburchaklar).

– Nima uchun bunday deb ataladi? Chunki to‘rttala burchagi teng, to‘rt tomoni bor.

– Bulardan qay biri ortiqcha? (zangori to‘rtburchakni olib tashlansa, ikkita kvadrat qoladi).
– Qolgan figuralar kvadrat ekanini kim isbotlab bera oladi? (to‘rt tomoni

o‘lchanadi, agar ular teng bo‘lsa, demak, kvadrat).

Bolalarga yana shunday topshiriq berish mumkin.: doskaga uchta kvadrat ilib



qo‘yiladi. O‘quvchi ularning tomonlarini o‘lchab, bir-biriga solishtirishni taklif etadi. Bolalar tomonlarni o‘lchab, uchchala kvadrat o‘zaro teng ekanini bilib oladilar.

Model to‘g‘ri burchak yordamida barcha burchaklarni to‘g‘ri bo‘lgan to‘rt burchaklarni topadilar:

Bu figuralarni bir so‘z bilan nima deb atash mumkin? (Тo‘rtburchaklar)

– Ularning ichidan qay biri ortiqcha? (Qizil). O‘qituvchi qizil rang figurani olib tashlaydi.

– Yashil va zangori figuralarni nima deb ataymiz? (Kvadratlar).

– Yana qanday atash mumkin? (Тo‘g‘ri to‘rtburchaklar)

– Nima uchun qizil rang figurani kvadrat deb atay olmaymiz? (Barcha burchaklari to‘g‘ri teng emas)

– Demak, yashil va zangori figuralarni kvadratlar deb ataymiz. Daftaringizga kvadrat chizib, qizil qalam bilan bo‘yang.



Bunday topshiriqlarni bajarib, o‘quvchilar kvadratning muhim belgilarini anglay boshlaydilar. Kvadrat tomonlari teng to‘rtburchak bo‘lib, bolalar endi uning u qadar muhim bo‘lmagan belgilari - rangi, materiali, o‘lchamlariga ham diqqat qaratishga o‘rgana boshlaydilar.


Xulosa


Geometrik material bolalarning eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek, arifmetik qonuniyatlarni, bog’lanishlarni ko’rsatmali maqsadlariga xizmat qiladi. (Masalan, to’g’ri to’rtburchakning teng kvadratlarga bo’lingan ko’rsatmali obrazidan ko’paytirishning o’rin almashtirish xossasini bog’lanishi ochib foydalaniladi...).

  1. sinfdan boshlab to’g’ri va egri chiziqlar, kesmalar, ko’pburchaklar va ularning elementlari, to’g’ri burchak va hokozo kiritilgan.

O’quvchilar geometrik figuralarni tasavvur qila olishni, ularni nomlari, katakli qog’ozga sodda yasashlarni o’rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma va siniq chiziq uzunligini, ko’pburchak perimetrini, to’g’ri to’rtburchak, kvadrat va umuman har qanday figuraning yuzini (paletka yordamida) topish malakasini egallab olishlari kerak.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarga matematikani o’rgatish jarayonida hal etiladigan ko’p masalalar ichida o’quvchilarning fazoviy tafakkur va tasavvurlarini rivojlantirish kam ahamiyat kasb etmaydi (ya’ni katta ahamiyatga ega).
Shu narsa aniqki avvalgi mavjud dastur va metodikaga qaraganda hozirgi zamon boshlang’ich maktabi juda ham ilgarilab ketgan. Boshlang’ich sinflarda matematikani o’rganish davomida geometrik material talab va imkoniyat darajasida arifmetik material bilan bog’langan.
Tekis figuralarning boshqa xossalari orasida yuzalarni o’lchash amaliy usulga asoslangan. Dastur bo’yicha “Yuz. Yuz birliklari” mavzusi IV sinflarda o’rganiladi. Yuz haqida boshlang’ich tushunchalarni shakllantirish bo’yicha tayyorgarlik ishi I-II sinflardan boshlanadi.
Bosma asosidagi daftarlar bilan ishlashda figuralarni bo’yash, mehnat darslarida qog’ozdan figuralar qiyib olish, tasviriy san’at darslarida rasm solish figurani tekislikning yopiq chiziq bilan chegaralangan bo’lagi sifatida mexanik qabul qilishiga imkon beradi.
Geometrik sanoq materialidan foydalanib, bolalar bir-biridan juda farq qiladigan yoki mutlaqo bir xil bo’ladigan figuralarni bemalol taqqoslaydilar. Biroq
tajriba shuni ko’rsatadiki, bolalar “figuraning yuzi” mavzusi materialini qiyinchilik bilan o’zlashtiradilar. Masalan, turli shakldagi narsalarni taqqoslash ko’pincha uning chiziqli o’lchamlarini taqqoslashga keltiriladi.
Bolalar ko’pincha yuzni o’lchash tushunchasini uni ratsional hisoblash usuli bilan aralashtirib yuboradilar. ”To’g’ri to’rtburchakning yuzini o’lchash nimadan iborat?”,- degan savolga bolalar ko’pincha bunday javob beradilar: ”bu uning bo’yini va enini o’lchab, ularni ko’paytirish demakdir”. Biroq to’rtburchakning yuzini topish degan so’z unda yuz birligi (sm2, m2) necha marta joylashshini aniqlashdir.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling