3. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari Tijorat banklarining noa’nanaviy operatsiyalari


Download 130.03 Kb.
bet3/20
Sana24.03.2023
Hajmi130.03 Kb.
#1292881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2 5253936611619514423

Bankning passiv operatsiyasi - Banklarning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish bilan bog‘liq operatsiyalari passiv operatsiyalar hisoblanadi.

Majburiyatlarni muddati va vujudga kelish manbasiga qarab: –barqaror va –beqaror mablag‘larga, ular uchun to‘lanadigan xarajatlar miqdoridan kelib chiqib: –arzon va –qimmat mablag‘larga ajratish mumkin.


Jalb qilingan mablag‘larning manbasi:

  1. Depozitlar

  2. CHaqirib olinguncha saqlanadigan depozitlar;

  3. Muddatli depozitlar;

  4. Jamg‘arma depozitlar.



Depozitsiz mablag‘lar – depozit bo‘lmagan mablag‘lar bo‘lib, bunda o‘z ichiga banklararo kredit resurslari, hukumat hisobvaraqlaridagi vaqtincha bo‘sh mablag‘lar, tijorat banklaridan olingan resurslar va boshqa mablag‘lar kiradi
Xalqaro bank amaliyotida bank resurslari tarkibida depozit mablag‘lar, ayniqsa muddatli depozitlar asosiy ulushni tashkil etadi. Bank resurslari tarkibida muddatli depozitlar ulushining yuqoriligi banklarning moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga va to‘lovga layoqatliligini ta’minlashga bevosita ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.


Depozitsiz mablag‘lar

    1. Banklararo kredit resurslari;

    2. Hukumat hisobvaraqlaridagi vaqtincha bo‘sh mablag‘lar;

    3. Tijorat banklaridan olingan resurslar;

    4. Boshqa mablag‘lar.

Banklarning depozit bo‘lmagan mablag‘lari tarkibida moliya bozoridan jalb qilingan banklararo kredit resurslari asosiy salmoqni egallaydi. Banklararo kreditlar asosan qisqa muddatli xarakterga ega bo‘lib, odatda ushbu kreditlarni berish va olish jarayoni o‘zining tezkorligi bilan muhim ahamiyatga ega. Ushbu jarayon bo‘yicha asosiy operatsiyalar banklarning vakillik hisobvaraqlari doirasida amalga oshiriladi. Ya’ni, tijorat banklari o‘zaro kelishuvga erishganda mablag‘lar vakillik hisobvaraqlari orqali o‘tkazib beriladi. SHu bilan birga, ushbu kreditlar tijorat banklari uchun nisbatan arzon va muddati jihatidan «uzun» mablag‘lar hisoblanadi.
Xalqaro bank amaliyotida banklarning depozit bo‘lmagan resurslari tarkibida asosiy yirik manbalardan biri qimmatli qog‘ozlar hisoblanadi. Banklar moliyaviy resurslarni shakllantirish maqsadida aksiya, obligatsiya, depozit va jamg‘arma sertifikatlarni muomalaga chiqaradi. SHuningdek, tijorat banklari uzoq muddatli resurslarini shakllantirishda ipoteka va subordinar qimmatli qog‘ozlari muhim o‘rin tutadi. Banklarning qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish orqali resurslarni shakllantirish bilan bog‘liq operatsiyalarini ikkita guruhga ajratish maqsadga muvofiq.
Birinchi guruhga, tijorat banklari ustav va qo‘shimcha kapitalini shakllantirish maqsadida aksiya va subordinar qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish bo‘yicha operatsiyalari, ikkinchi guruhga esa qisqa va uzoq muddatli resurslarga bo‘lgan ehtiyojini qoplash uchun obligatsiya va ipoteka qimmatli qog‘ozlari, depozit va jamg‘arma sertifikatlari bilan bog‘liq operatsiyalari kiradi.
Aksiya va sertifikatlarning bozor bahosi banklarning ushbu bozordagi faoliyatini baholovchi iqtisodiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Tijorat banklari aksiyalari va sertifikatlarning bozor bahosi ortib borishi ularning oldi–sotdisiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pchilik hollarda tijorat banklari o‘z aksiyalari va sertifikatlarining ikkilamchi qimmatli qog‘ozlar bozoridagi bahosini oshirish maqsadida investitsion kompaniyalar orqali investor sifatida ham maydonga chiqishi mumkin.
Tijorat banklari aksiyalari va sertifikatlarning bozor bahosi moliya bozoridagi mavjud talab va taklif asosida o‘rnatiladi. Aksiya va sertifikatlarning nominal va bozor bahosi o‘rtasidagi farq ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Agar ushbu farq ijobiy bo‘lsa, tijorat banklari moliyaviy jihatdan barqaror va raqobatbardosh ekanligidan dalolat beradi. Mazkur holat banklarning qimmatli qog‘ozlar orqali resurslarini oshirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Tijorat banklari aksiya va sertifikatlarining bahosiga ta’sir qiladigan asosiy omillardan biri ularga to‘lanadigan dividend va foiz to‘lovlari hisoblanadi. Aksiya va sertifikatlarga to‘lanadigan to‘lovlar miqdorining yuqoriligi va barqarorligi banklarning qimmatli qog‘ozlar bozoridagi emitent nufuzini oshirishga bevosita ta’sir qiladi. CHunki bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyatning asosida iqtisodiy foyda olish yotadi.
SHuni alohida ta’kidlash lozimki, tijorat banklari qimmatli qog‘ozlar bozoridagi emitent, investor yoki vositachi sifatidagi ishtirokiga iqtisodiyotdagi inflyasiya darajasi bevosita ta’sir qiladi. SHu bois, banklar qimmatli qog‘ozlar bozorida, ayniqsa emitent sifatida qatnashganida inflyasiya darajasini inobatga olishi lozim.
Tijorat banklari mablag‘lari ikkinchi yirik manbasini ularning kapitali tashkil etadi. Bank kapitali tarkibida ustav kapitalining tashkil topishi va barqarorligi jihatidan muhim moliyaviy manba bo‘lib hisoblanadi.
O‘z mablag‘lari manbasi:
1. Umumiy kapital
2. Asosiy (birinchi darajali) kapital:

  1. Ustav kapitali;

  2. Emission daromad;

  3. Maxsus zaxiralar;

  4. Taqsimlanmagan foyda.

  5. Qo‘shimcha (ikkinchi darajali) kapital:

  6. Joriy yilning sof foydasi;

  7. Qayta baholash zaxirasi;

  8. Subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari;

  9. SHo‘ba korxonalarga qilingan qo’yilmalar.

Yuqoridan ko‘rinib turibdiki, tijorat banklari regulyativ kapitali birinchi va ikkinchi darajali kapitaldan tashkil topadi. Iqtisodiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar va Bazel andozalariga ko‘ra birinchi darajali kapital asosiy kapital sifatida ham e’tirof etiladi.


Download 130.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling