3-Tajriba ishi distillyatsiya jarayonini tadqiq qilish ishning maqsadi


Download 78.6 Kb.
bet1/2
Sana03.12.2023
Hajmi78.6 Kb.
#1797217
  1   2

3-Tajriba ishi


DISTILLYATSIYA JARAYONINI TADQIQ QILISH
Ishning maqsadi: Oddiy haydash jarayonini o`rganish. Distillyat va qoldiq tarkibi hamda miqdorini tajribada aniqlash. Sinov va hisoblash natijalarini solishtirish.
Umumiy tushuncha

Oddiy haydash kubli distillyatsion qurilmada amalga oshiriladi. Oddiy haydashda qaynash temperaturasi past bo`lgan suyuqlik tezroq bug` holatiga o`tadi, uning suyuqlikdagi konsentratsiyasi kamayib boradi. Shunday qilib jarayon davomida suyuqlikning qaynash temperaturasi oshib boradi hamda hosil bo`ladigan bug`ning tarkibida past temperaturada qaynaydigan komponent miqdori kamayib boradi.


Oddiy haydash komponentlarning qaynash temperaturasi keskin farq qilganda va aralashmani to`la ajratish talab qilinmagan hollarda qo`llanadi.
Tajriba qurilmasining tuzilishi.

Jarayonni o`rganish quyidagi qismlardan iborat bo`lgan qurilmada (1- rasm) amalga oshiriladi. Dastlabki aralashmaning ma`lum miqdori 1-haydash kubiga 9-truba orqali qo`yiladi. Aralashmani isitish 2-elektr isitgich yordamida amalga oshiriladi. Kubdagi bosim 3-manometr bilan o`lchanadi.


Aralashma qaynashi natijasida hosil bo`lgan bug` 4-sovitgich- kondensatorga yuboriladi. Kondensator zmeyevigi orqali o`tish davomida bug` suv bilan sovitiladi va hosil bo`lgan distillyat 5-idishda to`planadi. Qoldiq 10 - jo`mrak orqali olinadi.
Ishni bajarish tartibi:
Ajratish uchun 40% etil spirti va 60% suvdan iborat bo`lgan ma`lum miqdordagi aralashma hosil qilinadi va haydash kubiga quyiladi.
Dastlabki aralashmadagi spirt konsenratsiyasi (X=0,4) bo`yicha 1- jadvaldan [3], uning qaynash temperaturasi tk aniqlanadi.


6.1-rasm. Tajriba qurilmasining sxemasi
So`ngra elektr isitgich tok manbaiga ulanadi. Aralashmaning temperaturasini o`zgarishi 6-termometr yordamida kuzatib boriladi. Aralashma temperaturasi tk ga tenglashgan vaqt sinov boshlanishi hisoblanadi. Sinov boshlangach har 10 minutdan so`ng quyidagi o`lchovlar o`tkaziladi: 6 - termometr yordamida kubdagi aralashma temperaturasi, yig`gichdagi distillyatning temperaturasi, kubdagi bug` bosimi, menzurka yordamida hosil bo`lgan distillyat miqdori, sovituvchi suv sarfi, suvning kondensatorga kirishdagi va undan chiqishdagi temperaturasi. Shuningdek har minutda 7-kran orqali kubdagi aralashmadan proba olinib, uning kontsentratsiyasi aniqlanadi.
Sinov qoldiqdagi spirt miqdori 5% ga tushguncha davom ettiriladi. Olingan natijalar 1- jadvalga yozib boriladi. Sinov oxirida qoldiq miqdori Gk o`lchanadi.

Download 78.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling