Elektr zanjir. Elektr sxemalari. Elektr zajir va elektr sxemasiga doir baʼzi bir tushunchalar [
Download 464.4 Kb. Pdf ko'rish
|
Elektr zanjir
Elektr zanjir . Elektr sxemalari,. Elektr zajir va elektr sxemasiga doir baʼzi bir tushunchalar [ Elektr zanjir Elektr tokini ishlab chiqarish, uzatish, qabul qilish, qaytan ishlash va ishlatish uchun moʻljallangan elementlarning maʼlum bir koʻrinishda ulangan toʻplamiga radiotexnik yoki elektr zanjir (sistema) deyiladi. Tarkibida energiya manbai boʻlgan zanjirlar aktiv, energiya manbai boʻlmagan zanjirlar passiv elektr zanjirlari deyiladi. Elektr zanjiri — elektr energiyasi manbalari, qabul qilgichlari (isteʼmolchilari) va ularni bir-biriga tutashtiruvchi oʻtkazgichlar (simlar) majmui. Elektr zanjiri tarkibiga ulabuzgichlar (viklyuchatellar), qayta ulagichlar (pereklyuchatellar), saqlagichlar, himoyalash va kommutatsiya (uzibulash) apparatlari, oʻlchash va nazorat asboblari va boshqalar ham kiradi. Elektr zanjiri yordamida elektr energiyasi (elektromagnit energiya yoki zanjirida elektr toki, elektr yurituvchi kuch EYUK, potensiallar farqi mavjud boʻlgan boshqa tur energiya) uzatiladi, tarqatiladi hamda kuchlanishi pasaytiriladi yoki oshiriladi. Elekt energiyasi manbalarida biror turda gi energiya (suv, issiklik va boshqalar ener giyasi) el ektr energiyasiga, qabul qil gichlar (isteʼmolchilar)da elektr ener giyasi issiqlik, mexanik va boshqalar tu| energiyaga aylantiriladi. Elektr zanjiri rejim" (ish maromi) barcha qismalardagi tok va kuchlanish qiymatiga bogʻliq boʻladi. Elektr zanjiridagi tok, EYUK va kuchlanish oʻrtasidagi munosabat Kirxgof qonunlari bilan tushuntiriladi (qarang Kirxgof koidalari ). Elektr zanjiri oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tok zanjirlariga boʻlinadi. Elektr zanjirining asosiy elementlari: rezistor , induktivlik gʻaltagi, elektr kondensator va boshqalar Elektr sxemalari ] Elektr zanjirlari elektr sxemalari bilan akslantiriladi. Oʻz ichiga element va qurilmalarning shartli belgilarini va ularning oʻzaro bogʻlanishini tasvirlovchi grafik tasvirga elektr sxema deyiladi. Elektr sxemalarini tahlil qilishda almashtirish (ekvivalent) sxemalari bilan almashtiriladi. Almashtirish (ekvivalent) sxemalari - parametrlari almashtirilayotgan elementlar parametrlaridek, ideal elementlardan tuzilgan elektr zanji rining grafik tasviri. Download 464.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling