Elektr zanjir. Elektr sxemalari. Elektr zajir va elektr sxemasiga doir baʼzi bir tushunchalar [


Download 464.4 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana19.06.2023
Hajmi464.4 Kb.
#1606571
1   2   3
Bog'liq
Elektr zanjir

Aktiv elementlar - bipolyar va maydonlli 
tranzistorlar, raqamli va analog mikrosxemalar, 
elektr lampalar, magnetronlar, klistronlar, lazerlar va 
shu kabilar. Aktiv elementlarning farqli jihati 
shundaki, ularberilayotgan tebranish quvvatini 
kuchaytirish potensial imkoniga ega, Bunda 
tebranishlar energiyasi tashqi taminot manbalari 
hisobiga oshiriladi. Shunday qilib, aktiv elementlarni, 
taʼminot manbai energiyasini chiqishda tebranish 
energiyasiga almashtirib beruvchilar deb qarash 
mumkin. 


Passiv elementlar - qarshiliklar (omlarda 
oʻlchanadi; Georg Ohm (1787—1854) 1826-yilda 
Om qonunini ochgan)Induktivlik gʻaltagi, 
kondensatorlar, tutashtiruvchi simlar-elektr 
(elektromagnit) energiyani uzatadilar, istemol 
qiladilar yoki toʻplaydilar. Maʼlum bir koʻrinishda 
birlashib, ular faqat elektr signali formasini oʻzgartira 
oladilar xolos. 
Aktiv qarshiliklar - elektr energiyasini boshqa tur 
energiyaga, koʻproq issiqlik (shuning uchun 
qarshilikni aktiv deyish qabul qilingan, zero passiv 
qarshiliklar ham mavjud va ulardan elektr energiyasi 
oʻtishi natijasida issiqlik ajralib chiqmaydi) 
energiyasiga qaytmas oʻzgarishi bilan bogʻliq elektr 
zanjiri yoki uning bir qismini qarshiligi. Aktiv 
qarshiliklarda ajralayotgan issiqlik energiyasi foydali 
ishlatilishi mumkin yoki atrofga tarqalishi mumkin, 
Zanjirda magnit maydonini toʻplay olish qobilyatini 
harakterlovchi almashtirish (ekvivalent) 
sxemalarining ideal elementiga induktivlik deyiladi. 
Induktivlikka faqat nduktiv gʻaltaklar ega deyiladi. 
Zanjirning boshqa elementlari induktivligi hisobga 
olinmaydi. 
Elektr zanjirining bir qismida elektr maydonini toʻplay 
olish qobilyatini harakterlovchi almashtirish 
(ekvivalent) sxemalarining ideal 
elementiga 
sigʻim deyiladi. 


Ushbu elementlardagi kuchlanish U (t) va tok kuchi I 
(t) ning iniy qiymatlari quyidagi munosabatlar bilan 
aniqlanadi: 
Elektr zanjirning aktiv va passiv elementlari ikki 
qutblilar, toʻrtqutblilar va koʻp qutblilarga ulanishlari 
mumkin. 
Ikki qutbli - ikkita chiqish bo
ʻlgan elektr zanjir. Bu 
tushunchani aniqlashtirib, ikki qutbli (yakka element 
yoki murakkab elektr zanjiri; masalan taminot 
manbai, qarshilik, ketma-
ket kontur) bor yoʻgʻi ikkita 
tashqi chiqishga - qutblar yoki qisqichlarga ega. 
Elektr zanjijrlar: a-ikki qutbli ; b-to'rt qutbli. 
Ikki qutbli aktiv va passiv boʻlishi mumkin. Har bir 
passiv ikki qutbli, undagi kuchlanish tushuvi 
vamanbaadan istemol qilinayotgan tok orasidagi 
bogʻlanishni ifodalovchi yagona parametr bilan 
harakterlanadi. Umuman olganda bunday bogʻlanish 
murakkab diferansial-
integral koʻrinishga ega boʻlishi 
mumkin. 

Download 464.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling