3. Tijorat banklarining kredit operatsiyalari. Banklarning qimmatli qogozlar bilan amalga oshiriladigan investitsion operatsiyalari


Download 90.26 Kb.
bet1/6
Sana22.06.2023
Hajmi90.26 Kb.
#1650596
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MAVZU


MAVZU. TIJORAT BANKLARINING AKTIV VA PASSIV OPЭRATsIYaLARI


Reja
1. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari va ularni amalga oshirish asoslari.
2. Tijorat banklarining passiv operatsiyalari. Tijorat banklari passivlarining barqarorligi.
3. Tijorat banklarining kredit operatsiyalari.
4. Banklarning qimmatli qogozlar bilan amalga oshiriladigan investitsion operatsiyalari.
5. Tijorat banklarining komission vositachilik operatsiyalari.
6. Tijorat banklarining qimmatli qogozlar bilan amalga oshiriladigan emission operatsiyalari. Banklarning ssuda kapitallari bozoridan resurslar jalb etishi.
7.

1. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari va ularni amalga oshirish asoslari.
Banklar o’rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabo’l qilish va boshqa davlat, shaxar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o’z bo’sh turgan mablaglaridan foyda olish maksadida ularni vaktincha foydalanishga mablag zarur bo’lgan korxonalarga ssudalar berishgan.
Mobilizatsiyalashgan pul mablaglari banklar mijozlarini kreditlash uchun va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni qo’llabquvvatlash uchun foydalanadi. Daromad olish maqsadida bank resurslarini joylashtirish bilan bogliq bo’lgan operatsiyalar banklarning aktiv operatsiyalari deyiladi.
Veksel operatsiyalari veksellarni qayd yoki hisobga olish bo’yicha operatsiyalar va veksellar bo’yicha ssudalar berish operatsiyalariga bo’linadi.
Markaziy bankning xududiy boshqarmalarida berilgan veksellarni qayta hisobdan o’tkazishi mumkin. Vekselni hisobga olib bank uning vaqtinchalik egasi bo’ladi va vekselni emitent qilgan yoki uni hisobga olish uchun taqdim qilgan shaxsga ma’lum miqdorda pul to’laydi. Bu operatsiya uchun bank mijozdan qayd etish foizi yoki diskont deb ataluvchi ma’lum foiz undiradi. Diskont – bu vekselda ko’rsatilgan summa bilan veksel egasiga to’lanadigan summa o’rtasidagi farqdir.
Bozor iqtisodiyoti va jaxon xo’jaligi rivojlanishi bilan bank tizimi xam rivojlana bordi. Xozirgi sharoitda banklar tobora ko’proq fakat sof bank operatsiyalarini bajaradigan emas.
Tijorat banklari quyidagi aktiv operatsiyalarni bajaradi:
aktiv ssuda operatsiyalari;
bank xizmatlari va vostitachilik operatsiyalari;
bankning o’z mablaglari xisobidan amalga oshiradigan operatsiyalar va boshkalar.
Shu bilan birga banklar moliyaviy xizmatlar ko’rsatadigan moliyaviy muassasalarga aylanmokda, bu bank balansida aks ettirilmaydi, lekin juda katta daromad keltiradi. Masalan: banklar valyuta operatsiyalarini bajarganda sarroflar brokerlar sifatida maydonga chiqadilar va katta miqdorda vositachilik xaqi oladilar.
Tijorat banklarning samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida bank nazorati va monitorngini amalga oshirish, tijorat banklari faoliyatini boshqarish usullarini takomillashtirish va xalkaro talablarga moslash, yangi schetlar tizimiga o’tish, chet el banklarining shu’balarini ochish, to’lov tizimini takomillashtirish, tijorat banklarning qimmatbaho qogozlar bilan operatsiyalarini rivojlantirish, pul va valyuta bozorida banklarning aktiv faoliyatini ta’minlash kabi dolzarb masalalar hozirgi kunda mustakil bank tizimining rivojlanishi tufayli o’z echimini topmokda.
Xalk xo’jaligidagi vaktincha bo’sh turgan mablaglarni yigish va ularni kapitalga aylantirish banklarning ilk funktsyalaridan biri xisoblanadi. Bu funktsiyaning amalga oshirilishi natijasida bir tomondan, xukukiy va jismoniy shaxslar jalb kilingan mablaglari buyicha ma’lum mikdorda daromadga ega bo’ladilar, ikkinchi tomonidan bu mablaglar banklarning kreditlash kudratini tashkil qiladi va bu resurslarga asoslangan xolda. banklar ssuda operatsiyalarini olib boradi. Vaktincha bo’sh mablaglar banklar ishtirokisiz bir korxona (tarmok) tomonidan ikkinchi korxona (tarmok)ga vaktincha foydalanishga beriladigan bo’lsa, bu munosabatlarni tashkil qilishda ma’lum kiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin:
birinchidan, kreditga so’ralayotgan summa bilan kreditga berilishi mumkin bo’lgan summa o’rtasida nomutannosiblik bo’lishi mumkin;
ikkinchidan, ortikcha bo’sh mablagga ega bo’lgan korxonaning mablaglarni vaktincha foydalanishga beradigan muddati mablag zarur bo’lgan korxonani koniqgirmasligi mumkin;
uchinchidan, banklar ishtirokisiz korxonalarni to’gridan to’gri kreditlashda karz beruvchi qarz oluvchi korxonaning moliyaviy axvolini to’lik o’rgana olmasligi mumkin. Karz oluvchining to’lovga layokatsiz bo’lishi kreditor korxonaning xam moliyaviy axvolining yomonlashuviga va boshka salbiy xollarga olib kelishi mumkin.
Xalq xo’jaligidagi barcha bo’sh mablaglarning bank tomonidan yigilishi natijasida vujudga keladigan kredit resurslar hisobidan karz oluvchi korxonaga zarur bo’lgan summada, zarur bo’lgan muddatda kredit berishga imkoniyat yaratadi. Undan tashqari bank korxonalarning to’lovga layokatliligini xar tomonlama tahlil qilishi,ularning moliyavy ahvolini baholab bera olishi mumkin.
Iqtisodiy rivojlanishining o’sishi bank kreditining tsullanilish kulamini kengaytirib boradi. Kredit fakatgina xar kunlik faoliyat bilan boglik ishlab chikarish va muomala jarayonining kika muddatli extiyojlari uchun emas, balki o’zok muddatga kapitalga bo’lgan extiyojni koplashga yo’naltiriladi. 60-yillardan boshlab banklar yirik mijozlarga xizmat ko’rsatishga ixtisoslasha bordi. Bu maksadni amalga oshirish uchun banklar mablaglarni jalb vuglish mikyosini, iste’mol uchun kreditlar berish ko’lamini kengaytirdi.
To’lovlarda vositachilik funktsiyasida banklar o’z mijozlarining topshirigiga asosan to’lov jarayonlarini amalga oshiradi, xisob varaklariga mablaglarni qabo’l qiladi, pul tushumlarining xisobini olib boradi, mijozlarga pul mablaglarini beradi.
Xisobkitoblarning bank orkali olib borilishi muomala xarajatlarining kamayishiga olib keladi. Mijoz mamlakat ichida va boshqa mamlakat bilan qiyinchiliksiz o’z mablaglarini bank orkali o’z xisob varaqasidan boshqa korxona xisob varakasiga yoki boshqa mamlakat bankiga o’tkazishi mumkin.
Muomalaga kredit vositalarini chiqarish. Bank kreditining manbai fakat vaktincha bo’sh mablaglar va kapital bo’lib kolmasdan, kredit asosida chekdepozit emissiyasi xam amalga oshiriladi. Bank tomonidan beriladigan kredit mikdori mavjud jamgarmalardan ko’p bo’lsa, bank chekdepozit emissiyasini amalga oshirishi mumkin.
Undan tashkari, kredit yordamida muomalaga naqd pullar banknotalar chikariladi.
Bank kredit pullar chikarish depozitlar yaratish yo’li bilan to’laqonli pullar o’rnini bosuvchi kredit vositalarini vujudga keltiradi.
Banklar o’rta asrlarda puldorlar tomonidan pulni qabo’l qilish va boshqa davlat, shaxar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik puldorlar o’z bo’sh turgan mablaglaridan foyda olish maqsadida ularni vaqtincha foydalanishga mablag zarur bo’lgan korxonalarga ssudalar berishgan. Bu pul almashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishiga olib kelgan.
Oxirgi yillarda Respublikaning ko’pgina tijorat banklari yuqori foyda olish maqsadida, davlatning xazina majburiyatlarini ko’p miqdorda sotib olishdi. Chunki qimmatli qogozlarning bu turi bankka kafolatlangan daromad keltiradi. Hozirgi kunda tijorat banklari tomonidan berilayotgan kreditlarning ta’minoti sifatida ko’chmas mulk, boshqa bank yoki sugo’rta tashkilotining sugurta kafolati ham qabo’l qilinishi mumkin. Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ichida kreditlash jarayoni asosiy o’rinni egallaydi.
Tijorat banklari aktiv operatsiyalarining yana bir turi fond operatsiyalaridir.
Turli qimmatli qogozlar uning ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. Banklarning qimmatli qogozlar bo’yicha operatsiyalarining 2 turi ko’proq qo’llaniladi. Bo’lar qimmatli qogozlarni kreditning ta’minlanganligi uchun qabo’l qilish yo’li bilan ssudalar berish va ularni bank tomonidan o’z hisobiga sotib olish yo’li bilan operatsiyalar o’tkazish.
Qimmatli qogozlar ta’minoti bo’yicha ssudalar ularning to’liq bozor kursi qiymati bo’yicha emas, balki ularning ma’lum bir qismi (6080%) bo’yicha beriladi.
Qimmatli qogozlar soxta kapitalni ifodalasada, ular bo’yicha ssudalar haqiqiy tovar ishlab chiqarish bilan boglangan jarayonga xizmat qiladi.
Bundan tashqari, qimmatli qogozlardagi bank investitsiyalari ham mavjud bo’lib, bu holda bank turli emitentlardan qimmatli qogozlarni sotib oladi va bank qimmatli qogozlar portfeli vujudga keladi.
Bank tomonidan qimmatli qogozlarning xarid qilinishidan maqsad – bu qimmatli qogozlarni keyinchalik qayta sotish yoki kapitalning o’zoq muddatga qo’yilishi yo’li bilan foyda olishdan iborat.

Download 90.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling