3-tajriba Mavzu: Chat tizimida ishlash. Portallar (pochta, yangiliklar va boshqalar) bilan ishlash. Ishning maqsadi


Portallar (pochta, yangiliklar va boshqalar) bilan ishlash


Download 26.36 Kb.
bet2/2
Sana30.03.2023
Hajmi26.36 Kb.
#1309501
1   2
Bog'liq
3-tajriba

Portallar (pochta, yangiliklar va boshqalar) bilan ishlash.
Ishning maqsadi: Portallar to’g’risida tushunchalar, davlat portallari to’g’risida bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish.
O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o'rinlarda Yagona portal deb ataladi) Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan, «bir darcha» tamoyilida faoliyat ko'rsatadi.
Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 728-sonli qarorida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida nizomiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tish va avtorizatsiya qilish jarayonlaridan o‘tgan foydalanuvchilar uchun amalga oshiriladi.
Yagona portal maqsad va vazifalari:
Yagona portal davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko'rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi.
Yagona portalning asosiy vazifalari;
·foydalanuvchilarga davlat organlariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish;
·foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;
·foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o'zaro hamkorligi samaradorligini oshirish;
·davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to'siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;
·«Elektron hukumat» tizimini yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko'maklashish.
Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchilarning shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo'ljallangan.
Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish
Yagona portal, foydalanuvchilarga davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan bir tomonlama, ikki tomonlama va tranzaktsion shakldagi interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.
Interaktiv davlat xizmatlari Yig'ma reestri (keyingi o'rinlarda Yig'ma reestr deb ataladi) 2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yig'ma reestrga kiritilgan interaktiv davlat xizmatlari majburiy tartibda Yagona portal orqali berilishi kerak.
Yagona portalni qo`llab-quvvatlash:
Ахbоrоt ta`minoti vа tuzilmаviy mа’muriyatchilik – Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM”
Me'yoriy hujjatlar bazasi:
"Elektron hukumat to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 728-sonli qarori
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 dekabrdagi "Internet tarmog`ida O`zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 259-son qarori
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi “Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o'zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 181-son qarori
Ixtisoslashgan portallar xizmatlari Toshkent shahrida - Glotr.uz saytidagi eng yaxshi takliflar
Toshkent shahrida Ixtisoslashgan portallar xizmatlariga buyurtma bermoqchimisiz? Agar siz ushbu xabarni o'qigan bo'lsangiz, unda sizning qidiruvlaringiz muvaffaqiyatli yakunlandi! Ushbu sahifada Toshkent shahridagi Ixtisoslashgan portallar xizmatlari bo’yicha eng yaxshi takliflar - arzon narxlar, kafolat va siz uchun maqbul bo'lgan boshqa qulayliklar yig’ilgan. Ushbu loyiha hududingizdagi Ixtisoslashgan portallar xizmatlari bo’yicha faoliyat yuritadigan eng yetakchi kompaniyalarining takliflarini o'z ichiga oladi. Shu bilan birga, foydalanuvchi uchun qulay interfeys sizga o'zingiz uchun eng foydali takliflarni tezda topishga imkon beradi.
Xizmat, faoliyati bevosita Toshkent shahridagi Ixtisoslashgan portallar xizmatlari faoliyat bilan bog'liq bo'lganlar uchun qulay bo'ladi. Glotr.uz loyihasida narxlarni va boshqa shartlarni ko'rsatib, Toshkent shahrida Ixtisoslashgan portallar xizmatlari haqida batafsil tavsifi bilan o'z sahifangizni yaratishingiz mumkin. Bu yerda siz mijozlarni tez va oson topasiz, shuningdek bozorda Toshkent shahridada Ixtisoslashgan portallar xizmatlari bo’yicha bozorni o’rgana olasiz.
Siz xizmat ko'rsatishni xohlaysizmi yoki Toshkent shahrida Ixtisoslashgan portallar xizmatlari kabi xizmatga buyurtma berish imkoniyati mavjudligidan qat'i nazar, Glotr.uz Internet-do'koni sizning istaklaringizni amalga oshirish uchun eng yaxshi tanlov bo'ladi!
Portal haqida
Hozirgi kunda davlat organlarida foydalanashuvchilarni qiziqtirishi mumkin bo'lgan ulkan axborot resurslari massivlari shakllangan.
Davlat organlarining ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan axborotlarini ochiq ma'lumotlar sifatida e'lon qilinishi ochiq davlat boshqaruvining asosidir.
Ochiq ma'lumotlarning e'lon qilinishi va ulardan foydalana olish imkoniyatining yaratilishi tufayli davlat organlari faoliyatining shaffofligi, jamoat nazoratini amalga oshirish imkoni, shuningdek jismoniy shaxslar va tadbirkorlar uchun yangi xizmatlar yaratilishi ta'minlanadi.
Davlat organlari faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlar va axborotlarni ochiq ma'lumotlar ko'rinishida e'lon qilinishi ulardan turli axborot resurslarini shakllantirishda manbaa sifatida va axborot tizimlarini, shuningdek, ham davlat organlari, ham tadbirkorlik subyektlari uchun xizmat va ilovalar yaratishda foydalanish mumkin.
Inernet tarmog'ida keyinchalik ochiq ma'lumotlar uchun "yagona nuqta" vazifasini bajaruvchi O'zbekiston Respublikasi ochiq ma'lumotlar portali ishga tushirilgan bo'lib, uning asosiy maqsadi qayta ishlash va tahlil qilish uchun mos formatlarda davlat organlari faoliyati to'g'risida ma'lumotlarni taqdim etishdan iborat. Portal O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-avgustda qabul qilingan 232-son qarori asosida faoliyat yuritadi.
Portal tarkibi va bo'limlari
Portal ikki tildagi versiyalarga ega bo'lib quyidagi bo'limlarni o'z ichiga oladi:
a) asosiy - "Bosh sahifa", "Dasturchilarga", "Yangiliklar"
b) qo'shimcha - "Portal yangiliklari", "Ommabop ma'lumotlar", "Tashkilotlar", "Portal haqida", "Qayta aloqa", "Ma'lumotlardan foydalanish shartlari".
а) Asosiy bo'limlar
"Bosh sahifa" bo'limi
Ushbu bo'lim portal bosh sahifasi bo'lib u portalning mohiyatini yoritib beruvchi bannerlar va belgilar shaklidagi ma'lumotlar hamda Portal haqidagi anonslardan iborat yangiliklarni o'z ichiga oladi.
Izlash funksiyasi portaldagi ma'lumotlarni tezda topish imkonini beradi.
Portal bosh sahifasidan boshqa sahifalarda joylashgan asosiy ma'lumotlarga kerakli havolalarni bir marta bosish (klik) orqali o'tish mumkin.
"Dasturchilarga" bo'limi
Ushbu bo'limda, qayta ishlash va tahlil qilish uchun mos bo'lgan mashina o'qiy oladigan formatdagi ochiq ma'lumotlar taqdim etiladi.
"Yangiliklar" bo'limi
Davlat organlari tomonidan taqdim etilgan yangi ma'lumotlar ushbu bo'limda to'liq tarzda berib boriladi.
"Statistika" bo'limi
Ushbu bo'limda foydalanuvchilar ochiq ma'lumotlar to'plamlari hamda ularni e'lon qilgan davlat va xo'jalik boshqaruv organlariga oid statistik ma'lumotlar bilan tanishishlari mumkin.
"Ochiq ma'lumotlar lug'ati" bo'limi
Ushbu bo'limda foydalanuvchilar portal faoliyatiga oid maxsus atamalar va ularning ma'nolari bilan tanishib chiqishlari mumkin.
"Qonunchilik hujjatlari" bo'limi
Ushbu bo'limda portal faoliyatining normativ huquqiy asoslari keltirilgan.
b) Qo'shimcha bo'limlar
"Portal yangiliklari" bo'limi
Ushbu bo'limda yangiliklar anonsi joylashtiriladi. Bir marta bosish (klik) orqali yangiliklarning asosiy sahifasiga o'tiladi hamda tanlangan mavzu bo'yicha to'liq matn ochiladi.
"Ommabop ma'lumotlar" bo'limi
Mazkur bo'lim foydalanuvchilar tomonidan ko'p murojaat etilgan ma'lumotlar ro'yxatini o'z ichiga oladi.
"Tashkilotlar" bo'limi
Mazkur bo'limda ochiq shaklda ma'lumotlarni joylashtiruvchi davlat organlari ro'yxati keltirilgan.
"Portal haqida" bo'limi
Mazkur bo'limda foydalanuvchiga portalning xususiyatlari haqida qisqacha ma'lumot beriladi.
"Qayta aloqa" bo'limi
"Qayta aloqa" bo'limi portal administratoriga xabarlar jo'natish sahifasi hisoblanadi. Jo'natuvchi ushbu sahifada ism, familiya, e-mail, telefon raqami va manzili kabi barcha zarur aloqa ma'lumotlarni qoldirishi mumkin. Tegishli katakchaga xabaringiz matnini kiritish - har qanday fikr, savol, shikoyat yoki biror bir taklif yuborish mumkin.
"Ma'lumotlardan foydalanish shartlari" bo'limi
Nazorat uchun savollar:

  1. Internet konferensiyalar haqida gapiring?

  2. Audiokonferensiyalar nima?

  3. Videokonferensiyalar nima?

  4. Yagona portalning asosiy vazifalari aytib bering?

Download 26.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling