3. Tibbiy sug‘urtaning umumiy tavsifi va nazariy asoslari. T ibbiy sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Baxtsiz xodisalardan sug‘urtalashni amalga oshirish tartibi va taxlili


Download 40.76 Kb.
bet2/6
Sana03.02.2023
Hajmi40.76 Kb.
#1156150
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mavzu

2.Baxtsiz xodisalardan sug‘urtalashni amalga oshirish tartibi va taxlili.

Bazaviy sug‘urta tariflari sug‘urtalovchi tmonidan mustaqil ishlab chiqiladi. Alohida holatlarda sug‘urta mukofotining miqdorini aniqlashda sug‘urtalovchi bazaviy sug‘urta tariflariga nisbatan xatarning xususiy xorsslaridan kelib chiqqan holda ko‘tariluvchi va pasayuvchi koeffitsientlardan foydalnishga haqli.Bir yildan ortiq bo‘lmagan muddatga tuzilgan sug‘urta shartnomari bo‘yicha sug‘urta mukofoti bir vaqtda to‘lab beriladi.


Shartnomani bbir muncha uzoqroq muddatlarga tuzitlganda esa, mukofotni to‘lab berish muddati uzaytirilishi va ikki bo‘lib to‘lanishi mumkin, bunda birinchi sug‘urta badali butun sug‘urta mukofoti miqdorining 50 foizidan kam bo‘lmasligi shart. Sug‘urta mukofotining ikkinchi qismi sug‘urta shartnomasi muddatining yarmi o‘tmasdan avval to‘lanishi shart. Sug‘urta tarifi yillik stavka tarzida o‘rnatiladi. Bir oydan kam muddatga sug‘urtalashda sug‘urta mukofoti yillik stavkaning 0,7 foizi miqdorida shartnoma amal qiladigan har bir kun uchun to‘lanadi.
Sug‘urta mukofoti turli usullarda to‘lanishi mumkin:

  • sug‘urtalovchining hisob raqamiga. Agar sug‘urta shartnomasida boshqacha shart ko‘zda tutilgan bo‘lmasa, naqd pulsiz shaklda sug‘urta shartnomasi imzolanganidan keyin besh bank kuni ichida

  • naqd pul bilan sug‘urtalovchining kassasiga sug‘urta shartnomasi tuzilgan va imzolangan kuni to‘lash orqali.

Agar sug‘urta shartnomasida sug‘urta mukofotini uzaytirilgan muddatda kiritilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ko‘pincha bunday holatlarda navbatdagi sug‘urta badalini belgilangan vaqtida to‘lamaganlik uchun qo‘llanadigan jazo choralari ham ko‘rsatib qo‘yiladi. Navbatdagi sug‘urta badalini to‘laguncha sug‘urta hodsasi sodir bo‘lgan holatda, sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini hisoblash chog‘ida to‘lanmay qolgan sug‘urta badalini chegirib olib qolishga haqlidir.
Sug‘urta hodisasi ro‘y berganda bu haqida sug‘urtalangan shaxslar qisqa muddatda sug‘urtalovchiga xabar berishi lozim. Baxtsiz hodisa ro‘y berganda sug‘urtalangan shaxslar sug‘urtalovchiga quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart:
- sug‘urta polisi;
- davolash profilaktika muassasidan baxtsiz hodisa natijasida sug‘urtalangan shaxsning davolanganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
Zaruriyat bo‘lganda sug‘urtalovchi sug‘urta summasini to‘lash masalasini hal etish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlarni so‘rashga ham haqli.
Baxtsiz hodisalar ro‘y berish natijasida o‘lim hodisasi ro‘y berganda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- sug‘urta polisi;
- FXDYO bo‘limidan o‘lim holati ro‘y bergani to‘g‘risida ma’lumotnoma;
- merosxurlik huquqini tasdiqlovchi hujjat;
agar o‘lim hodisasi yo‘l-transporti natijasida ro‘y bergan bo‘lsa, yo‘l harakati xavfsizligi organidan olingan ma’lumotnoma
- shaxsni tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urtalovchi zaruriyat bo‘lganda yuqoridagi hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni so‘rashga ham haqli.
Sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta summasini to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilinganda sug‘urta summasi shartnomada ko‘rsatilgan muddat ichida to‘lab beriladi.
Fuqarolarni baxtsiz xodisalardan sug‘urtalashda sug‘urta to‘lovi sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urta hodisasi bo‘lganini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilinishi yo‘li bilan amalga oshiriladi. Masalan, to‘lov to‘g‘risidagi arizaga sud tibbiy ekspertizasi ma’lumotnomasi, VKK xulosasi, mehnat qobiliyati yo‘qotilganda tibbiy kartadagi yozuv nusxasi, VTEK ma’lumotnomasi nusxasi, fuqaro vafot etganda FHDYO tomonidan berilgan vafot etganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi va boshqalar.
Sug‘urta to‘lovi hajmi sug‘urta summasiga proporsional tarzda jabrlanuvchining salomatligi va mehnat qobiliyatiga etgan zarardan kelib chiqqan holda sug‘urta kompaniyalarining odatdagi qoidalarida belgilangan sug‘urta to‘lovlari jadvalida tana jarohatlari xarakteri ko‘rsatilgan bo‘ladi. O‘lim hodisasi sodir bo‘lganda yoki 1-guruh nogironligi yuzaga kelganda sug‘urta summasi hajmi 100 foizlik nisbatda belgilanadi.
Baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash to‘rtta bazaviy kafolatni taqdim etadi. Biroq amalda sug‘urtalovchilar mazkur standart qoplamalarning har turli kombinatsiyalaridan foydalanishlari yoki ularning ayrimlarini sug‘urtalash shartlaridan istisno etishlari mumkin. Masalan, mamlakat sug‘urtalovchilari zarar ko‘rgan shaxsni davolashda tibbiy xarajatlar qoplamasini kamdan-kam hollarda taqdim etadilar.
1. Baxtsiz hodisa oqibatidagi o‘lim holati uchun kafolat sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan benefitsiarga yoki sug‘urtalanuvchining merosxurlariga sug‘urtalashning alohida shartlari asosida pul summasining (kapitalning) to‘lanishini ko‘zda tutadi. Sug‘urtalovchining ixtiyoriga ko‘ra kapital renta (pensiya) shaklida to‘lanishi ham mumkin.
2. Nogironlik holati bo‘yicha kafolat sug‘urtalanuvchiga sug‘urta shartnomasida qayd etilgan sug‘urta summasini ishga layoqatsizlik darajasiga ko‘paytirish orqali aniqlanadigan tovon puli to‘lanishini ta’minlaydi. Ishga layoqatsizlik darajasi quyidagi formula orqali baholanadi:




Download 40.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling