3 tajriba ishi. Mavzu: Legirlangan cho‘yan olish Kerakli jihozlar
Download 232.19 Kb.
|
3 tajriba ishi
3 tajriba ishi. Mavzu: Legirlangan cho‘yan olish Kerakli jihozlar: induksion pech, temir rudasi, uglerod, shixta materiallari, quyma qoliplari. Legirlangan cho`yan suyuqlantirishning asosiy xususiyati — qo`llanilayotgan suyuqlantirish metodlari sharoitlarida oksidlanishga turlicha moyil bo`lgan legirlovchi elementlarni kiritishdan iborat. Kam legirlangan cho`yanlarni suyuqlantirish vagrankalarda va elektr pechlarda amalga oshiriladi. Legirlovchi elementlarni ikkita usulda kiritish mumkin: a) tabiatda legirlangan cho`yanlarni shixtalab va b) ferroqotishmalar qo`shib. 5.2- jadvalda legirlovchi elementlarni kiritish bo`yicha asosiy tavsiyalar keltirilgan. Tarkibida Ct va Ni bo`lgan, kam legirlangan konstruksion cho`yanlar olishda ЛХН1—ЛХН10 markali (1% gacha Ni va 2,3— 3,2% Cr) quyma ko`rinishidagi tabiatda legirlangan cho`yanlardan foydalaniladi. Kam legirlangan cho`yanlarga titan va mis БТМЛ ti pidagi tabiatda legirlangan cho`yanlar bilan kiritiladi. Masalan, dvigatellarning gilzalari uchun kam legirlangan cho`yanni dupleks-jarayon vagranka—elektr pechi vositasida suyuqlantirib olishda vagranka shixtasida legirlovchi elementlarning dastlabki miqdoriga qarab 7 dan 10% gacha ЛХН va БТМЛ dan foydalaniladi. Suyuq cho`yan vagrankadan elektr pechga qayta quyiladi, bu pechda u o`ta qizdiriladi va, agar zarur bo`lsa, kimyoviy tarkibi korrektirovka qilinadi. Pechdan chiqarib, kovshga quyish vaqtida cho`yan ferrosilitsiy bilan modifikatsiyalanadi. Ko`p legirlangan cho`yanlarni suyuqlantirish o`ziga xos xususiyatlarga ega, lekin barcha hollarda uni elektr pechlarda suyuqlantirilsa, maqsadga muvofiq bo`ladi. Savollar: 1 cho`yan nima? 2 cho`yan va po`latning legirlovchi elementlari? Download 232.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling