3. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari Tijorat banklarining noa’nanaviy operatsiyalari


Tijorat banklari qanday xizmatlar ko‘rsatadi?


Download 130.03 Kb.
bet2/20
Sana24.03.2023
Hajmi130.03 Kb.
#1292881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
2 5253936611619514423

Tijorat banklari qanday xizmatlar ko‘rsatadi?
Birinchidan, banklar sizning mablag‘ingiz bilan samarali foydalanishni va xavfsizligini ta'minlagan holda, omonatga pulingizni qabul qilib, foiz to‘lash orqali mablag‘laringizni ko‘paytirib beradi.
Ikkinchidan, Sizga mablag‘ kerak bo‘lganda yoki zarur narsalarni sotib olish uchun jamg‘armalaringiz yetarli bo‘lmaganda, tijorat banklari sizga kreditlar taqdim etishi mumkin. Misol uchun, uy, texnika, avtomobil, mebel sotib olish, o‘qish to‘lovlari va boshqalar uchun kreditlar olishingiz mumkin.

Uchinchidan, banklarning kassalari va mobil ilovalari orqali mahsulotlarning xaridi, ko‘rsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar, jarimalar va boshqalar uchun to‘lovlarni amalga oshirish oson.

To‘rtinchidan, naqd pulsiz mablag‘lar bilan to‘lash uchun tijorat banklarida hisobvaraq ochish mumkin. Bu, onlayn do‘konlarda amalga oshirilgan xaridlar uchun eng qulay to‘lov yo‘li hisoblanadi. Bank hisobvarag‘iga mablag‘ingizni qo‘yib, ularni xavfsizlikda saqlaysiz.

Shuningdek, tijorat banklari xorijiy valyutani naqd va naqd pulsiz shakllarda sotib olish va sotish, bank konsalting va informasion xizmatlar, hujjatlarni va boshqa qimmatbaho narsalar va hokazolarni saqlash uchun seyf va yacheykalarni ijaraga berish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatadi.


Bankning passiv operatsiyasi - banklarning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish bilan bog‘liq operatsiyalari passiv operatsiyalar hisoblanadi. Bankning asosiy vazifalaridan biri bo‘sh pul mablag‘larini mumkin qadar ko‘proq jalb qilish va ularni boshqa foyda keltiruvchi optimal aktivlarga joylashtirishdan iborat.
Tijorat banklari asosan jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jalb qilish va ushbu mablag‘larni tegishli maqsadlarga joylashtirish orqali tegishli foydani shakllantiradi. Banklarning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish bilan bog‘liq operatsiyalari passiv operatsiyalar hisoblanadi. Banklarning passiv operatsiyalari tegishli xarajatlar evaziga amalga oshirladi.
Demak, tijorat banklari passiv operatsiyalari natijasida moliyaviy resurslarni shakllantiradi. Resurslar ikkita yirik manba: jalb qilingan mablag‘lar va o‘z mablag‘laridan iborat. Resurslar bank balansining passivida hisobga olib boriladi. Tijorat banklari balansi passivining asosiy ulushini majburiyatlar (jalb qilingan mablag‘lar) tashkil etib, ular jami bank resurslari tarkibida 85–90 foizdan iborat bo‘ladi.


Download 130.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling