3. Tibbiy sug‘urtaning umumiy tavsifi va nazariy asoslari. T ibbiy sug‘urtaning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati


Download 40.76 Kb.
bet3/6
Sana03.02.2023
Hajmi40.76 Kb.
#1156150
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
8-mavzu

Sug‘urta to‘lovining
summasi =

Sug‘urta summasi x

Ishga layoqatsizlik koeffitsienti

Ishga layoqatsizlik koeffitsientini aniqlashning ikki usuli mavjud. Birinchi holda sug‘urta kompaniyalari o‘z statistik kuzatuvlari asosida mehntatga layoqatni yo‘qotish darajasini ushbu layoqatni to‘liq yo‘qotish holatidan yoki turli a’zolarning ish qobiliyati yo‘qotilishi holatidan kelib chiqib aniqlash jadvalini tuzadilar, yoki ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodislardan ko‘rilgan zararni qoplash uchun davlat tomonidan qo‘llaniladigan jadvallardan foydalanishlari mumkin.


To‘liq va doimiy 100 foizli mehnatga layoqatsizlik to‘liq ko‘rlik holatida, umumiy falaj holatida, ikkala qo‘lni (ikki qo‘l barmoqlari), ikki oyoq (to‘piqdan pasti), va bir qo‘l (barmoqlari) va bir oyoq (to‘piqdan pasti) amputatsiya qilinganda yoki ulardan foydalanish imkoniyati to‘la yo‘qotilgan taqdirda, davolanmas darajada es-hushini yo‘qotish holatlarida qo‘llanadi.
Tan a’zolarining qisman yo‘qotilishi yoki ishga yaroqsizlik holati maksimal koeffitsientlarga keltirilganda, tibbiyot muassasi yoki tibbiyot-ekspertiza komissiyai tomonidan belgilangan yaroqsizlik darajasiga mutanosib ravishda qisqartiriladi. Agar a’zo avvaldan yaroqsizlik xususiyatiga ega bo‘lgan va baxtsiz hodisa tufayli kishi uni ko‘proq darajada yo‘qotgan yoki nogironlik darajasini olgan bo‘lsa, sug‘urta tovoni faqat baxtsiz hodisa tufayli olingan shikastlanishlar uchun to‘lanadi.
Nogironlik ko‘rsatkichlari ko‘p bo‘lgan holatlarda mehnatga umumiy layoqatsizlik har bir tan a’zosining mehnatga layoqatsizlik koeffitsientlarini qo‘shish orqali olinadi. Biroq bu holda uning mumumiy miqdori yo‘qotilgan a’zolar tarkibiga kiruvchi tan qismlarining 100 foizlik mehnatga layoqatsizlik holatidan ortib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi (masalan, qo‘l barmoqlari koeffitsientining yig‘indisi qo‘l barsoqlarining butkul yo‘qotilishi koefitsientidan ortib ketishi mumkin emas).
Ana shunday jadvallarda keltirilgan koeffitsientlar insonning anatomik va fiziologik jihatdan bus-butunligiga shikast etkazilishi nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, uning kasb-koriga yoki ijtimoiy faoliyatini hisobga olmagan holda hisoblab chiqilgan. Sug‘urta kompaniyalari ayrim kasblar uchun maxsus qoplamalarni taklif eitishi mumkin, masalan, ashulachilar uchun ovozni yo‘qotishi, aktyorlarning tashqi qiyofasining o‘zgarishga uchrashi, jarrohlar uchun qo‘l barmoqlarining shikastlanishi va h.k. holatlari uchun tovon puli to‘lanshini taklif etadi. Tabiiyki, bunday bunday tovon to‘lovlari standart kafolatlarga nisbatan ancha yuqori sug‘urta tariflari qo‘yilishini taqazo etadi.



Download 40.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling