3 tajriba ishi. Mavzu: Legirlangan cho‘yan olish Kerakli jihozlar


Download 232.19 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi232.19 Kb.
#1364323
Bog'liq
3 tajriba ishi


3 tajriba ishi.
Mavzu: Legirlangan cho‘yan olish
Kerakli jihozlar: induksion pech, temir rudasi, uglerod, shixta materiallari, quyma qoliplari.
Legirlangan cho`yan suyuqlantirishning asosiy xususiyati — qo`llanilayotgan
suyuqlantirish metodlari sharoitlarida oksidlanishga turlicha moyil bo`lgan
legirlovchi elementlarni kiritishdan iborat.
Kam legirlangan cho`yanlarni suyuqlantirish vagrankalarda va elektr pechlarda
amalga oshiriladi. Legirlovchi elementlarni ikkita usulda kiritish mumkin: a)
tabiatda legirlangan cho`yanlarni shixtalab va b) ferroqotishmalar qo`shib. 5.2-
jadvalda legirlovchi elementlarni kiritish bo`yicha asosiy tavsiyalar keltirilgan.
Tarkibida Ct va Ni bo`lgan, kam legirlangan konstruksion cho`yanlar olishda
ЛХН1—ЛХН10 markali (1% gacha Ni va 2,3— 3,2% Cr) quyma ko`rinishidagi
tabiatda legirlangan cho`yanlardan foydalaniladi. Kam legirlangan cho`yanlarga
titan va mis БТМЛ ti pidagi tabiatda legirlangan cho`yanlar bilan kiritiladi.
Masalan, dvigatellarning gilzalari uchun kam legirlangan cho`yanni
dupleks-jarayon vagranka—elektr pechi vositasida suyuqlantirib olishda vagranka
shixtasida legirlovchi elementlarning dastlabki miqdoriga qarab 7 dan 10% gacha
ЛХН va БТМЛ dan foydalaniladi. Suyuq cho`yan vagrankadan elektr pechga qayta
quyiladi, bu pechda u o`ta qizdiriladi va, agar zarur bo`lsa, kimyoviy tarkibi
korrektirovka qilinadi. Pechdan chiqarib, kovshga quyish vaqtida cho`yan
ferrosilitsiy bilan modifikatsiyalanadi. Ko`p legirlangan cho`yanlarni suyuqlantirish
o`ziga xos xususiyatlarga ega, lekin barcha hollarda uni elektr pechlarda
suyuqlantirilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi.



Savollar:
1 cho`yan nima?
2 cho`yan va po`latning legirlovchi elementlari?
Download 232.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling